Industrial iqtisodiyot


 Real sektor tarmoqlarida ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   259
Bog'liq
Индустриал

10.4. Real sektor tarmoqlarida ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan 
foydalanishni yaxshilash yo’llari

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo’llaridan biri mavjud 
ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashdir. Ulardan samarali 
foydalanish masalasi ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida yanada 
dolzarblashadi. SHuning uchun ham O’zbekistonda ulardan har taraflama unumli 
foydalanishga alohida e’tibor berilmokda. 
Ishlab chiqarish quvvatlaridan qanchalik to’la va unumli foydalanilsa, ko’proq 
mahsulot ishlab chiqariladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, korxonaning foydasi 
va samaradorligi oshadi. 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati vaqt birligi ichida belgilangan 
assortiment va nomenklatura, mavjud dastgohlar, ishlab chikarish maydonlaridan 
to’liq foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini ifodalaydi. 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati natura birligida o’lchanadi. Masalan, 
metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish quvvati tonnada, to’qimachilikda yigirilgan 
ip tonnada, gazlamalar metrda, avtotraktor tarmoqlarida avtomobillar va traktorlar 
donalab o’lchanadi. 
Ishlab chiqarish quvvati korxonaning texnik darajasi, unumdorligi, kadrlar 
malakasi, xomashyolarning sifati va mahsulotlarning assortimentiga qarab o’zgarib 
boradi. 
Korxonalarda ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar 
bo’lishi lozim: 
a) mavjud uskunalar va agregatlarning soniga ta’mirlashdagi uskunalar, 
rejalashtirish davrida yangidan kiritilgan uskunalar qo’shiladi. Lekin jismoniy va 
tabiiy sharoit ta’sirida emirilgan uskunalar hisobga kiritilmaydi; 
b) korxonalar 
va 
tsexlarning 
ishlab 
chiqarish 
maydonlari 
haqidagi ma’lumot; 
v) korxonalarning ish rejimi, ya’ni smenalar soni (ta’mirlashga to’xtash 
vaqtisiz), ish vaqti fondi; 
g) uskunalar, agregatlarning unumdorlik normasi. 
Ayrim tarmoqlarning korxona va tsexlarida yig’uv, quyuv, mebel, konserva 
ishlab chiqarish quvvati, maydon bo’yicha quyidagi formulaga asosan hisoblanadi: 
Q=(M : Mn) 

(F : Vt), 
Bu erda: M - korxonaning yoki tsexning ishlab chiqarish maydoni (kv.m); 
Mn - norma bo’yicha ish joyiga taalluqli ishlab chiqarish maydoni (kv.m); 
F - ish joyining yillik rejali ish vaqti fondi (soat); 
Vt - mahsulotning mehnat talabchanligi - texnologik vaqt (soatda). 
Yil boshida belgilangan ishlab chiqarish quvvati, kirish quvvati, yil oxiridagisi 
esa, chiqish quvvati, deyiladi. O’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi: 


Ko’r = Kk + (Km 

P
2
) / 12 - (Kch h P
1
) / 12, 
Bu erda: Kk - kirish davridagi (rejalashtirilayotgan yil boshidagi) quvvat; 
Kt - yil davomida ishga tushirilgan quvvat; 
Kch - chiqish davridagi (yil oxiridagi) quvvat; 
P
1
- rejalashtirilayotgan davrdagi ishlab chiqarish quvvatidan foydalanilmagan 
oylar soni; 
P
2
- rejalashtirilayotgan davrda ishga tushirilgan ishlab chiqarish quvvatidan 
foydalanilgan oylar soni. 
Asosiy fondlardan va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash 
ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, kapital mablag’ sarflamay, 
qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga, mehnat unumdorligi va samaradorlik 
o’sishiga xamda mahsulot tannarxini kamaytirishga imkon yaratadi. SHuning uchun 
ham hozirgi sharoitda respublikada ulardan unumli foydalanishga katta e’tibor 
berilmokda. 
Sanoat asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari samaradorligini oshirishda 
korxonalarda texnologik uskunalarning ish smenasini ko’paytirish katta ahamiyatga 
ega. 
Uskunalardan intensiv foydalanishni yaxshilash uchun korxonaning texnika va 
texnologiyasini takomillashtirish, mashinalarning ish tezligini oshirish, metall 
quyishga, kimyoviy jarayonlarga sarflanadigan vaqtni qiskartirish, shuningdeq 
kadrlar malakasining texnikaviy saviyasini oshirish, korxonalarni yiriklashtirish, 
ixtisoslashtirish va diversifikatsiya qilish asosida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil 
etish zarur. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish