Industrial iqtisodiyot



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   259
Bog'liq
Индустриал

13
 
O'zbekiston milliy entsiklopediyasi, 12 – jild. – T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 2006 yil. 17 - bet
 


oltin koni butun evroosiyo qit’asida ma’lum va mashhur. Uning rudasi tarkibida 
oltin miqdori yuqori hisoblanadi.
Keyingi yillarda Toshkent, Samarqand viloyatlarida yangi oltin ruda konlari 
qidirib topildi. O’zbekistondagi hozirgacha qidirib topilgan oltin zahiralari 4 ming 
tonnadan oshadi. 
Respublikada umuman olganda 26ta kumush koni aniqlangan. Ular asosan 
Qizilqum va CHotqol-Qurama tog’lari hududlarida to’plangan. 
Rangli metallarning eng muhim turlari hisoblangan uran va mis zahiralari 
bo’yicha O’zbekiston jahonda ettinchi o’rinni egallaydi. Uranning razvedka qilingan 
zahiralari aniqlangan, vulkonogen jinslarda topilgan bo’lib, mezozoyning qumtoshli 
tipiga mansub. 
Uran bilan yo’ldosh reniy, skandiy va boshqa metallar uchraydi. SHuningdeq 
mis, qo’rg’oshin, qalay, volfram va litiy kabi muhim strategik ahamiyatga ega nodir 
va rangli metallarning yirik konlari bor.
Respublikamizda har yili 90 ming tonnaga yaqin mis ishlab chiqariladi. 
Amaldagi ishlab turgan konlar misni yana 40-50 yil, qo’rg’oshin va qalayni 100 
mobaynida ishlab chiqarishni ta’minlashga qodir. 
Rangli metallar zahiralari asosan Olmaliq kon rayonida joylashgan. 
Qalmoqqir mis koni noyob hisoblanadi. Bu konning rudasini qayta ishlash 
mamalakatdagi eng yirik korxonalardan biri Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 
amalga oshiriladi. SHuningdeq bu sanoat rayonida mis, molibden, oltin, kumush, 
reniy, tellur, selen va boshqa katta zahiralarga ega bo’lgan Dalniy koni bor. 
Mamlakat xududida 100dan ortiq qo’rg’oshin va ruh konlari mavjud bo’lib, 
ular asosan Olmaliqdagi Qo’rg’oshinkon, Jizzax viloyatidagi Uchquloch va 
Surxondaryo viloyatidagi Xondiza konlaridan olinadi. Bu konlarda yana yo’ldosh 
metallar – mis, kumush, kamdiy, selen, oltin va indiy ham uchraydi. O’zbekistonda 
molibdenli formatsiyalar ham bor. CHotqol-Qurama tog’lari vismutga boy. Janubiy 
Farg’ona belbog’ining o’zidan 100dan ortiq simob va 10dan ortiq surma 
rudalanishlar aniqlangan. 
Respublika nodir metallarning eng muhim turi hisoblanadigan volframning 7ta 
koni va 200 dan ziyod ruda belgilari mavjud erlari aniqlangan. Volfram ob’ektlari 
Toshkent oldi, Samarqand va Qizilqum hududlarida to’plangan.
Qora metallardan eng ko’p tarqalganlari temir, titan, marganets, magniy, xrom 
va boshqalardir. Temirning bir necha konlari va ruda ko’rinishlari aniqlangan. Ular 
orasida muhimi Qoraqalpog’iston Respublikasida Tebinbuloq titan-magniy koni 
hisoblanadi. Marganets konlari Zarafshon, Qoratepa, Lolabuloq va boshqa joylarda 
mavjud. Magmatik xrom Qizilqumda, Farg’onada, ayniqsa, Tomditov va Sulton 
Uvaysda ko’plab uchraydi. 
O’zbekistonda nometall xom ashyo - glaukonit, dala shpati, vallastonit, grafit, 
asbest, talq talk toshi, abrazivlar, qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlar konlari 
ko’p. Vollastonitning 5ga yaqin ko’rinishi va konlari aniqlangan. Grafitning 30 dan 
ortiq ruda - rudalanishi va konlari ma’lum. Qimmatbaho va ishlov beriladigan 
toshlardan topaz, fero’za, ametist, tog’ xrustali, xalsedon, yashma, nefrit, lazurit, 


amazonit, rodonit, agalmatalit, marmar oniksi va boshqalarning ancha yirik 
zahiralari qayd etilgan. 
Geologik tadqiqotlar natijasida Buxoro-Qarshi, Surxondaryo, Ustyurt va 
Farg’ona artezian xavsazining er osti suvlarida yod, brom, litiy, seziy, stransiy va 
boshqa sanoat Konsentratsiyalari aniqlangan. 2005 yildan boshlab Kruk konida yod 
olinmoqda.
O’zbekiston xududida 500 dan ziyod g’isht, tsement, gips, ahoktosh, beton 
to’ldiruvchiliklari va boshqa qurilish materiallari konlari razvedka qilingan va 
ulardan keng foydalanish yo’lga qo’yilgan. 
Potentsial resurslardan oqilona foydalanish va foydali qazilmalarni qazib 
olishning iqtisodiy samarali usullarini qo’llash uchun konlar zahirasining miqdorini 
iqtisodiy jihatdan to’g’ri aniqlash va sanoat ko’lamida ekspluatatsiya qilish 
navbatini belgilash alohida ahamiyatga ega. 
Zahiralarni o’rganish va aniqlash geologiya-qidiruv ishlari davlat rejasi asosida 
olib boriladi. Sanoatning mineral xom ashyoga bo’lgan talabini aniqlashda 
konlarning o’rganilganlik darajasi muhim o’rin tutadi.
Mineral xom ashyo zahiralarni qidirish va sanoat ekspluatatsiyasiga tayyorlik 
darajalari bo’yicha bir necha kategoriyalarga bo’linadi. 
Ular ma’lum bir davr uchun texnik - iqtisodiy jihatidan foydalanish mumkinligi 
darajasiga qarab balansdagi va balansdan tashqaridagi zahiralarga bo’linadi.
Balansdagi zahiralarga sanoat talablariga va foydalanishning texnik shartlariga 
javob beruvchi va hozirgi kunda ularni qazib chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiq bo’lgan zahiralar kiradi. Balansdan tashqari, zahiralarga esa tarkibida 
foydali komponentlari, qazilmalar miqdori kam bo’lgan yoki ekspluatatsiya 
sharoitlari og’ir bo’lgan, xom ashyosini sanoat usullari bilan qayta ishlash hozircha 
mumkin bo’lmagan zahiralar kiradi. 
Korxona faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish va rejalashtirish ishlab 
chiqarish resurslaridan foydalanish va uni tashkil etishning turli norma va 
normativlarini to’zishga asoslanadi. Norma va normativlar asosida ishlab chiqarish-
ga kerakli xom ashyo va materiallar, jihoz va asbob-uskunalar miqdori aniqlanadi, 
ishlab chiqarish jarayonida xodimlar joylashtiriladi va ishlab chiqarish 
resurslarining ratsional zahiralari rejalashtiriladi. Mahsulot sifati bo’yicha 
qo’yiladigan shartlar ham normalarning bir turi hisoblanadi. 
Sanoat ishlab chiqarishida xom ashyo va materiallarni tejashning asosiy yo’llari 
quyidagilardan iborat: 
-mashina va mahsulotlar konstruktsiyasini yaxshilash; 
-yangi texnika va progressiv texnologiyani joriy etish; 
-texnologik jarayonlarni yaxshilash; 
-xom ashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish; 
-ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash.
Istiqlol va bozor iqtisodiyotiga kirib borish mamlakatning xom ashyo 
resurslarini ko’paytirishga va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga keng yo’l 
ochdi. Davlatning respublika sanoati xom ashyo bazasi borasidagi xo’jalik siyosati 


qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarining yuqori sur’atlar bilan taraqqiy etishini 
ta’minlovchi xom ashyo resurslarining jadallashtirilgan rivojlanishini ta’minlashdir. 
Sanoat xom ashyo bazasi rivojining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
-
yangi xom ashyo manbalarini aniqlash bo’yicha geologik-qidiruv ishlarini 
kengaytirish;
-
undiruvchi sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
jihatdan qayta jihozlash;
-
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining sanoat uchun yetarli darajada 
mahsulot etishtirishini va uning tovardorlik qobiliyatini kuchaytirish; 
-
sun’iy materiallar va ular o’rnini bosuvchi turli xil buyumlari yaratish va 
h.k.lar. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish