Industrial iqtisodiyot


Sanoatning tarmoq to’zilmasi va uni belgilovchi omillar



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   259
Bog'liq
Индустриал

 


3.3. Sanoatning tarmoq to’zilmasi va uni belgilovchi omillar. 
Sanoat tarmoqlari to’zilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar o’rtasidagi 
ma’lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy nisbatlarni aniqlab 
olish kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. 
Ulardan biri tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni ifodalasa, ikkinchisi ma’lum davr 
ichidagi to’zilmaviy o’zgarishlarni, uchinchisi esa, ishlab chiqarish aloqalarini 
ifodalaydi. Tarmoq to’zilmasini ifodalovchi ko’rsatkichlar 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
-mustaqil sanoat tarmoqlarining soni; 
- tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi salmog’i; 
-tarmoq rivojining sur’ati; 
-tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsienti. 
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning 
iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi. 
Tarmoq strukturasi uning yalpi mahsulotining sanoat ishlab chiqarishi umumiy 
hajmidagi ulushi, xodimlar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog’i 
ko’rsatkichlari bilan o’lchanadi. 
Sanoat tarmoqlari orasidagi yo’zaga kelgan mutanosibliklar va ularning 
o’zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir 
qator omillar ta’sir etadi. 
Sanoat ishlab chiqarishi tarmoq to’zilmasini belgilovchi asosiy omillarga 
quyidagilar kiradi: 
-fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalar, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishta 
joriy etish; 
-material va yoqilg’i, energetika resurslarining iqtisodiy tejalishini kuchaytirish; 
-ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, 
kooperativlashtirish darajasi; 
-sanoat ishlab chiqarishining o’sish sur’atlari; 
-aholining moddiy va madaniy darajasi o’sishi; 
-ijtimoiy-tarixiy sharoitlar; 
-mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o’zlashtirish darajasi; 
-mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o’rni va boshqa mamlakatlar 
bilan iqtisodiy hamkorligi. 


Sanoat tarmoq to’zilmasi o’zgarishiga eng kuchli ta’sir ko’rsatuvchi 
omillardan biri fan-texnika taraqqiyotidir. Fan-texnika taraqqiyoti eng avvalo, yangi 
mehnat vositalari va mahsulotning yangi turlarini yaratish, mavjud asbob-uskunalar 
va texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, yangilarini joriy etish bilan bog’liq. 
Bu esa, mavjud sanoat tarmoqlaridan yangidan-yangi sohalarning ajralib chiqishiga 
va shakllanishiga turtki beradi. Natijada progressiv hisoblangan avtomobilsozliq 
asbobsozliq radiotexnika va elektronika, lazer texnologiyasi tez sur’atlar bilan 
rivojlanadi. 
Bundan tashqari, fan-texnika taraqqiyoti tufayli yangi progressiv xom ashyo, 
materiallar, yoqilg’i, energiya turlaridan foydalanish sanoatda ishlab chiqarish 
xarakterini o’zgartiradi. Yuqori tejamkorlikka ega bo’lgan xom ashyo, material 
yarim-fabrikatlar va yoqilg’i ishlab chiqaradigan tarmoqlar iste’molchi tarmoqlarga 
mahsulot yetkazib berish ko’lamini kengaytirishlari natijasida xalq xo’jaligining 
boshqa tarmoqlar mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji nisbatan kamayadi. Masalan, 
sun’iy va sintetik tolani ishlab chiqarishning taraqqiy etishi to’qimachilik sanoatida 
bir so’mlik mahsulot uchun sarflanadigan tabiiy tola sarfini qisqartiradi. Natijada, 
mahsulotning materialtalabligi kamayadi va sanoat bilan qishloq xo’jaligi, 
sanoatning qazib oluvchi tarmog’i bilan ishlov beruvchi tarmog’i o’rtasidagi nisbat 
o’zgaradi. 
Sanoat to’zilmasining o’zgarishiga ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy 
shakllari - konsentratsiyalash, mahalliylashtirish va diversifikatsiyalash juda katta 
ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarning ko’payishi tarmoq 
taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat mahsulotidagi miqyosi 
oshishiga olib keladi. Mahalliylashtirish zamonaviy talablarga javob beruvchi, 
raqobatdosh va import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish xajmini 
oshirish, asossiz import xajmini qisqartirish, yangi ish o’rinlarini yaratish kabi 
masalalarni hal etadi. Diversifikatsiyalash esa korxona va tarmoqlarning faoliyat 
sohalarini o’zgartirish va kengaytirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni 
ko’paytirish va ularning xilma-xilligini ta’minlaydi. Mustaqillik davrida ishlab 
chiqarishni diversifikatsiyalash tufayli mashinasozlikda butlovchi buyumlar sanoati, 
asbob-uskuna sanoati, asbobsozliq elektronika va boshqa sohalar tashkil topdi. 
Aholining moddiy farovonligining o’sishi ham sanoat tarmoqlari 
to’zilmasining o’zgarishiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Bu omil ta’siri ostida engil va 
oziq-ovqat sanoatlarida chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti 
o’zgaradi, shuningdeq madaniy-maishiy buyumlar - mebel, televizor, 
mo’zlatkichlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinasi, mototsikl, velosiped, sport 
anjomlarini ishlab chiqaradigan maxsus tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalari 
tashkil topadi. 


Sanoat tarmoqlari to’zilmasiga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omillardan yana 
biri - mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni hisoblanadi. 
Mustaqillik yillarida respublika sanoatining tarmoq to’zilmasida muhim 
o’zgarishlar ro’y berdi. Buni 12-jadval ma’lumotlaridan ham ko’rish mumkin. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish