Industrial iqtisodiyot


Real sektorda kooperativlashtirish tushunchasi, uning shakllari va



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   259
Bog'liq
Индустриал

8.4.Real sektorda kooperativlashtirish tushunchasi, uning shakllari va 
darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar. 
Sanoatda 
korxonalar 
ixtisoslashuvining 
rivoji 
ishlab 
chiqarishni 
kooperativlashtirish asosida amalga oshadi. Kooperativlashtirish- bu ma’lum 


mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo’yicha 
tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan 
biri. 
Kooperativlashtirishda mahsulot yetkazib berish tartibi ishlab chiqarish 
jarayonida buyurtmachining ma’lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni 
bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperativlashtirish xom ashyo, yoqilg’i 
va standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni yetkazib berish 
bosqichlarini qamragan holda moddiy-texnika ta’minotidan farqlanadi. 
Kooperativlashtirish 
murakkab 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqarishni 
o’zlashtirishni tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 
yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib 
beradi. 
Sanoatning 
rivojlanish 
davrlarida 
ishlab 
chiqarishni 
kooperativlashtirishning bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
-
buyumli (agregatli) kooperativlashtirish; 
-
texnologik kooperativlashtirish; 
-
tarmoqlararo kooperativlashtirish; 
-
iqtisodiy rayonlararo kooperativlashtirish. 
Buyumli (agregatli) kooperativlashirish - bu mashina va asbob-
uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va 
detallarni yetkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar 
bo’yicha kooperativlashtirish usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga 
sharikopodshipniklar, porshenlar, turli o’zellar va asbob-uskunalarning qismlarini 
yetkazib berishlari mumkin. 
Texnologik kooperativlashtirish - bu bir va bir necha korxonalar o’rtasida 
alohida jarayonlarlarni bajarish bo’yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning 
qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab 
chiqarish kooperatsiyasi vujudga keladi. 
Tarmoqlararo kooperativlashtirish sanoat tarmoqdarining bir biriga xizmat 
ko’rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining mashinasozlik 
tarmog’i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya 
asosida ma’lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir biriga butlovchi buyumlar 
yetkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib berishi mumkin. 
O’zaro bog’liq bo’lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan iqtisodiy 
rayonlar miqyosida va rayonlararo kooperativlashtirish keng tus olishi mumkin. 
Rayonlararo kooperativlashtirish turli iqtisodiy hududlarda joylashgan 
korxonalar o’rtasidagi aloqalarni ifodalaydi. 


Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakliga baho berish uchun 
uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil 
ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: 
- birinchidan, ushbu korxona bilan hamkorlik qiluvchi korxonalar soni. 
Bunda yetkazib beruvchi va buyurtmachi korxonalarning soni alohida-alohida 
hisob-kitob qilinadi. Masalan, avtomobil zavodlari yo’zlab korxona (firma)lar bilan 
hamkorlik qilsalar, stanoksozlik korxonalarining ishlab chiqarish aloqalari atiga bir 
nechta korxonalar bilan chegaralangan bo’ladi. 
- ikkinchidan, kooperatsiya usulida olinayotgan yarim fabrikatlar va butlovchi 
buyumlarning ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot 
tannarxidagi 
ulushi. 
Masalan, 
avtomobil 
tannarxida 
tashqaridan 
kooperativlashtirish yo’li bilan olinadigan yarim fabrikatlar va butlovchi 
buyumlarning ulushi taxminan 60-65 foizni tashkil etadi. 
Ishlab chiqarishni kooperativlashtirish muammolarini hal etishda 2007 yilning 12 
noyabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Tarmoqlar 
va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Farmoni alohida ahamiyatga ega.

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish