Industrial iqtisodiyot


Kombinatsiyalashtirish. Uning shakllari va ko’rsatkichlari



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   259
Bog'liq
Индустриал

 
Kombinatsiyalashtirish. Uning shakllari va ko’rsatkichlari. 
Kombinatsiyalashtirish ishlab chiqarishda jarayonlarni o’zluksiz olib 
borish, ularni qisqartirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish va natijada ishchi 
kuchini tejash, ishlab chiqarishning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini oshirishga 
yordam beradi. Bunday ishlab chiqarish sharoitida bir qator qurilish ob’ektlari 
uchun kapital xarajatlar, mahsulot va xom ashyoni o’zoqqa tashish, umumzavod 
xarajatlari qisqaradi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortadi, tannarxi kamayib, 
sifati esa ancha yaxshilanadi va iste’molchilar talabi to’laroq qondiriladi. 
Kombinatlashtirishning quyidagi shakllarini ajratish mumkin: 
• 
xom ashyoni tayyor mahsulot olguncha ketma-ket bosqichlarda 
qayta ishlash; 
• 
ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga asoslangan holda 
mahsulot tayyorlash; 
• 
xom ashyoni yoppasiga qayta ishlash. 
10
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009 йил, 31 - бет. 


Xom ashyoni kompleks qayta ishlashga asoslangan kombinatlashtirish eng 
rivojlangan ishlab chiqarish bo’lib juda katta xalq xo’jalik ahamiyatiga egadir. 
CHunki bu shaklda xom ashyo, materiallar va chiqindilardan to’la-to’kis 
foydalanish mumkin bo’ladi. Kombinatlashtirishning bunday zarurligi xom ashyo 
tarkibida turli elementlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Masalan, Ohangaron 
rudalarining ko’p qismi kompleks, polimetallik tavsifga ega bo’lib, ulardan ba’zi bir 
elementlarning qiymati mis qiymatidan 9-10 barobar yuqoridir. Hozirgi zamon 
texnika va texnologiyasi yordamida u erda mis bilan birga oltingugurt, qalay, 
qo’rg’oshin, oltin, selen, tellur va boshqa bir qator nodir metallar olinmoqda. 
Alohida kombinatning rivojlanish darajasi o’sha kombinat qamrab olgan 
tarmoqlar va ishlab chiqarish pag’onalarining soni bilan tavsiflanadi. SHu 
sababli odatda to’la-to’kis va to’la bo’lmagan kombinatlarni farqlaydilar. 
Masalan, to’la-to’kis to’qimachilik kombinati barcha bosqichlar (yigirish, 
to’qish va pardozlash)ni qamrab oladi. To’la bo’lmagan to’qimachilik kombinati 
esa o’z ichiga bir yoki ikki bosqichni oladi.
O’zbekistonda ishlab chiqarishni kombinatlashtirish juda yuqori darajaga 
ko’tarilgan. U ayniqsa metallurgiya, kimyo va oziq-ovqat sanoatida keng 
tarqalgan. Respublikada bu tarmoqlarga taalluqli juda yiriq dunyo miqiyosida tan 
olingan kombinatlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ular jumlasiga Navoiy kon-
metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metalurgiya kombinati, O’zbekiston 
metallurgiya kombinati, CHirchiq elektr-kimyo kombinati, Toshkent yog’-moy 
kombinati va boshqalarni kiritish mumkin. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish