Industrial iqtisodiyot


-jadval  Besh asosiy tamoyil



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   259
Bog'liq
Индустриал

14-jadval 
Besh asosiy tamoyil
5
 
№ 
Asosiy tamoyillar 
Asosiy tamoyillarning mohiyati 
1. 
Iqtisodiyotning
siyosatdan ustuvorligi 
• Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi keraq ular 
birorta mafkuraga bo’ysundirilishi kerak emas. Buning ma’nosi shuki, 
iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. 
• Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish 
zarur. 
2. Davlat bosh islohotchi 
• Davlat bosh islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor 
yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi 
4
Темур тузуклари. –Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1996 йил, 24 - бет.
5
Каримов И.А. Ўзбекистон–бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли.–Т.:Ўзбекистон, 1993 йил, 42 - 
бет.


va uni izchillik bilan o’tkazishi, jaholatparastlar va konservatorlar 
qarshiligini bartaraf etishi shart. 
3. 
Qonunlar va ularga rioya 
qilish ustuvorligi 
• Qonunlarga rioya etish ustuvor bo’lishi lozim. Demoqratik yo’l bilan 
qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istinosiz hamma hurmat 
qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim 
4. 
Kuchli ijtimoiy siyosat 
yuritish 
• Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy 
siyosat o’tkazish. 
• Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy 
himoyalash yo’zasidan oldindan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim. Bu 
bozor iqtisodiyoti yo’lidagi eng dolzarb vazifa bo’lib keldi va bundan 
keyin ham shunday bo’lib qoladi 
5. 
Bozor iqtisodiyotiga 
sekin-asta, bosqichma-
bosqich o’tib borish 
• Bozor iqtisodiyotiga o’tish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini 
hisobga olgan holda, o’tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni 
evolyusion yo’l bilan, puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga 
oshirilishi kerak 
Sanoat ishlab chiqarishining tarmoqlari, korxonalari va boshqa sohalarini 
boshqarishda bir qator boshqa tamoyillardan ham keng foydalanish mumkin, ular 
jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- kadrlarni tanlash, joy – joyiga qo’yish, tarbiyalash va himoya qilish tamoyili; 
- ilmiylik tamoyili; 
- yakkaboshchilik va boshqaruvda hamjihatliliq 
- izchillik va barqarorlik tamoyili; 
- mehnatni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tamoyili; 
- qat’iy tejamkorlik tamoyili. 
“Yangi uy qurmasdan turib, eskisini bo’zmang” degan hayotiy tamoyil.
Rahbarlik qilishning fundamental qoidalarini amalga oshirish uchun bir qancha 
usullardan foydalanish kerak. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: 

tashkiliy-ma’muriy va huquqiy usullar; 

iqtisodiy usullar; 

ijtimoiy-ruhiy usullar; 

tarbiyaviy usullar. 
Tashkiliy-ma’muriy usullar to’g’risida so’z yuritilganda, avvalo, bu usulning 
mohiyati, ahamiyati, shakllarini ochib berish kerak. So’ngra, boshqarishning 
hukuqiy vositalari, huquqiy me’yorlarini bayon etish zarur. 
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqaruv usullari tizimida alohida o’rin tutadi va 
quyi idoralarning yuqori idoralarga bo’ysunishiga asoslanadi. Bu usulning mohiyati 


shundaki, boshqarish tizimidagi munosabatlarni tartibga solib turadi, jamoalar 
ichida va orasida ratsional aloqalar tarkib topishiga yordam beradi. 
Tashkiliy-ma’muriy usullar yordamida boshqaruv apparatining muayyan 
tizimini to’zish; boshqaruv bo’g’inlarining funktsiyalarini belgilash; kadrlarni 
to’g’ri tanlash va joy-joyiga qo’yish; buyruqlar, farmoyishlar va qo’llanmalar 
chiqarish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish; topshiriqlar va direktiv 
ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar 
qo’llash amalga oshiriladi. 
Boshqaruvning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga 
asoslanadi. Zero, har bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo, 
manfaatlar tarzida namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xilda bo’lishi mumkin: 
- umumjamiyat manfaatlari; 
- jamoa manfaatlari; 
- shaxsiy manfaatlar. 
Bu manfaatlarni uyg’unlashtirish muammosi bir qator vazifalarni hal etishni, 
xar bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlar o’rnatishni talab etadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi iqtisodiy usullardan keng foydalanishga 
e’tibor beriladi: 
- tarmoqlar va ularning bo’linmalariga faoliyat yuritishlarida erkinlik va 
mustaqillik berishga; 
- barcha sohalarni pirovard natijalarga binoan moddiy rag’batlantirish, soliq 
imtiyozlarini berishga; 
- korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarning bajarilish 
intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirishga; 
- moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirishga; 
- bozor munosabatlari mexanizmlari: baxo va foyda, soliq va boj to’lovlari, 
kredit va rentabelliq raqobat va hokazolarga. 
Bu usulda xodimlarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yo’zaga chiqarish 
orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. SHu maqsadda ko’pincha ish haqi 
to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta mablag’ bilan takdirlash kabilar muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari orasida yetakchi o’rin 
egallaydi. Bu usuldan oqilona foydalanish jiddiy rejalar qabul qilishga, barcha 
resurslardan yanada unumliroq foydalanishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga, 


raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga va foydani maksimallashtirishga, 
natijada ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi. 
Boshqaruv tizimining muhim usuli hisoblangan ijtimoiy-ruhiy usullarning 
asosiy maqsadi jamoalarda sog’lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdan iborat. 
Sanoat ishlab chiqarishini boshqarishda ham bir qator umumfalsafiy usullarni 
qo’llash mumkin. Sanoatni boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o’rganish, 
tahlil qilish maqsadida quyidagi usullardan ham keng foydalaniladi: 
1. Tizimli yondashuv; 
2. Kompleks yondashuv; 
3. Tarkibiy yondashuv; 
4. Vaziyatli yondashuv; 
5. Integratsion yondashuv; 
6. Modellashtirish bo’yicha yondashuv; 
7. Ko’zatish usuli; 
8. Tajriba usuli. 
Birinchi usulda sanoat ishlab chiqarishi yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. 
Ikkinchi usulda esa sanoat boshqa sohalar, tarmoqlar bilan o’zaro bog’lanishda va 
aloqadorlikda qaraladi. Uchinchi usulda sanoat ishlab chiqarishi tarkibiy qismlarga, 
ya’ni tarmoqlar, korxonalar, sanoat infrato’zilmasi va hokazolarga bo’lib 
o’rganiladi. To’rtinchi usulda sanoatning muayyan sharoitdagi ichki va tashqi 
vaziyatiga qarab boshqarishning ma’qul uslubi qo’llaniladi. Beshinchi usulda sanoat 
yuqoridagi usullarni birgalikda qo’llash yordamida boshqariladi. 
Modellashtirish va iqtisodiy-matematik usullardan foydalanish jarayonida turli 
chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi, hisoblash texnikasi va kompyuter 
texnologiyalarning barcha imkoniyatlari ishga solinadi. 
Ko’zatish usulida sanoat ishlab chiqarishi to’g’risidagi ma’lumotlarni 
bashoratli, ilmiy jihatdan namunali uyushtirilgan asosda to’plash va internetdan 
foydalanilgan tarzda yo’lga qo’yiladi. Ko’zatuvchining sotsiologik usuli anketali 
so’rovlar, suhbatlar, testlar va infrato’zilmaviy tahlillarni o’tkazish yo’li bilan 
amalga oshiriladi. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish