Tashkilotchilik
- moddiy - texnika ta’minoti, ishlab chiqarish va
mehnatni tashkil etish va tayyor mahsulotni sotish jarayonlaridan iborat.
Tashkilotchilikka kunda yo’z beradigan muammolarni tez hal etish bilan bog’liq
bo’lgan faoliyat ham kiradi.
Muvofiqlashtirish va nazorat ham muhim vazifalardan hisoblanadi. Tarmoqlar,
korxonalar, tsexlar va uchastkalar, bo’limlar hamda unda ishlaydigan xodimlar
faoliyatini muvofiqlashtirib turilgandagina yuqori natijalarga erishish mumkin.
Barcha topshiriqlarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun nazorat kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |