Boshqaruvning bir qator nazariy va amaliy vazifalari F.U. Teylor tomonidan
asoslab berilgan. U boshqarishga «Nima qilish kerakligini, uni eng yaxshi va qulay
usulda amalga oshirishni aniq bilish san’ati», - deb ta’rif bergan.
Boshqaruvning ma’nosi va mohiyati, ahamiyati va mazmuni, tamoyillari va
usullari to’g’risida
buyuk olimlar, mutafakkirlar, mutaxassislar juda ko’p fikr
aytishgan va yozib qoldirishgan.
Boshqaruv - alohida funktsiya bo’lib, turli-tuman sohalar (mamlakat va uning
hududlari, milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari, korxona va uning bo’limlari) da
insonlar ustidan rahbarlik qilish faoliyatidir.
Boshqaruv - tashkilotning maqsadini ifodalash va unga erishish uchun zarur
bo’lgan bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil etish, ishtiyoqni uyg’otish
(motivatsiya) va nazorat qilish bo’yicha faoliyat turi, jarayonidir.
Boshqaruv - shunday faoliyatki, uning yordamida uyushmagan jamoa (haloyiq
yoki to’da) samarali va aniq maqsadga yo’naltirilgan unumli (barakali)
guruhga
aylantiriladi.
Boshqaruv - ma’lum jarayonga, organizm va jamoaga maqsadli ta’sir
ko’rsatishni o’zida ifoda etuvchi ijtimoiy faoliyatning bir turidir.
Boshqaruv - muayyan axborotga asoslangan va mavjud dasturga muvofiq
ob’ektning ishlashini, ya’ni faoliyat ko’rsatishini ta’minlashga yo’naltirilgan
tadbirlar majmuasidir.
SHuningdeq mashhur franso’z olimi Anri Fayol ham boshqaruvga quyidagicha
ta’rif beradi: «Boshqaruv - bu, korxona ixtiyoridagi barcha resurslardan maksimal
(eng ko’p - A.O.) foyda olgan holda uni maqsad sari etaklash faoliyatidir».
Demaq boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yo’naltirilgan jarayon
hisoblanadi.
Makroiqtisodiy sohaning yetakchi tarmog’i bo’lgan sanoatni boshqarish
zaruriyati to’g’risida so’z yuritilganda yuqoridagi ta’riflarni yanada
kengaytirish va
mazmunan boyitish zarurati yo’zaga keladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni, jumladan, uning eng yirik va yetakchi sohasi
bo’lgan sanoatni boshqarishning ob’ektiv zaruriyatini izohlab shuni aytish kerakki,
yirik miqyosda amalga oshiriladigan, har qanday to’g’ridan-to’g’ri qilinayotgan
mehnat, ishlab chiqarish ko’proq yoki kamroq darajada boshqarilishga muhtojdir.
Boshqaruv ilmi (menejment)da boshqaruvning
ikki xil tushunchasi mavjud
bo’lib, ularning birini boshqaruvning sub’ekti va ikkinchisini boshqaruvning ob’ekti
tashkil etadi.
Boshqaruv sub’ekti - jismoniy yoki yuridik shaxslar bo’lib, undan amaldagi
qonunlar asosida hokimiyat idoralari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq
huquqiy ta’sir yo’zaga keladi.
Boshqaruv ob’ekti - boshqaruv sub’ektining huquqiy ta’siri qaratilgan narsadir.
Bunga ishlab chiqarish va xo’jalik tizimlari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, jismoniy
va yuridik shaxslar kirishi mumkin.
Ko’rinib turibdiki, u holatda ham, bu holatda ham insonlarni boshqarish
ularning o’zi tomonidan amalga oshiriladi.
Faqat kishilar, ularning faoliyati,
jumladan, mahsulot ishlab chiqarish, xo’jalik va boshqa jarayonlar bilan bog’liq
bo’lgan faoliyatlari boshqaruvning predmeti, ya’ni hozirgi zamon menejmentining
asosi hisoblanadi. Boshqaruvning sub’ekti va ob’ektisiz menejment fan va xo’jalik
tajribasi sifatida o’z mazmun va mohiyatini yo’qotadi.
Albatta, minglab kishilar ishlaydigan sanoat ham bu tushuncha va
mulohazalardan xoli emas. Ayniqsa sanoat ishlab chiqarishida «sub’ekt» va
«ob’ekt» tushunchalari boshqa tarmoqlarga nisbatan xiyla ravshanroq ko’rinadi.
Bunda vazirliq kompaniya va aktsiyadorlik jamiyatlaridagi boshqaruvchilar
korxonadagi boshqaruvchilarga, korxonadagi boshqaruvchilar
esa tseh uchastka
boshqaruvchilariga rahbarlik qiladilar.
Har qanday boshqaruv o’z maqsadi va vazifalariga ega. Maqsad - bu, inson
faoliyatining avvaldan fikran o’ylangan natijasidir. SHunga binoan, boshqaruvning
maqsadi deganda, boshqaruv sub’ektining oldindan o’ylangan, mo’ljallangan,
erishish zarur bo’lgan natijasi tushuniladi. Sanoatda esa, maqsad - ko’p va sifatli,
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni o’z vaqtida sotish hamda
mo’ljallangan foydani olishdir.
Har qanday maqsadga ma’lum talablar qo’yiladi. Dastavval, maqsad ilmiy va
amaliy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Ikkinchidan, u aniq, yaxshi ifodalangan
va adresli bo’lishi zarur. Uchinchidan, qo’yilgan maqsad erishimli bo’lishi, ya’ni
unga etishishning imkoniyatlari, shart va sharoitlari hisobga olingan bo’lishi kerak.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajarish zarur.
Ma’lumki, vazifa - bu, avvaldan belgilangan, aniqlangan, ko’rsatilgan, bajarilishi va
hal etilishi lozim bo’lgan ish, narsadir.
Sanoat ishlab chiqarishida boshqaruvning vazifalari quyidagilardan iborat:
-kelajakni aniq ko’rmoq (istiqbolni to’g’ri bashorat qilish va unga monand
bo’lgan faoliyat dasturini to’zish);
-tashkillashtirmoq (sanoatning ichki, moddiy va ijtimoiy to’zilmasini barpo
etish);
-personalni idora qilmoq (sanoat ishlab chiqarish
xodimlarini harakatga
keltirish);
-kelishish (harakat va tirishqoqlikni bir-biri bilan uyg’unlashtirish);
-nazorat qilish va ko’zatish (joriy etilgan va berilgan buyruq asosida
harakatning, ya’ni faoliyatning qanday tarzda bo’layotganini mushohada qilish).
Boshqarish jarayonida oldindan ko’ra bilish nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Barcha jarayonlarni ko’zatib, ularning o’zgarishiga qarab ishlab chiqarish, ish
bajarish yoki xizmat ko’rsatish boshqarilib turiladi. Masalan, mahsulotga bo’lgan
ehtiyoj, narx-navo, texnika va texnologiyalar o’zgarishi, ish haqi va ijtimoiy
muhofazaning holati ishlab chiqarishga katta ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun
vaziyatga qarab kerakli o’zgarishlarni zudlik bilan amalga oshirish kerak bo’ladi.
Boshqarish jarayonida rejalashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa,
mahsulot hajmini belgilaganda uni barcha resurslar bilan ta’minlash
va ularni
yetkazib berish masalasiga katta e’tibor berish kerak. Ma’lumki, rejalar bir kunliq
o’n kunliq bir oyliq bir kvartalliq bir yilliq uch yilliq besh yillik va o’n-o’n besh
yillik bo’lishi mumkin. Oxirgisi «konseptsiya», «bashorat» tushunchalari bilan
bog’liqdir.
Ishlab chiqarish jarayoni o’zluksiz bo’ladi, chunki u, eng avval, yo’zaga keladi,
shakllanadi, rivojlanadi va takomillashadi. Ana shu o’zgarishlarni tashkilotchilik
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: