Industrial iqtisodiyot


Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog’ining shakllanishi



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   259
Bog'liq
Индустриал

 
3.2. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog’ining shakllanishi 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti ma’lum buyum va mahsulotlar ishlab chiqarish 
xajmining o’sishi va fan-texnika taraqqiyoti natijasidir. Ishlab chiqarish ko’lamining 
kengayishi esa ixtisoslashgan ishlab chiqarishning Konsentratsiyalashuvi va 
kichiklashuvi, yangi sanoat tarmoqlarining tashkil topishi va ilgari bunyod 
etilganlarni takomillashtirishni taqozo etadi. 
Ijtimoiy mehnat taqsimotining mohiyati va ahamiyati to’g’risida so’z borganda, 
shuni aytish kerakki, u tufayli xo’jalik rivojlanishi natijasida sanoatning ayrim va 
mustaqil tarmoqlari ko’payadi, bu rivojlanish tendentsiyasi har bir ayrim mahsulotni 
chiqarishnigina emas, hatto mahsulotning har bir ayrim qismini ishlab chiqarishni 
ham va faqat mahsulot ishlab chiqarishgina emas, hatto mahsulotni iste’mol qilishga 
tayyorlashdagi ayrim ishlarni ham sanoatning alohida tarmog’iga aylantirishdan 
iborat. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti uch shaklda: umumiy, xususiy va ayrim, birlamchi 
shaklda ro’y beradi. Xalq xo’jaligining yirik sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo’jaligi, 
qurilish, transport va aloqaning vujudga kelishi umumiy mehnat taqsimotining 
mahsulidir. Bu tarmoqlarning har birida sohalarning mustaqil ravishda ajralib 
chiqishi xususiy mehnat taqsimoti natijasidir. Birlamchi mehnat taqsimoti esa, 
ishlab chiqarishni korxona ichida - tsexlar, uchastkalar va yangi ish joylari tashkil 
etish bilan bog’liqdir. Bunday turkumlarga ajratish va uning mahsulini 2-chizmadan 
ko’rish mumkin. 
U yoki bu ishlab chiqarish faqat ma’lum texnik - iqtisodiy asos (zamin) 
yaratilgandagina alohida sanoat tarmog’iga aylanishi mumkin. Buning uchun, eng 
avvalo, bir necha turdosh korxonalar bo’lishi lozim. Ular aniq mustaqil sanoat 
tarmog’iga birlashtirish imkoniyatini beradigan ma’lum belgiga ega bo’lishi kerak. 


Sanoat tarmog’i - ishlab chiqarish uyushmalari, kombinatlari va korxona (firma)lari 
yig’indisidir. Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga 
ega bo’lishlari kerak: 

ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi; 

ishlatiladigan xom ashyo va asosiy materiallarning o’xshashligi; 

ishlab chiqarish texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi; 

ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi; 

ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o’xshashligi 
va hakozolar. 
2-chizma. O’zbekistonning milliy iqtisodiyoti to’zilmasi. 
Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir ko’rsatishiga qarab sanoat 
qazib oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga bo’linadi. Sanoatning bunday ikki 
qismga bo’linishi ishlab chiqarish aloqalarini ko’rsatishga, material va yoqilg’i-
energetika resurslarini, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi tarmoqlar o’rtasidagi 
nisbatlarni asoslab berishga imkon yaratadi. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish