3-mavzu. Sanoat tarmoqlari to’zilmasi va tarkibiy siljishlar (4soat)
Reja:
1.To’zilma siyosati, uning mohiyati va axamiyati.
2.Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog'ining shakllanishi.
3.Sanoatning tarmoq to’zilmasi va uni belgilovchi omillar.
1. To’zilma siyosati, uning mohiyati va axamiyati.
Tarkibiy siyosati haqida mulohaza yuritishdan oldin, strukturaning o’zi nima
ekanligini bilib olishimiz zarur.
Tarkibiy lotincha, «struktura» so’zidan olingan bo’lib, narsalar tarkibiy
qismlarining o’zaro bog’liq ravishda joylashishini, to’zilishini bildiradi.
Tarkibiy siyosatining mohiyati sohalarning to’zilmaviy jihatlarini belgilab
berish, yo’lga solib turishdan iboratdir. Ana shu nuqtai nazardan mustaqillikning
o’tgan davri uchun va 2016-2020 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy siyosatning
yo’nalishi va xususiyatlari doirasida belgilangan milliy iqtisodiyot strukturasida
progressiv o’zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlararo va tarmoq ichki
mutanosibliklarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyotini belgilovchi sohalarni
ustuvor rivojlantirishni davom ettirish vazifasi muhim ahamiyatga molikdir.
Davlat strategiyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish va jumladan, sanoat
strukturasini izchil tarzda takomillashtirish ko’z ilg’aydigan istiqbolda
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
xalq xo’jaligi va uning yetakchi tarmog’i bo’lgan sanoatni balanslashtirilgan
tarzda va izchil rivojlantirish;
iqtisodiyotni, xususan, sanoatni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni
diversifikatsiya qilish yo’liga o’tkazish, uning samaradorligini oshirish, moddiy,
mehnat va moliyaviy resurslar iste’molini ratsionallashtirish, ularni har tomonlama
tejash;
iqtisodiyotning, jumladan, sanoatning ijtimoiy yo’nalishini yanada
kuchaytirish, milliy iqtisodning aholi farovonligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan
xilma-xil vazifalar tomon yanada chuqurroq burilishini ta’minlash lozim.
Bir butun qismlarning muayyan o’zaro aloqasi, bir-biriga nisbatan joylashuvi
bo’lgan strukturaning ahvolini mutanosibliklar juda ham aniq va konkret tarzda
ifodalaydi. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini chuqur bilib olish va ularni
bashoratlar va loyihalarda tatbiq etish, ijtimoiy va shaxsiy iste’molni, fan-texnika
taraqqiyotining, milliy iqtisodiyotning tegishli ishlab chiqarishlari va tarmoqlari
rivoji istiqbollarini sinchkovlik bilan hisobga olish, korxonalarni zarur zahiralar
bilan ta’minlashni mustahkamlash - ana shularning hammasi prognozlash va
loyihalashtirish texnologiyasining eng muhim tarkibiy, to’zilmaviy qismlari bo’lib,
ularga qat’iy rioya qilish vazifalarining mutanosibliligi, balanslashtirilganligi,
realligi, qo’yilgan maqsadlarga erishishdagi ishonchliligi, ta’sirchanligining
shartidir.
O’zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasida xalq xo’jaligi strukturasini
takomillashtirish, uning tarmoqlarini rivojlantirish yo’zasidan muhim topshiriqlar
hamda bu tarmoqlarning marralari batafsil belgilab berilgan.
Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqtisodiy o’sish iqtisodiyot
ko’lamining o’sishi bilangina emas, balki iste’molda ham, ishlab chiqarishda ham
strukturaviy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan aniqlanadi.
Tarkibni aniqlovchi siyosatni shakllantirish iqtisodiyotdagi strukturaviy
o’zgarishlarni sifat jihatdan baholashni aniqlanishining printsipial xususiyati
iqtisodiyotning o’sish sur’ati ko’rsatkichlarining degradatsiyasi yo’z berishi
muammosini hal etishi zarurligidir, chunki ayni bir sur’atning o’zi bir necha
tarmoqlarning turli o’sish sur’atlarida ifodalanishi mumkin. Bu bir xil bo’lmagan
iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Bu muammo oqibatda u yoki bu sohaga
ustuvorlik (afzallik) berish tizimini yaratilishini taqozo etadi. Masalan, fan-texnika
taraqkiyotida to’liq aks etadigan sohalar ajralib turadi: yoqilg’i-energetika,
elektronika, mashinasozliq kimyo. SHuning uchun bu tarmoqlar o’sish sur’atlari
bo’yicha sanoat o’sishidan yuqori turishi kerak. Mashinasozlikning tarmoq
strukturasida ham jiddiy o’zgarishlar yo’z berishi zarur. Kimyoda biotexnologiya va
nanotexnologiyani qo’llab, nozik organik sintez mahsulotlarini ishlab chiqarish
jadal sur’atlarda rivojlanishi zarur.
Tarkibiy o’zgarishlarning yo’nalishi, ularning jadalligi va ko’lamini aniqlash
muhim ish. Ayni vaqtda iqtisodiy darajasi bir xil yoki iqtisodiyotdagi struktura
yo’nalishlari o’zgarishi o’xshash bo’lgan mamlakatlar guruhi bo’yicha tarmoqlararo
komplekslar va ayrim tarmoqlar ishlab chiqarishi va iste’molining rivojlanishidagi
umumiy qonuniyatlarni aniqlash - bu barcha analitik materiallar istiqbolni
prognozlashning muhim zamini hisoblanadi.
SHu bilan birga, struktura yo’nalishlari o’zaro muvofiqlashtirilishi keraq
chunki rivojlanish strategiyasiga muvofiq tarmoqlararo
komplekslar va tarmoqlarni
rivojlantirish uyg’unlashtirilishi zarur.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimovning birinchi
chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida qilgan
ma’ro’zasi va keyingi chiqishlarida mamlakatimizning yangi - XXI asr boshlaridagi
asosiy vazifalari aniq belgilab berilgan. Ularda tabiiyki, yangi asrga qadam qo’ygan
mamlakatimizning «iqtisodiyotni isloh etish va jamiyatni o’zgartirish borasidagi
ishlar natijasini xolis baholash» bilan birgalikda «ustuvor yo’nalishlar va bundan
keyingi rivojlanish strategiyasini shakllantirish» masalalariga alohida e’tibor
qaratilgan.
Yangi asrning dastlabki yillaridagi taraqqiyot strategiyasi, jamiyatni yangilash,
barcha sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasidagi faoliyat 6 ta ustuvor
yo’nalishdan iborat. Birinchi ustuvor yo’nalish - aholini yanada kuchli ijtimoiy
himoya qilish, ikkinchi ustuvor yo’nalish - mamlakat siyosiy va iqtisodiy hayotini,
davlat va jamiyat qurilishini yanada jadallashtirish, uchinchi ustuvor yo’nalish -
jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish, to’rtinchi ustuvor yo’nalish - kadrlar
tayyorlash, beshinchi ustuvor yo’nalish - iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni
ta’minlash, oltinchi ustuvor yo’nalish - jamiyatdagi barqarorliq tinchliq millatlar va
fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy
yaxlitligini ta’minlashdan iborat.
Ana shu ustuvor yo’nalishlardan biri iqtisodiyotda, shu jumladan, sanoatda ham
tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish bo’lib, sanoat boshqaruvi to’zilmasini
yaxshilashdan tortib korxonalarni yangilash va texnik jihatdan qayta jihozlashga,
mamlakatning boy tabiiy va mineral xom ashyo salohiyatidan to’la, samarali
foydalanishga, eksportga moslangan va import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab
chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga qaratilmog’i darkor.
Iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonida, ayniqsa, investitsiya dasturini
amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada mamlakatda katta ishlar
qilinmoqda. 2016 yilda asosiy kapitalga qo’yilgan investitsiyalarning 34,2 foizi
sanoatga kiritilmoqda. Ana shu investitsiyalar asosida yangidan - yangi
korxonalarning barcha viloyatlarda qurilayotganligi nafaqat hududlarning sanoat
tizimini, balki ularning qiyofasini ham tubdan o’zgartirib yubormoqda.
Respublika iqtisodiyotida, shu jumladan, sanoatda tarkibiy o’zgarishlarni izchil
ta’minlash natijasida davlatning qudratini yanada orttirish, mamlakat mustaqilligini
mustahkamlash, yurtni obod etish va xalqning farovonligini yanada yuqori darajaga
ko’tarish mumkin.
Iqtisodiy o’sish ayrim qonuniyatlar asosida sodir bo’ladi. Ba’zan uni
harakatlantiruvchi kuch tsiklik ahamiyat kasb esa, boshqa paytlarda ekstensiv va
intensiv omillarga boliq bo’ladi. SHubhasiz, davlatning siyosati iqtisodiy
jarayonlarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatishi yoki jamiyatning ijtimoiy va
iqtisodiy institutlarga ta’sir etish orqali bilvosita ta’sirga ega bo’ladi. Iqtisodiy
o’sishning yuqori sur’atlarda sodir bo’lishi yoki sustlashuvi ayrim hollarda tsiklik
hususiyatga emas balki aynan davlat siyosatining amalga oshirilishi bilan bog’liq
bo’ladi.
Odatda, yuqori sur’atdagi iqtisodiy o’sish iqtisodiyotda tarkibiy
o’zgarishlarning amalga oshirilayotgan davrga to’g’ri keladi.
Mamlakat iqtisodiyoti tarkibining ahamiyati iqtisodiyot tarmoqlari o’rtasidagi
muvozanatni ta’minlashda, ularning samaradorligini oshirishda va barqaror
iqtisodiy o’sishga erishishda ko’rinadi. Iqtisodiyotning tarkibiy to’zilishi
mamlakatlar rivojlanishining xususiyatlariga bog’liq holda o’zgarib boradi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sishini
ta’minlashdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ko’pchilik rivojlangan G’arbiy
Yevropa davlatlari, Janubiy-SHarqdagi yangi sanoatlashgan davlatlar yuqori
darajada iqtisodiy o’sishga iqtisodiyotidagi katta tarkibiy siljishlar hamda boshqa
sifat jihatdan o’zgarishlar evaziga erishdilar.
Ma’lumki, iqtisodiyotda tarkibiy siljishlarni amalga oshirish natijasida tub
tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda
jadal va mutanosib iqtisodiy o’sish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish
va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Mamlakatimiz iqtisodiyotini
tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish
borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq”.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlarni baholashda iqtisodiyot tarkibi asosan
tarmoq, takror ishlab chiqarish, mintaqaviy va tashqi savdo jihatidan qaraladi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar tarmoq jihatdan qaralganda, asosiy uch tarmoq:
sanoat, qishloq xo’jaligi va xizmatlar ko’rsatish sohalarining umumiy ishlab
chiqarishdagi ulushi yoki ushbu tarmoqlarda band bo’lgan aholi soniga qarab
aniqlanadi. Mamlakat iqtisodiy o’sishining dastlabki bosqichlarida mazkur uch
tarmoqning iqtisodiyotdagi ulushi jihatidan qishloq xo’jaligi ustunlik qilsa, iqtisodiy
o’sishning keyingi bosqichlarida sanoat va yuqori iqtisodiy o’sish pallasida esa
xizmatlar ko’rsatish sohasining yetakchilik qilishi ko’zatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |