Jakarta-Palembang—2018
Indoneziya 4 ta yirik va 17 mingdan ziyod mayda orollardan iborat mamlakat. Jakarta va Palembang mos ravishda 2 ta yirik orolda joylashgan — Yava hamda Sumatra. Ular Osiyo O‘yinlari uchun 4 ta yirik sport obyektini tayyorlash ishlari bilan band. Shularning 3 tasi Jakartada joylashgan bo‘lib, yana 1 tasi Palembangda qad rostladi.
Har ikki shahar orasidagi masofa taxminan 620 kilometrni tashkil qiladi. Noyabrning so‘nggi o‘n kunligida bo‘lib o‘tgan Media Forum ishtirokchilari sport obyektlari bilan tanishish uchun Palembangga ham bordi. Samolyot masofani roppa-rosa 1 soatda bosib o‘tdi.
Palembang shahri sohil voleyboli, kanoe hamda akademik eshkak eshish, bouling, tennis, ayollar futboli, klimbing, o‘q otish kabi sport turlari vakillarini qabul qiladi. Qolgan barcha sportchilar Jakartada istiqomat qiladi.
Mazkur ikki shaharda festivalga tayyorgarlik qanday ketayotgani, bundagi yutuq va kamchiliklar haqida keyingi maqolada gaplashamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |