Individual rivojlanishi darsning ta’limiy maqsadi



Download 2,18 Mb.
bet4/23
Sana29.05.2022
Hajmi2,18 Mb.
#614873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
BIOLOGIYA 10 KONS

YANGI MAVZU BAYONI:
Irsiyat mexanizmlari to‘g‘risidagi dastlabki fi krlar G. Mendel nomi bilan bog‘liq.
G. Mendel kashfi yotining yaratilishidan ancha avval sun’iy duragaylash usuli qo‘llanila boshlagan, belgilarning dominantlik xususiyatlari kashf etilgan bo‘lsa ham, irsiyat qonunlari aynan shu olim tomonidan yaratilgan.G. Mendel irsiyatni o‘rganishga yangicha yondashdi, gibridologik analiz
usulini takomillashtirdi. Gibridologik (duragaylash) usul – bir-biridan keskinfarq qiluvchi (alternativ) belgilarga ega bo‘lgan organizmlarni chatishtirish vabu belgilarning keyingi avlodlarda yuzaga chiqishini tahlil qilishga asoslangan.Gibridologik usulni qo‘llashda quyidagilarga e’tibor berish kerak: ayrimbelgilar (odatda 1 yoki 2 juft alternativ belgilar) irsiylanishini tahlil qilish;duragaylash uchun sof liniyalar yoki gomozigotalardan foydalanish; har birindividdan olingan avlodni alohida tahlil qilish; juda ko‘p belgilardan bittayoki bir-birini inkor etuvchi belgilarni ajratib olish va ketma-ket keladigan birqancha avlodlarda ularning yuzaga chiqishini aniq miqdoriy tahlil qilish.G. Mendel no‘xat (Pisum sativum) o‘simligi ustida tajribalar olib bordi.Ushbu o‘simlik o‘z-o‘zidan va chetdan changlanadi, juda ko‘p muqob No‘xat o‘simliklarini ko‘p marta o‘z-o‘ziga chatishtirish natijasidaG. Mendel sof (toza) liniyalarni keltirib chiqardi. Ularni o‘zaro chatishtirib,keyingi avlodlarda belgilar irsiyatlanishini tahlil qildi.
To‘liq dominantlik. Irsiyat qonuniyatlarini o‘rganishni G. Mendelmonoduragay chatishtirishdan, ya’ni faqat bir juft alternativ belgisi bilanfarq qiluvchi ota-onalarni duragaylashdan boshladi. Sariq va yashil no‘xatlarchatishtirilsa, birinchi avlod duragaylari hammasi bir xil, ya’ni sariq rangda
bo‘ladi. Bu tajribadan birinchi avlod duragaylarining bir xilligi qonunikelib chiqadi.Birinchi avlodda yuzaga chiqqan belgi dominant (lotincha «dominans» –«ustinlik qilish»), namoyon bo‘lmagan belgi esa retsessiv (lotincha recessus –chekinish) deb ataladi. Bir-birini inkor etuvchi alternativ belgilarni yuzagachiqaruvchi genlar – allel genlar deyiladi. Ular gomolog xromosomalarning bir
Xushbo‘y no‘xat o‘simligining G. Mendel tomonidan o‘rganilgan belgilari.
xil lokuslarida (joylarida) joylashadi. Bir xil dominant (AA) yoki retsessiv (aa)allellardan tashkil topgan organizm gomozigotali deyiladi va bir xil gametalarhosil qiladi. Har xil allellardan (bitta dominant va bitta retsessiv – Aa) tashkiltopgan organizm geterozigotali deyiladi va ikki xil gametalarni hosil qiladi.Birinchi avlod duragaylari ‘zaro chatishtirilganda, olingan duragaylar
orasida sariq rangli no‘xatlar bilan birga yashil rangli no‘xatlar ham hosilbo‘ldi. Fenotip bo‘yicha 3:1 nisbatda, genotip bo‘yicha 1:2:1 nisbatda ajralishyuz berdi. Bu tajribadan G. Mendelning ikkinchi qonuni kelib chiqadi: bir juftalternativ belgilari bilan farq qiluvchi organizmlar o‘zaro chatishtirilganda
keyingi avlodda fenotip va genotip bo‘yicha ajralish beradi. Bu qonunbelgilarning ajralish qonuni deb ataladi.Shunday qilib, monoduragay cha tish tirishda F2 ning ¾ qismida dominant
allel, ¼ qismida retsessiv allel yuzaga chiqadi.Tahliliy chatishtirish. Dominant belgiga ega organizmlar fenotip jihatdano‘xshash bo‘lsa-da, genotip jihatdan farq qiladi. Ularning genotipini aniqlashuchun tahliliy (bekkross) chatishtirish o‘tkaziladi.F1 avlodda retsessiv belgilarning namoyon bo‘lmasligini, F2 da esadominant belgili organizmlar bilan bir qatorda retsessiv belgili organizmlar
hosil bo‘lishini tahlil qilib, G. Mendel gametalar sofl igi farazini ilgari surdi.Organizmlarda irsiy omillar juft holda bo‘ladi. Ular irsiy omillarning biriniotadan, ikkinchisini onadan oladi. Duragaylarda ota-onaning irsiy omillariaralashmaydi. U bu hodisani F2 avlodda retsessiv belgili organizmlarning
paydo bo‘lishi bilan tushuntirdi. Demak, avloddan avlodga o‘tganda irsiy
omil o‘zgarmaydi. Jinsiy hujayra irsiy omillardan faqat bittasiga egabo‘ladi, ya’ni ular «sof» holda bo‘ladi.


Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish