Tirik vaksinalar quyidagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlashda qo’llaniladi: chin chechak, qizamiq, sil, gripp, epidemik parotit (tepki), tulyaremiya, Ku-isitma, o’lat, sariq isitma, qora oqsoq, poliomielit, kuydirgi. Tirik vaksinalar 4-8°S (2-10°S) dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlanishi va tashilishi lozim. Idishi singan yoki darz ketgan, vaksinasining ko’rinishi o’zgargan bo’lsa (burishib qolgan, har xil rangda, nomlanmagan va boshq.), bunday vaksinalar ishlatilmaydi (brakeraj) va zararsizlantirilib tashlab yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |