Bunday kamchiliklarni yo’qotish uchun vaksinaga suvda erimaydigan odam organizmi uchun zararsiz bo’lgan moddalar (alyuminiy gidroksidi yoki alyuminiy fosfat tuzi) qo’shiladi. Bu moddalar antigenlarni o’ziga shimib oladi (sorbsiya) va ularning organizmga so’rilishini sekinlashtiradi. Shimdirilgan (sorbsiyalangan) vaksinani teri ostiga yuborilganda shu joyda antigenlar "deposi" hosil bo’ladi va organizmga asta-sekin so’rilishi natijasida toksik (zararli) ta’siri kamayadi. Antigenlarning asta-sekin so’rilishi organizmda kuchliroq va uzoq muddatli immunitet hosil bo’lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |