Emlash usullari Emlash usullari Teri ostiga dori yuborish. Bu usul bilan emlash uchun jonsizlantirilgan vaksinalarning barcha turlarini va ba’zi bir xil tirik vaksinalarni yuborish mumkin. Teri ostiga vaksina yuborish uchun eng qulay joy qopqoqning pastki burchagidir, chunki bu yerda nerv tolalari va qon tomirlari eng siyrak joylashgan. Muskul orasiga yuborish. Bu usul bilan organizmga AKDS vaksina, ADS-anatoksinlarni va zardoblarni yuborish mumkin. Emdori quymichning yuqorigi tashqi bo’lagidagi muskul orasiga yoki sonning tashqi tomonidagi muskul orasiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |