Jonsizlangan vaksinalarni konservalash uchun ularga tozalangan kuchsiz fenol va mertiolet suyuqligi qo’shiladi. Tirik vaksinalardan farqli o’laroq faqat 2-3 qayta yuborilgandan so’nggina immunitet hosil qiladi; immunitetning davomiyligi 6-10 oydan oshmaydi. Jonsizlantirilgan vaksinalar muzlatilganda yaroqsiz holga keladi. Hozirgi vaqtda jonsizlantirilgan vaksinalar ich terlama, ko’kyo’tal, kanali encefalit, leptospiroz kabi kasalliklarga qarshi emlash uchun ishlatiladi. Kimyoviy vaksinalar. Kimyoviy vaksinalar bakteriyalardan ularning tarkibida joylashgan eruvchan antigenlarni toza holda ajratib olish uchun murakkab kimyoviy va fermentativ ishlov berish yo’li bilan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |