11-Mavzu: Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil
Dalil falsafiy kategoriya sifatida. Dalil turlari.
Dalil bu -fakt ma’nosida ishlatiladi. Biz bu mavzuni yoritar ekanmiz, fakt so‘zini dalil deb qabul
qildik. Dalil bu haqiqatni tasdiqlovchi, inkor etib bo‘lmaydigan narsa va hodisalar haqidagi bilimlar majmuasi. Dalilning asosan ikkita xususiyati bor:
1.Hayotiy bo‘lgan real voqealar, xususiyatlar, munosabatlar, aloqadorliklar, o‘zgarishlar, jarayonlarni o‘zida ifoda etadi.
2.Haqiqatni isbotlovchi fikrlarning to‘laqonliligini, inkor etib bo‘lmasligini, reallikka mosligini qaror toptiradi.
Tevarak atrofdagi barcha narsa va hodisalarning mavjudligi, barqarorligi, hodisalarga munosabat kabi jarayonlar dalillarga suyangan holda tahlil qilinadi, mushohada qilinadi. (Aslida esa dalil bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin). Bu ob’yektga nisbatan shunday xarakterda bo‘ladi. Sababi, shunday narsa va hodisalar borki, ular dalil va isbotni talab qilmaydi. Demak, ana shu narsa va hodisani tasvirlash uchun dalilga murojaat qilish shart emas. Ammo, ilmiy ijodda esa dalil zaruriy talabdir. Fanning ajralmas qismidir. Chunki fan yangi, haqiqiy bilimlarni berish uchun dalillarga suyanadi.
Har bir ijod namunasi falsafaning kategoriyasi bo‘lmish – sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik, mazmun va shakl, zaruriyat va tasodif, mohiyat
va hodisa butun hamda qismlar orqali, ya’ni ularning metodologik xususiyatlaridan foydalanib, o‘z xulosalarini chiqaradi. Bu xulosalar dalil tushunchasi orqali amalga oshirilganda ijodda mustahkam o‘rin oladi. Ijod natijasi haqiqatga aylanadi. Dalil falsafiy kategoriyadir. Demak, u universal xarakterga ega bo‘lib, barcha narsa va hodisalarga taalluqlidir. U haqiqatni to‘ldiruvchidir. Ba’zi olimlar dalilni haqiqat sinonimidir, deb tushuntiradilar. Bizningcha, bunday qarash yetarli emas. Bu kategoriyalar o‘zaro yaqin bo‘lsalarda, ular turlicha vazifalarni bajaradilar. Avvalo, haqiqat tushunchasi dalil tushunchasiga nisbatan keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib, u nisbiy yoki mutlaq xarakterga ega. Haqiqatning nisbiyligini qo‘shimcha dalillar bilan to‘ldirish mumkin va hokazo. Haqiqatlar dalillarning yig‘indisidir.Dalilning turlari quyidagilar:
1. Haqiqiy dalil;
2. Yolg‘on dalil;
3. To‘liq dalil;
4. To‘liq bo‘lmagan dalil;
5. Taxminiy dalil;
6. Isbotlanmaydigan dalil;
7. Isbotlangan dalil;
8. Ilmiy dalil va boshqalar.
Dalil turlari voqelikdagi narsa va hodisalarning xarakteridan kelib chiqadi. Dalil alohida-lohida olingan narsa va hodisalarni o‘zida aks ettiradi. Umumiy
dalil bo‘lishi mumkin emas. Dalil konkretaniqdir. Masalan, haqiqiy dalilda ob’yekt to‘g‘risida to‘la tavsif mujassamdir. Bu tavsif haqiqatga zid kelmasdan, balki qonun va qonuniyatlar asosida vujudga kelgan. Yolg‘on dalil esa buning aksi bo‘lib, qonunlar va qonuniyatga mos emasdir. U faqat insonning tafakkurida aks etadi, xolos. Yolg‘on dalillar shubhali bo‘lib, ularni bir necha bor tekshirish, aniqlash talab etiladi. Yolg‘on dalillar inson tomonidan nojo‘ya ish va faoliyatlarda ko‘proq foydalaniladi.
Ammo, yolg‘on dalillardan ham voz kechib bo‘lmaydi. Undan foydali tomonlarini olib, hayotga tatbiq etish lozim. Masalan, shunday voqea va narsalar bo‘ladiki, u to‘g‘risida (vaziyatga qarab) yolg‘on dalil aytishga to‘g‘ri keladi, ya’ni ikkala qaramaqarshi tomonlarni moslashtirish, kelishtirish uchun vaqtincha yolg‘on dalildan foydalanish mumkin.
Bu degani, albatta yolg‘on dalillar ilmiy ijodning asosi ekan, deganxulosa kelib chiqmasligi kerak. Yoki to‘liq bo‘lmagan dalillar to‘g‘risida so‘z yuritganda, izlanuvchi o‘z fikrining ilmiyligini isbotlash uchun qo‘shimcha dalillar topishga harakat qiladi. Qo‘shimcha dalillar esa to‘liq bo‘lmagan dalilni to‘liq dalil bo‘lgunicha ko‘maklashadi. Qo‘shimcha dalillar ilmiy ijodda katta ahamiyatga egadir. Ilmiy ijodda shunday dalillar borki, ularni qayta isbotlashga to‘g‘ri keladi. Chunki davr o‘tishi bilan har qanday dalil qayta isbotlanishini talab etadi. Bu holat ayniqsa, ilmiy kashfiyotlarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Isbotlangan dalillar ammaliyotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladi. Ilmiy ijod ilmiy dalillar negizida ish yuritadi, faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy
ijodda dalillarga erishish og‘ir va mashaqqatli mehnatni talab etadi. Vaqt va sabrlilikni istaydi. Dalillarni qo‘lga kiritish bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Ikkala jarayon ham zaruriy holatdir. Bevosita dalillarni qo‘lga kiritishda narsa va hodisaning o‘z holati, taraqqiyoti, rivojlanishi kifoya qiladi. Bilvosita dalillarni qo‘lga kiritish ma’lum shart-sharoitlar, qo‘shimcha ashyolar, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollarni talab etadi. Izlanuvchi ijodkor bunga ruhiy va amaliy jihatdan tayyor turishi kerak. Demak, dalillarni qo‘lga kiritish sub’yektiv va ob’yektiv shartharoitlarga bog‘liqdir. Dalil insonning bilim doirasini kengaytiradi. Bilim insonning ajralmas
qismidir. Moddiy olam oddiy bilim osti bo‘lgan cheksiz, rang-barang narsa va hodisalarning yig‘indisidan iboratdek bo‘lib ko‘rinadi. Ammo oddiy kuzatish
asosida hodisalarning mohiyatini bilish mumkin emas. Agar bilish oddiy kuzatishdangina iborat bo‘lsa, u vaqtda biz hodisalarning qonun va qonuniyatlarini aslo bila olmas edik. Shu sababli ham dalilning asosiy vazifasi moddiy olamni bilishda ishtirok etib, u to‘g‘risida inkor etib bo‘lmaydigan fikrlar tasdig‘ini berishdir. Olam va uning qonuniyatlarini
bilish osonlikcha kechmaydi. U haqiqiy ilmiy dalilni, ijodni talab etadi. Olamni bilish g‘oyat murakkab jarayondir. Dalillar farazlarni tahlil qilish uchun ham asosdir. Chunki farazlar hal
haqiqiy ilm emas. Farazlar ham bilishning ma’lum chegarasi bo‘lsa-da, inson farazlarga asoslanib faoliyat ko‘rsatmaydi. Farazlarning haqiqiyligini tekshirish, aniqlash dalillar yordamida amalga oshadi. Farazlarning hayotiyligini tasdiqlash yoki inkor qilish voqelikning xarakteriga qarab tajriba yoki kuzatish, modellashtirish, mantiqiy yondashishlar orqali amalga oshiriladi. Har bir tadqiqot, ma’lumki, farazlarni o‘rtaga tashlash bilan boshlanadi. Bu farazlar tadqiqot negizini tashkil etsa-da, dalilga muhtoj. Ana shu dalil orqali tadqiqot natijasi ko‘rinadi. Ta’kidlash lozimki, nazariyalar ham dalillar yordamida o‘rtaga qo‘yiladi va o‘z navbatida isbotlanadi. Nazariyalar dalilsiz, dalillar nazariyasiz bo‘lishi mumkin emas. Aks holda nazariyalar inson miyasidagi mulohazalardan iborat bo‘lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |