Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar


Dalil sub’yekt va ob’yektning faolligi natijasi sifatida



Download 0,76 Mb.
bet25/55
Sana19.04.2023
Hajmi0,76 Mb.
#930014
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Bog'liq
Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar (1)

Dalil sub’yekt va ob’yektning faolligi natijasi sifatida
 
Ilmiy ijod jarayoni sub’yekt(ega) va ob’yekt(narsa) faoliyatiga bog‘liq. 
Sub’yekt va ob’yekt dalilning ikki qanotidir.
Sub’yekt va ob’yekt ham falsafiy kategoriyalardir.
Sub’yekt –bu ob’yektiv olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish va ularni nisbatan o‘zgartirishga ta’sir etadigan faoliyat egasidir.
Ob’yekt –bu sub’yektning izlanish manbai bo‘lib, sub’yektga bilim beradigan voqelikdir.
Sub’yekt deganda, ko‘proq shaxs, inson faoliyati tushuniladi. Shu bilan birga ilmiy izlanishda ishtirok etadigan zamonaviy texnik vositalarni ham, insonning o‘zini ham sub’yekt qatoriga kiritish mumkin. Asosiy sub’yekt boshqa jonli mavjudotdan o‘zining amaliy faoliyati bilan farq qiladi.
U voqelikni bilibgina qolmaydi, balki uni nisbatan o‘zgartiradi. Taiat va jamiyat bilan o‘zaro muloqotda bo‘ladi. Ushbu jarayonda sub’yekt faol, ob’yekt esa passivdir. Xuddi shu faollik insonni sub’yektga aylantiradi va sub’yekt tabiiy hamda sun’iy vositalar yordamida tabiat, jamiyat hodisalariga, narsa hamda jarayonlarga, ya’ni o‘z faoliyatining ob’yektiga ta’sirini o‘tkazadi. Bu esa ilmiy dalil to‘plashning muhim jihatlaridir. Sub’yekt faoliyati haqida I. Kant, I. G. Fixte, G. Gegellar to‘xtalib, uning faolligini ko‘p marotaba ta’kidlaganlar. Ob’yekt faoliyatini o‘zgartirish sub’yektga bog‘liqligini isbotlashga harakat qilganlar. Ob’yektni tadqiq qilish sub’yektning ongiga, tafakkuriga joizdir, deb tushuntirganlar. Ongning faolligi ob’yektga nisbatan birlamchidir. Sub’yekt tadqiqot jarayonida dalillar asosida ish yuritib ob’yektga nisbatan amaliy, hissiy, moddiy jihatdan ta’sir ko‘rsatadi, uni o‘zgartiradi. Har bir ob’yektda dalillar alohida-alohida bo‘lishi mumkin.
Ob’yekt o‘z faoliyatida jiddiy e’tibor berishni talab etadi. Bunda sub’yekt ob’yektga nisbatan aniq yondashadi. Ya’ni, tabiat va jamiyat hodisalarini inson(sub’yekt) o‘z hayotiga yaroqli shaklda o‘zlashtirib olish uchun turli vositalardan, qo‘l va oyoq, ong va ko‘z, quloq va hid bilish organlari, harakat hamda boshqa jarayonlardan foydalanadi, ularni ishga soladi. Shu sababli sub’yekt ob’yektga nisbatan tubdan farq qiladi. 
Demak, sub’yektning faoliyati tadqiqot dalillariga nisbatan ham ta’sirchandir. Sub’yektning faoliyati ob’yektga nisbatan payqab olgan qonuniyatlarga ham bog‘liqdir. Sub’yekt va ob’yektning o‘zaro ta’siri dalilning zaruriy tomonlaridir. Ta’kidlash lozimki, sub’yekt ob’yektning o‘rni, aloqalari, munosabatlari, qonuniyatlari haqida tegishli bilimga ega bo‘lmasa dalil to‘play olmaydi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, yakkalangan ayirim shaxs olamni bilish va o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatning sub’yekti bo‘la olmaydi.
Shaxs jamiyat yaratgan mehnat qurollaridan, tildan, jamg‘arilgan bilimlardan, manbalardan foydalanganligi uchun sub’yekt bo‘lib qoladi. Binobarin, doimo ma’lum bir ishlab chiqarish usuliga, ma’naviy - madaniy taraqqiyotning ma’lum sub’yekti sifatida maydonga chiqishi mumkin. Unutmaslik kerakki, dalillar egasi bo‘lgan sub’yekt va ob’yekt qarama-qarshi tomonlarni tashkil etadi. 
Qarama-qarshi tomonlar dalilning ichki va tashqi tomonidir, dialektikasidir. Dalillar o‘z faoliyati paydo bo‘lishi bilan ham qarama-qarshi fikrlar majmuasidan iboratdir. Qarama-qarshi tomonlar hal etilsa, sub’yekt tomonidan dalillarga erishiladi. Sub’yektning ijodiy harakatining natijasi dalillarning paydo bo‘lishidir. Sub’yekt va ob’yekt hodisa va narsalar umumiy harakatining, tomonlarining bir qismidir. 
Narsalar sub’yektsiz, jonsiz tabiatlidir. Tabiat va jamiyatni o‘zgartirish sub’yekt dalillariga bog‘liqdir. Ma’lumki, jamiyat o‘z qonunlariga muvofiq rivojlanadi. Unga: ongga, irodaga ega bo‘lgan, o‘z oldiga dalillar to‘playdigan insonlar kiradi. Ba’zi ob’yektlarda esa iroda ham, ong ham, maqsad ham yo‘q. 
Demak, sub’yekt bilan ob’yekt o‘rtasida ziddiyatlar dalillar asosida hal etiladi, bartaraf qilinadi. Natijada ob’yektlar ilmiy izlanish, ijod jarayonida sub’yekt faoliyatining dalil to‘plash qurollariga aylanadilar. Shu asosda sub’yekt faoliyatiga kirib boradi. Demak, sub’yekt va ob’yekt ilmiy izlanish, dalil to‘plash jarayonida diplomatik munosabatni tashkil etadilar.
Sub’yektning (insonning) yordamchilarisiz hozirgi zamonni tasavvur qilish qiyin. Insonning yordamchilarini esa sun’iy jihozlar, komp’yuterlar, hisoblash mashinalari, turli moslamalar, asbob uskunalar tashkil etadi. Ikkinchidan, inson faoliyatining mahsullari ob’yektlar sifatida ular bilan inson o‘zaro ta’sirga kirishishi yordamida muhim dalillarni paydo qiladi. Oxir oqibat esa sub’yekt ob’yektni dalillar asosida o‘zgartirib, o‘zlashtirib oladi, o‘z maqsadlariga muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga sub’yektning o‘zi ham bilim bilan boyiydi, nisbatan dunyoqarashini o‘zgartiradi. Yangi maqsadlarni topadi va uni bajarish uchun yangi dalillar izlaydi.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish