Topshiriq 4
Mavzu: Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
Dalil falsafiy kategoriya sifatida.
Javob: Dalil deb haqiqatni tasdiqlovchi, inkor etib bo`lmaydigan narsa va hodisalar haqidagi bilimlar majmuasiga aytiladi. Dalilning asosan ikkita xususiyati bor:
1. Hayotiy bo`lgan real voqealar, xususiyatlar, munosabatlar, bog’lanishlar, o`zgarishlar, jarayonlarni o`zida ifoda etadi.
2. Haqiqatni isbotlovchi fikrlarni to`laqonligini, inkor etib bo`lmasligini, reallikka mosligini qaror toptiradi.
Dalil falsafiy kategoriyadir. Demak, u universal xarakterga ega bo`lib, barcha narsa va hodisalarga taalluqlidir. U haqiqatni to`ldiruvchidir. Ba`zi 2 olimlar dalilni haqiqat sinonimidir, deb tushuntiradilar. Bu kategoriyalar o`zaro yaqin bo`lsalarda, ular turlicha vazifalarni bajaradilar.
Dalil turlari.
Javob: Dalil turlari. Dalilning quyidagi turlari mavjud:
1. Haqiqiy dalil.
2. Yolg’on dalil.
3. To`liq dalil.
4. To`liq bo`lmagan dalil.
5. Taxminiy dalil.
6. Isbotlanmaydigan dalil.
7. Isbotlangan dalil.
8. Ilmiy dalil va boshqalar.
Dalil turlari voqeilikdagi narsa va hodisalarning xarakteridan kelib chiqadi. Dalil alohida-alohida olingan narsa va hodisalarni o`zida aks ettiradi.
Dalil subyekt va obyektning faolligi natijasi sifatida.
Javob: Ilmiy ijod jarayoni subyekt (ega) va obyekt (narsa) faoliyatiga bog’liq. Subyekt va obyekt dalilning ikki qanotidir. Subyekt va obyekt ham falsafiy kategoriyalardir. Subyekt - bu obyektiv olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish va ularni nisbatan o`zgartirishga ta`sir etadigan faoliyat egasidir. Obyekt - bu subyektning izlanish manbai bo`lib, subyektga bilim beradigan voqeilikdir.
Dalilning ilmiy tadqiqotdagi o`rni va ahamiyati.
Javob: Jamiyatdagi ba`zi muammolar ayrim ijtimoiy- gumanitar fanlarda, dalillarga asoslanadi. Mantiqiy dalillar haqiqatga yaqin dalillardir. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mafkuramiz haqida fikr yuritganda quyidagi muhim jarayonlarni ta`kidlaydi: "... jamiyatimiz mafkurasi, odamlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning ma`no-mazmunini belgilab beradi. Jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib berish, o’quvchilarimiz, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo`nda qilib tushuntirib berish va ularni yangi hayotiy, zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurilishining faol va jo`shqin ishtirokchilariga aylantirish-hozirgi kunning eng dolzarb vazifalari qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |