1869 yilda Dmitriy Ivanovich Mendeleev tomonidan kashf qilingan “Kimyoviy elementlarning davriy sistemasi” ( bu g‘oya uning tushiga kirgan).
Eramizdan avvalgi 1550 yilda temirni eritish texnologiyasi;
Tranzistor (1948 yilda amerikalik olimlar Uilyam SHokli, Dj.Bardin va Uolter Brattey tomonidan kashf qilingan);
SHisha (eramizdan avvalgi 2200 yilda markaziy O‘rta er dengizi bo‘ylarida kashf qilingan);
Mikroskop (XYII asr gollandiyalik tabiatshunos olim Antoni van Levenguk tomonilan kashf qilingan; lupa bilan kifoyalanmasdan u bitni o‘rganish uchun uskuna yaratadi va so‘ng suvni o‘rganib dahshatga tushadi, va bir umr choy va vino ichgan);
Sementning kashf qilinishi va undan XVIII asrda qurilish ishlarida foydalanish boshlanishi inqilobiy hodisa bo‘lgan.
Po‘lat eramizdan avvalgi 300 yil ilgari Hindistonda kashf qilingan(po‘lat pushkalar, o‘q yoy).
Mis ishlab chiqarish - eramizdan avvalgi 3 ming yil ilgari kashf qilingan. (Dastlab u mis konlarini topish orqali, so‘ngra 5 ming yil ilgari Kichik Osiyoda uni minerallardan olishni o‘rgangan.
Rentgen nurlarining kristallar bilan difraksiyasi (1912 yilda Maks fon Laue tomonidan kashf qilingan va bu yadro fizikasining rivojlanishidagi muhim qadam bo‘ldi);
Po‘lat va cho‘yan eritish uchun mo‘ljallangan konventor XIX asrda ingliz muxandisi Genri Bessemer (1813-1898) tomonidan kashf qilingan.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, ilmiy kashfiyot paytida va yangi bilimlar olishda emotsiyalarning roli kattadir. CHunki olimlar o‘z ilmiy-ijodiy izlanishlari haqida bahs yuritgan paytda yangi topgan dalillari haqida hayajon bilan mulohaza qiladi, suyunadi, hayratlanadi, qo‘rqadi, eziladi, iztirob chekadi va mungli holatga tushadi , boshqalarga himmat ko‘rsatadi yoki xunob bo‘ladi, loqayd bo‘ladi105. YAxshi yoki yomon kayfiyatda bo‘ladi, ijod «to‘lg‘oqlari» bilan qiynaladi. Bu va bunga o‘xshagan boshqa baholash, qadrlash holatlari ilmiy faoliyatning konkret tarkibini aks ettiradi. Bulardan ma’lum bo‘ladiki, ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lish shakllari o‘z mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifasiga ko‘ra farqlanadi.
Ixtiro muayyan kashfiyot doirasida sodir bo‘lib innovatsiya darajasigacha o‘sib chiqishi mumkin. “Innovatsiya” tushunchasining mazmunini yanada teranroq anglash uchun uni “o‘zgarish” tushunchasi bilan ham qiyosiy tahlil qilish maqsadga muvofiq. SHu o‘rinda, Y.SHumpeter tomonidan innovatsiyaning mazmunini o‘zgarishlar orqali aniqlash an’anasi joriy etilgani va zamonaviy ilmiy adabiyotlarda bunday talqin tez-tez uchrab turishini ta’kidlash joiz.
Xususan, innovatsion muammoning mashhur tadqiqotchisi La Perre innovatsiyani dastlabki holatning yangi holatga o‘tishi vositasida xo‘jalik organizmi ichki strukturasidagi har qanday o‘zgarish sifatida talqin etgan106.
Innovatsiyaning turli ta’riflarining tahliliga tayangan holda S.D.Ilenkova “innovatsiyaning o‘ziga xos mazmunini hamda innovatsion faoliyatning asosiy funksiyasini o‘zgarishlar tashkil etadi”107, - deb yozadi.
Bu erda biz innovatsiyaning o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi ta’rifning unchalik to‘g‘ri emasligi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Zero, agarda innovatsiya faqat sifat jihatdan ijobiy, boshqariladigan, ongli, mahsulli o‘zgarishlar ma’nosida talqin etilsa, u holda “o‘zgarish” tushunchasi shu turda bo‘lgan yanada kengroq spektrdagi hodisalarni anglatishi mumkin. Ularni ham biz o‘zgarishlar deb atashimiz mumkin, biroq innovatsiya deb emas. SHu ma’noda, o‘zgarish innovatsiyaga nisbatan o‘zaro taqqoslab bo‘lmaydigan tushuncha ekani ma’lum bo‘ladi.
Ayni paytda, innovatsiya va innovatsion faoliyatning asosiy funksiyalaridan biri – o‘zgarishlar ekanini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Biroq bu holatda ham o‘zgarishlar deganda, birinchidan, ijobiy o‘zgarishlar nazarda tutilishi zarur. Bu borada B.Santo: “innovatsiya – bu, tashkillashuvning moddiy va nomoddiy elementlarining maqsadga yo‘naltirilgan har qanday ijobiy o‘zgarishlaridir, ya’ni bunday o‘zgarish rivojlanish va tashkillashuvning o‘sishiga xizmat qiladi”108, - deb yozadi. Ikkinchidan, o‘zgarishlar innovatsiyaning o‘ziga emas, balki uning atributiv sifatlariga xos bo‘lishi zarur. SHu o‘rinda, I.Bestujev-Ladaning: “yangilikni joriy etish – bu, boshqaruv qarorining shunday shakliki, u muayyan jarayon, hodisaning (texnik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy) sezilarli darajada o‘zgarishini anglatadi”109.
SHuning bilan birga, innovatsiya kiritadigan bevosita o‘zgarish va oqibatda paydo bo‘ladigan, ya’ni ilk holatdan keltirib chiqariladigan va innovatsiya qo‘llanilayotgan sohaga taalluqli bo‘lmasligi va doim ham ijobiy xarakter kasb etmasligi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni farqlash zarur. Bizningcha, “o‘zgarish” va “yangilik kiritish” tushunchalarining o‘zaro uzviy aloqadorligi to‘g‘risida gapirish to‘g‘ri bo‘ladi. Zero, yuqorida ta’kidlanganidek, qator tadqiqotlarda innovatsiya va yangilik kiritish sinonimlar sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq bu holatda ham yangilik kiritish “o‘zgarish”ga bo‘ysundirilgan tushuncha hisoblanadi. Masalan, X.Barnett yangilik kiritishni madaniy o‘zgarish jarayonlarining asosiy mexanizmi sifatida talqin etgan edi110.
A.I.Prigojin fikricha esa, “yangilik kiritish maxsus mexanizm sifatida ko‘plab aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgarishlarda o‘z o‘rniga ega”111. SHunday qilib, innovatsiya tushunchasining genezisi va uning zamonaviy adabiyotlardagi ta’riflarining tahlili innovatsiyani kulturologik diskursda madaniyatga tashqi omillarni kiritish va uning tarkibida yangilikni qaror toptirish mexanizmi sifatida yuzaga kelib XXI asrda texnik-iqtisodiy muammolar doirasida yangilikni ob’ektivlashtirish, madaniyat ichki salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan mexanizm sifatida ta’kidlash imkonini beradi.
Innovatsiyaning “ixtiro”, “kashfiyot” tushunchalari bilan o‘zaro munosabatining semantik tahlili uning kreativ-nazariy jihatini aks ettirsa, innovatsiyaning yangilik kiritish bilan o‘zaro munosabatining shunday tahlili – predmetli-amaliy xarakterini, uning “o‘zgarish” va “yangilik” tushunchalariga tatbiq etilishi esa, innovatsiya kategorial mazmunining yo‘nalganligini ochib beradi. SHunga muvofiq tarzda, innovatsiyaning asosiy funksiyasi madaniy muhitda ijobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarish va unda keng aks-sado topishda namoyon bo‘ladigan sub’ekt kreativ-nazariy va predmetli-amaliy faoliyatining birligi sifatida ta’riflash maqsadga muvofiqdir.
Tahlil XX asr ilmiy diskursida innovatsiya fenomenini tadqiq etish texnik-iqtisodiy kontekst doirasidan tashqariga chiqmaganini ko‘rsatadi. Xususan, bunga muvofiq innovatsiyani ishlab chiqarish strukturasida iqtisodiy foyda keltiruvchi texnologik yangilik sifatida tushunish keng tarqalgan. SHuning uchun, ilmiy muhitda texnik-iqtisodiy paradigma tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu tushuncha “imtiyozi nafaqat mahsulotlar va tizimlarning yangi diapazonida, balki ko‘proq ishlab chiqarishga jalb etish mumkin bo‘lgan mablag‘larning nisbiy strukturasidan izlanishi kerak bo‘lgan o‘zaro aloqador texnik, tashkiliy va menedjerlik innovatsiyalar to‘plami”112ni anglatadi.
Bugungi kunda internet so‘rovnoma natijalariga ko‘ra dunyoning eng mashhur ixtirolari qo‘yidagilar deb belgilangan.
1. Birinchi noyob ixtiro olov. Insoniyat tarixida birinchi noyob ixtiro sifatida o‘zining isitish, yoritish, pishirish bilan bog‘liq xossalarga ega bo‘lganligi uchun “olov” tan olingan. Odamlar olovning isitish, yoritish, o‘simlik va hayvonlardan tayyorlangan ovqatga o‘zgacha ta’m berishini nihoyatda erta aniqlaganlar. O‘rmon yong‘inlari yoki vulqon to‘lqinlari natijasida paydo bo‘lib, odamzodni dahshatga solgan yovvoyi olovni inson g‘orga olib kirgan va uni o‘ziga xizmat qildirgan. SHu darvdan boshlab olov insonning doimiy hamrohiga aylangan. Uzoq yillar davomida inson tabiiy olovdan uy xo‘jaligida foydalangan keyinchalik inson daraxt o‘ymakorligi bilan shug‘ullanish jarayonida tasodifan ikkita shoxchaning uchini bir biri bilan ishqalantirishi natijasida olovni yaratgan.
2. G‘ildirak va arava. Insoniyat dastlab u yoki bu og‘ir jismni joydan joyga ko‘chirishda ularning tagiga daraxt shoxini qo‘ygan (balki o‘shandayoq aylanuvchi jism xossalari ixtiro qilingandir). Darhaqiqat, daraxt shoxasi u yoki bu sababga ko‘ra markazda ingichkaroq bo‘ladi, u og‘ir yuk tagida tekis harakatlangan. Buni sezgan inson keyinchalik daraxt shoxasi markazini maxsus ingichkalashtirgan. Qadimgi odamning bu ixtirosi yangi avlod ustalari tomonidan takomillashtirilgan va g‘ildirak ixtiro qilingan. G‘ildirak dastlab yog‘ochdan yasalgan, temirning ixtiro qilinishi g‘ildirak va aravadan foydalanishdagi noqulayliklarga yakun yasagan. Bu texnika taraqqiyotidagi muhim dalil qadam bo‘lgan.
3. YOzuv- insoniyat tarixini o‘rganish, saqlash va qayta ishlashda muhim vo’qelikdir. YOzuvning dastlabki belgilar shakli eramizdan oldingi 4 ming ilgari paydo bo‘lgan(yig‘ilgan shox –shabbalar gulxan tutuni, o‘q yoy). Keyinchalik, ma’lumotni etkazish bilan bog‘liq bu sodda usullar takomillashgan. Masalan, Qadimgi Inklar sugunchalar yordamidagi yozuvni ixtiro qilgan. Buning uchun turli rangdagi inklardan foydalanilib, ular bir-biriga bog‘langan va shoxchaga ulashgan. SHu tarzda “xat” manziliga jo‘natilgan. Inklar shu yo‘sinda qonunlarni, she’rlarni va muhim voqeallarni qayd qilganlar. Biroq, haqiqiy yozuv alohida grafik belgilar tarzida ma’lumotni etkazish usuli piktogrammadir. Piktogramma bu narsa voqea va xodisalarni rasmlarda ifodalashdir.
Tosh asrining so‘ngi davrida piktogramma turli halqlarda keng tarqalgan. Piktogrammaning takomillashuvi natijasida muayyan tushunchani o‘zida ifodalovchi shartli belgilar paydo bo‘lgan.(masalan, qo‘lning qovushtirilishi almashish belgisi). Bunday belgilar ideogrammalardir. YOzuvning navbatdagi muhim bosqichi ireoglifli yozuvdir. Dastlab, u Qadimgi Misrda paydo bo‘lgan keyinchalik ierogliflardan uzoq SHarqda, Xitoy, YAponiya va Koreyada foydalanilgan. YOzuvni o‘rganish uchun bir-nechta ming belgilarni eslab qolish talab qilingan shuning uchun kam sonli qadimgi odamlar yozish va o‘qishni bilganlar.
Miloddan avvalgi 2 ming ilgari finikiylar harfli tovushli alfavitni ixtiro qilganlar va bu boshqa halqlar alfaviti uchun namuna hisoblangan. Finikiylar alfaviti har biri alohida tovushni ifodalovchi 22 ta unli tovushdan iborat bo‘lgan. Keyingi 4-5 ta eng mashhur alfavitlar finikiy alfavitidan paydo bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |