Ilmiy tadqiqot metodologiyasi



Download 305,59 Kb.
bet1/84
Sana03.02.2022
Hajmi305,59 Kb.
#428145
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
маъруза матни


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI

ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI
FANIDAN
TAYanCH MA’RUZALAR MATNI

Qarshi-2020

1-mavzu: Fan ijtimoiy-madaniy hodisa. Fanlarning tasnifi.

Reja:
1.Fan tushunchasining mohiyati.
2.Fan – bilim, faoliyat va ijtimoiy institut sifatida.
3.Fanning funksiyalari,qonuniyatlari va tasnifi.
4.Bilim ilmiyligi mezonlari tasnifi.
5. Fanlarning tasnifi.
6.O‘zbekistonda olimlar ilmiy faoliyatini tashkil qilishga yo‘naltirilgan chora tadbirlar va ularning ijrosi.

Fan tushunchasining tahlili. Fan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida insoniyatning kundalik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo‘ldi. Xususan, Qadimgi Misr sivilizatsiyasida kohinlar bilan uzviy bog‘liq davlat hokimiyatining murakkab tuzilishi paydo bo‘lgan. Bu davrdagi bilim darajasiga ko‘ra, ilm etakchilari-kohinlar faoliyati keng tarqalgan. Bilim diniy mistik shaklda bo‘lib, muqaddas kitoblarni o‘qiy oladigan barcha kohinlar uchun tushunarli bo‘lgan. Kohinlar matematika, kimyo, tibbiyot, psixologiya, farmakologiya sohalaridagi bilimlarni egallaganlar, shuningdek, ular gipnoz bilan ham juda yaxshi tanish bo‘lganlar. Mohirona mo‘miyolash qadimgi misrliklarning kimyo, jarrohlik, fizika fanlari sohasida yutuqlarga ega ekanliklaridan dalolat beradi. Ular irridodiagnostikaga asos solganlar.
Qadimgi odamlar suvga yaqin bo‘lish uchun daryo bo‘ylarida joylashganlar, biroq bu daryo toshqinlari xavfini tug‘dirgan. SHuning uchun ularda tabiat hodisalarini muntazam kuzatishga zarurat tug‘ilgan, bu esa, o‘z navbatida, tabiat va inson orasidagi aloqadorlikning o‘rnatilishiga imkoniyat bergan, kalendarning yaratilishiga va Quyoshning siklik tarzda tutilishi va h.k. aniqlashga olib kelgan.
Har qanday xo‘jalik faoliyati hisob-kitob bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun matematika sohasida katta bilim egallangan: maydonni o‘lchash, etishtirilgan mahsulot hisobi, soliq to‘lash hisobidan proporsional foydalanilgan, moddiy ne’matlar hisob-kitobi ijtimoiy va professional talabga qarab proporsional olib borilgan. Amaliyotda qo‘llash uchun tayyor echimli turli jadvallar yaratilgan. Qadimgi misrliklar faqat bevosita xo‘jalikda zarur bo‘lgan matematik hisob-kitoblar bilan shug‘ullanganlar-u, biroq ilmiy bilimning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan nazariya yaratish bilan hech qachon shug‘ullanmaganlar.
SHumerliklar kulolchilik doirasini, bronza, g‘ildirak, rangli shishani kashf qildilar, yilning 365 kun 6 soat 15 daqiqa 41 soniya ekanligini hisoblaganlar (ma’lumot uchun: hozirgi davrda bir yil 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniyadan iborat).
SHumer va boshqa qadimgi Mesopatamiya sivilizatsiyasidagi dunyoni anglashning xususiyati evropaliklardan tubdan farq qiluvchi tafakkur uslubi bilan bog‘liq: ya’ni, unda olam ratsional asosda (oqilona) o‘rganilmagan, muammolar nazariy hal qilinmagan, balki ko‘p hollarda hodisalarni izohlashda kishilar hayotidagi analogiyalardan foydalanilgan.
Fan tarixini o‘rganuvchilarning aksariyati dastlabki ilmiy bilimlarning asosi mif (afsona) deb hisoblaydilar. Unda, turli predmet, hodisa va voqealarni mujassamlashtirish hollari uchraydi (Quyosh, oltin, suv, sut, qon). Narsalarni bir-biri bilan mujassamlashtirish uchun esa ularning «muhim belgilar»ini aniqlash, shuningdek bu belgilar orqali turli predmetlarni solishtirishni o‘rganish zarur bo‘lib, u kelgusi bilimlarning shakllanishida muhim rol o‘ynagan.
Xususiy ilmiy bilim va metodlarning shakllanishi Qadimgi YUnonistonda ro‘y bergan madaniy to‘ntarish bilan bog‘lanadi. Xo‘sh, bunday madaniy to‘ntarishning sababi nimada?
Fan, falsafa, san’at rivojlanishi mumkin bo‘lgan an’anaviy jamiyatdan, noan’anaviy jamiyatga o‘tish o‘rganilar ekan, an’anaviy jamiyatda madaniyatning shaxsiy va professional tarzda olib borilishi xos. Bu tipdagi jamiyat mehnat qurollarini mukammallashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash yoki hunarning ko‘payishi hisobiga rivojlanishi mumkin. Bunday holda avloddan avlodga etkaziladigan bilimlarning hajmi va sifati ixtisoslikka tayanib ko‘payadi. Ammo bunday jarayonda fan paydo bo‘la olmaydi, chunki u hech narsaga suyana olmaydi. Bundan tashqari, bunday jamiyatda mahsulot sifatini yaxshilamasdan turli hunarmandlarni qovushtirish ham mumkin emas edi. Unda an’anaviy jamiyatni parchalanishiga ixtisoslik orqali rivojlanish jarayonining tugashiga nima sabab bo‘ldi? Bunday sabab qaroqchi kemalar bo‘lgan. Qirg‘oq bo‘yida yashovchi aholi uchun doimo dengiz tomonidan xavf bo‘lgan. SHuning uchun inson kulol, duradgor, hunarmand bo‘lishi bilan birga, albatta harbiy ham bo‘lishi kerak bo‘lgan. Kemadagi qaroqchilarning o‘zi ham aslida kulol va duradgorlar bo‘lgan. Aynan, shu sabablarga ko‘ra, kasb-hunarni muvofiqlashtirish zarurati tug‘ilgan. O‘zini himoya qilish va hujum qilish faqat birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan. SHu bois, professional differensiallashgan an’anaviy jamiyatni halokatga uchratuvchi integratsiyaga zarurat tug‘ilgan. Bu esa «so‘z»ning va unga itoat qilishning rolini oshirgan (ba’zilar masalani hal qilsa, boshqalari bajargan), natijada jamiyat hayotida qonun (nomus)ning roli oshgan, hamma uning oldida barobar hisoblangan. Qonun barcha uchun bilim sifatida ham namoyon bo‘lgan. Qonunlarni tizimlashtirish, ulardagi ziddiyatlarni bartaraf qilish mantiqqa tayanadigan ratsional faoliyat natijasidir.
Ba’zi konsepsiyalarda qadimgi yunonlarning siyosiy-tabiiy, ijtimoiy va boshqa omillar bilan bog‘liq ijtimoiy psixologiyasining xususiyatlariga e’tibor qaratiladi.
Miloddan avvalgi V asrlarda yunon jamiyati hayotida kiborlar tizimi qadriyatlarini tanqid qiluvchi tendensiyalar kuchaygan. Bu davrda sotsiumda garchi ular faoliyati dastlab deyarli foydasiz bo‘lsada, individiumlarning ijodi rag‘batlantirilgan. Bahs qiluvchilarning kundalik muammolariga hech qanday aloqasi bo‘lmagan muammolar bo‘yicha ommaviy bahslarga hayrihoxlik qilingan. Bu esa ilmiy bilishning asosiy mezonlaridan biri – tanqidiy tafakkur rivojlanishiga sharoit yaratgan. SHarqda amaliy xo‘jalik ehtiyojlariga kerak bo‘ladigan hisob texnikasi shiddat bilan rivojlanayotgan rivojlangan bir davrda, YUnonistonda «isbotlovchi fan» shakllana boshlagan.
Hozirgi kunda fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bilim sifatida fan atrof borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan. Bilimning noilmiy va ilmiy kabi turlari farqlanadi. Noilmiy bilim kundalik amaliyot, ijtimoiy madaniy munosabatlar va jarayonlar ta’sirida shakllanadi va ilmiy bilimlar shakllanishida muhim ahamiyat kasb qiladi. Noilmiy bilim shakllari: kundalik bilim, o‘yin shaklidagi bilim, mifologik bilim, diniy bilim, shaxsiy bilim, ijtimoiy bilim, kvaziilmiy bilim, psevdobilim, paranormal bilim, okkult bilim, spiritik bilim va shu kabilardir. (O‘qituvchi barcha bilim shakllarini ta’riflashi maqsadga muvofiq).
Faoliyat sifatida fan maqsadlarni belgilash, qarorlar qabul qilish, yo‘l tanlash, o‘z manfaatlarini ko‘zlash, mas’uliyatni tan olishda namoyon bo‘ladi. Noilmiy va ilmiy faoliyat turlari farqlanadi. Noilmiy faoliyat: kundalik-amaliy faoliyat, o‘yin shaklidagi faoliyat, moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ishlab chiqarish kabilarda namoyon bo‘lib, unda ilmiylik mezonlariga amal qilinmaydi. V.I.Vernadskiy fanning faoliyat sifatidagi talqinini alohida qayd etgan edi: «Fanning mazmuni ilmiy nazariyalar, gipotezalar, modellar bo‘lib, u yaratuvchi dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning negizi asosan ilmiy omillar va ularning empirik xulosalaridan tashkil topadi, tirik odamlarning ilmiy ishi uning asosiy jonli mazmunini tashkil etadi»1.
Ilmiy faoliyat sifatidagi fan ob’ektivlik, aniqlik, haqiqiylik mezonlariga javob beruvchi ilmiy bilimlar tizimi sifatida amal qiladi va mafkuraviy va siyosiy yo‘nalishlarga nisbatan betaraf bo‘lishga harakat qiladi. Olimlar o‘z umrini baxsh etuvchi haqiqat yo‘lidagi izlanishlar hamma narsadan ustun turishi, fanning bosh omili va asosiy boyligi hisoblanadi.
Fanning uchinchi-institutsional talqini uning ijtimoiy tabiatiga urg‘u beradi va uning borlig‘ini ijtimoiy ong shakli sifatida moddiylashtiradi. Umuman olganda, fanning institutsional ko‘rinishi bilan ijtimoiy ongning boshqa shakllari: din, siyosat, huquq, mafkura, san’at va hokazolar ham bog‘liq.

Download 305,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish