Ilmiy tadqiqot metadologiyasi



Download 2,96 Mb.
bet73/147
Sana31.12.2021
Hajmi2,96 Mb.
#223322
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   147
Bog'liq
2 5308033983865424541

Yaxlitlik tamoyili - tadqiq qilinayotgan obyektlarning alohida yaxlit xossalarini boshqa obyektlar (yaxlitliklar va sh.k.) bilan о ‘zaro aloqada bilish. Sodda qilib aytganda, butun narsa uning tarkibiy qismlari yig‘indisidan katta. Aniqrog‘i, har qanday tizim, yaxlitlikda tarkibiy qismlar, unsurlaming jami xossalariga bog‘lab (reduksiyalab) bo‘lmaydigan xossalar bo‘ladi. Masalan, molekulalaming xossalari ularning tarkibidagi atomlaming xossalari bilangina cheklanmaydi; tirik hujayralarning xossalari ulaming tarkibidagi molekulalar va organoid- laming xossalari bilangina cheklanmaydi; populyatsiyalaming xossalari o‘z tarkibiga kiruvchi mavjudotlaming xossalari bilangina cheklan­maydi; til xossalari uni tashkil etuvchi leksik birliklar, grammatika qoidalari, semiotik tafsilotlaming xossalari bilangina cheklanmaydi.

Kontrreduksiya tamoyilida oliy immanent «metayaxlit» xossa- larning mavjudligi va mazkur tizim yaxlitligini yanada yuksak darajada uyushgan tizimning tarkibiy qismi, unsuri sifatida gnoseologik nuqtai nazardan tadqiq qilish mumkinligini e'tirof etiladi. Bu yerda aynan immanent, ya’ni mazkur yaxlitlikka awaldan xos bo'lgan xossalar to‘g‘risida so‘z yuritilayotganligi maxsus qayd etiladi. Kontrreduksiya tamoyili elementar zarralardan tortib to ijtimoiy-tabiiy tizimlargacha bo'lgan barcha tabiiy obyektlarga, shu jumladan, tabiiy tilga nisbatan amal qiladi.

Xullas, kontrreduksiya tamoyili deganda obyekt (yaxlitlik, tizim)lami nisbatan yuksak darajada uyushgan tizimlaming tarkibiy qismlari sifatida, shu jumladan, tadrijiy rivojlanayotgan tabiiy tizimlaming tarkibiy qismlari sifatida tadqiq qilish jarayonida mazkur obyektlarning «metayaxlit» xossalarini bilish tushuniladi. Tadqiq qilinayotgan obyektlarga nisbatan kontrreduksiya tamoyilini qo'llash natijasida aniqlangan immanent «metayaxlit» xossalami oliy narsalar va kelajak haqidagi immanent «xotira» deb nomlash ham mumkin.

Kontrreduksiya tamoyili «butunning xossalari uning tarkibiy qismlari xossalarining yig'indisidan katta», degan ma’lum qoidaga asoslanibgina qolmasdan, tabiiy tuzilmalar (yaxlitlikiar)ning oliy (metayaxlit) xossalarini ajratadi. Muayyan obyektning aniqlangan yaxlit xossalari, agar ular tarkibiy qismlarning xossalariga bog'liq bo'lmasa, «metayaxlit xossalar» bo'lmasligi mumkin.

Sistemali yondashuv - umumilmiy bilimning tarmoqlangan sohasi bo ‘lib, uning predmetiga reduksiya, yaxlitlik va kontrreduksiyaningmetodologik muammolari ham kiradi. Bu o‘rinda shuni qayd etib o‘tish kerakki, reduksiya, yaxlitlik va kontrreduksiya tamoyillari ayni bir obyektni har xil darajada ko‘rish imkonini beradi. Bunda aniqlangan xossalarga, agar obyekt rivojlanayotgan Olamning yagona tizimiga qo‘shilgan yaxlitlik sifatida to‘Iiq tavsiflangan bo‘lsa, to‘Idiruvchanlik tamoyili nuqtai nazaridan qarash lozim.


Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish