Verifikatsiya tamoyili - mohiyat-e ’tibori bilan formal mantiqni yetarli asoslash tamoyilining о ‘xshashi. Uning asosiy mazmuni juda sodda-ilmiy bilim tizimiga kiritiladigan qoidalar asosiangan bo‘ lishi kerak. Ammo haqiqiy yoki asosiangan ilmiy bilimning umum e’tirof etilgan mezonlarini tanlash muammosi haqida bunday deyish mushkul. Afsuski, bu yerda olimlar o‘rtasida yakdillik yo‘q. Mantiqiy pozitivizmda har qanday bilimni eng sodda atomar empirik mulohazalar, qaydlarga bog‘lash orqali empirik asoslash imkoniyati mana shunday mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |