Ilmiy tadqiqot metadologiyasi


Muayyan ilmiy bilimdagi barcha ikkilamchi, noaniq metodologik qoidalar evristika sohasini to'ldiradi



Download 2,96 Mb.
bet68/147
Sana31.12.2021
Hajmi2,96 Mb.
#223322
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   147
Bog'liq
2 5308033983865424541

Muayyan ilmiy bilimdagi barcha ikkilamchi, noaniq metodologik qoidalar evristika sohasini to'ldiradi. Shuning uchun ham evristika ba’zan qayg'urish, ilhomlanish, insayt bilan bog‘lanadi. Metodologik tafakkuming izchil tizimida evristikaga ko‘pincha yetarli darajada anglab bo‘lmaydigan, ammo izlash va topish salohiyati katta bo‘lgan soha deb qaraladi. Formal mantiqiy metodlar evristik metodlarga qarama-qarshi qo‘yiladi. Barcha mumkin bo‘lgan hollarda evristikadan bilim mazmunini kengaytirish, ilgari ma’lum bo‘lmagan yangilikni yaratish kutiladi.Ko‘pincha «evristika» tushunchasini tafakkurga bgg‘lab, «evristik tafakkur» tarzida qo‘lIaniladi. Aytish mumkinki, bunday hollarning barchasida tafakkurning yaratuvchi funksiyasi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. G‘arb falsafasida evristik tafakkumi tushuntirishga harakat qiluvchi nazariyalaming uch turkumi farqlanadi: «tinch oqar suv» yoki o‘rtacha hisobga keltirilgan mehnat nazariyasi; blitskrig yoki insayt nazariyasi; yaxshi qopqon yoki oqilona metodologik qoida nazariyasi.

Evristika metodologiyaning bo‘limi sifatida hali rasman e’tirof etilgani yo‘q. Ammo o‘z-o‘zidan ayonki, ilmiy bilimning har bir sohasida u eng tez, samarali va o‘ziga xos yechim topishning strategi- yasi hisoblanadi, evristik usul va qoidalar noan’anaviy yo‘llami izlash, ulardan foydalanishga turtki beradi. Evristika fanlararo xususiyatga egaligi mazkur sohaning о‘ziga xos belgisidir. Ammo evristik xususiyat fan ichidagi bilimda ham mavjud. Evristik sezgi ilmiy izlanishning deyarli har bir qadamiga hamroh bo‘ladi. Reduksiya, metodlarini o‘zlashtirish, gumanitar va texnika fanlarining usullarini birlashtirish, muayyan ilmiy ishlovlami amalga tatbiq etishni tanlash, hal qiluvchi eksperimentning o‘zi ma’lum darajada evristik farazlarga asoslanadi. Evristika ilmiy va noilmiy bilim, oqilonalik va nooqilonalik o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. U xulq-atvor taktikasini tanlashga va rivojlanish jarayonida to‘g‘ri yo‘l topishga ko‘maklashadi. Ilmiy tavakkalchilik mezoni sifatida evristika ilmiy bilimni rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida hamisha olqishlangan, dunyoning postnoklassik manzarasida esa nazariyaning evristik xususiyati bilim berish jarayonini o‘zgartirish, uni ijodiy, muammoli, o‘yin tarzida o‘tkazish imkonini beradigan ilmiy bilim mezoni darajasiga ko‘tarildi.

Evristika sirlariga yaqinlashishga bo'lgan eng so ‘nggi urinishlardan A.F.Osbornning «miyaga hujumimi qayd etish mumkin. Unda kashfiyotchilikning о ‘rindoshlik, о ‘tkazish, birlashtirish va ajratish bilan bog‘liq an’anaviy usullari bilan bir qatorda, xayolni rag'batlantiruvchi usullar: tig'iz muddatlar tizimi, muammoni tanqidsiz vaziyatda erkin muhokama qilish, tortishuvlik muhitini yaratish, shuningdek, hazil taxminlar qilish qayd etiladi. Ammo evristika yo‘nalishining vakili D. Poyya ilgari surgan ijodning (yoki muammolarni samarali hal qilishning) muqarrar tarzda amal qiladigan qoidalarini ishlab chiqish amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifa, degan g‘oyasi yanada an’anaviyroq hisoblanadi.

Darhaqiqat, evristika o‘ziga xos metodologiya, ya’ni ijodiy faoliyat metodlarining majmui sifatida ma’lum talablar qo‘yadi:

u oddiy tanlash usullariga emas, balki muammoni hal qilish vaqtini qisqartirish imkonini beradigan usullarga tayanadi;

qo‘llaniluvchi usullar an’anaviy qabul qilingan va eskirgan usullardan jiddiy farq qilishi mumkin;

usullardan foydalanishga tadqiqot ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan tashqi cheklashlar qarshilik ko‘rsatadi;

izlanish modellari jiddiy darajada individuallashtirilgan bo‘lib, bilish subyektining ruhiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.

4. Asosiy metodologik tamoyillar. Metodologik tamoyillar yangini bilishga aniq yo‘l ko‘rsatib bera olmaydi. Bu nuqtai nazardan ular ancha mavhumdir. Ammo evristik ta’limotlardan farqli o‘laroq, metodologik tamoyillarni aniq, izchil shaklda ta’riflab berish mumkin. Bilishning mazkur yondashuvlari tamoyillar tarzida ta’riflangunga qadar ham qadim-qadimlardan qo‘llanilib kelingan, ammo ularni refleksiya qilish, muayyanlashtirish, ulaming amal qilish sohalarini mufassal tahlil qilish asosan XX asr metodologiyasida amalga oshirildi.



Har bir tamoyil yuzasidan shu qadar ko‘p adabiyotlar borki, ulami bir yerga to‘plasa, tog‘ hosil bo‘ladi. Ammo ulami o‘qish mazkur tamoyillaming muxtasar tavsifiga taqqoslaganda tadqiqotchiga juda kam metodologik ma’lumotni beradi. Mufassal tadqiqotlar professional metodologlarga o‘z qarashlarini muayyanlashtirish va himoya qilishlari uchun foydalidir.

Muvofiqlik tamoyili. Ilmiy bilishning mazkur sohasidagi bilimlarni yangi tamoyillar (g'oyalar, konsepsiyalar, nazariyalar) asosida tizimga solish bu sohadagi «eski» bilimni ushbu tizimning unsuri sifatida (xususiy hodisa, eng so'nggi hodisa sifatida va sh.k.) o'z ichiga olishi lozim. Masalan, relyativistik mexanika jismlar past tezlikda harakatlanganida Nyutonning klassik mexanikasiga о ‘tadi.

Ilmiy bilish metodologiyasida muvofiqlik tamoyilining shakllanishi odatda N. Bor nomi bilan bog‘lanadi. Vaholanki, muvofiqlik tamoyili g‘oyalari turli shakllarda undan oldin ham ilgari surilgan. Adabiyotlarda, jumladan, shunday deb ko‘rsatiladi: «Nils Bor 1913-yilda mashhur «muvofiqlik tamoyili»ni ta’riflab berdi. Mazkur tamoyil nurlanishning klassik nazariyasi bilan kvant nazariyasi o‘rtasida qonuniy munosabat o‘matdi. U atom nazariyasining rivojlanishida shu qadar muhim rol o‘ynadiki, A. Zommerfeld N. Boming «muvofiqlik tamoyili»ni «sehrli

tayoqcha» deb ta rifladi» 80. Ammo o‘tgan asrga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shunga o‘xshash g‘oyalami Butlerovda ham uchratishimiz mumkin. U, jumladan, shunday deb yozadi: «Kimyoviy energiya va atomlar harakatining tabiatini tushunib yetsak, mexanika qonunlari bu yerda ham amal qila boshlasa, kimyoviy tuzilish haqidagi ta’limot kimyoning eski nazariyalari singari o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Ammo u faqat yo‘qolish uchun emas, balki o‘zgargan shaklda yangi, yanada keng qarashlardan o‘rin olish uchun o‘z ahamiyatini yo'qotadi»81.

Mazkur tamoyil aksariyat hollarda ilmiy va noilmiy bilimni farqlashga ko‘maklashadi.


Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish