Innovatsiya deb yangi ilmiy texnik yutuqlardan samarali foydalanishga aytiladi. Bu holatni ilmiy-ijodiy faoliyatdagi muhitga muvofiqlashtirish, uning samarasini oshirish respublikamizdagi fan imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga katta yordam beradi. Bu jarayonda asosiy e’tibor yosh avlodning eng ratsional faoliyatiga qaratiladi. Chnki innovatsion g‘oyalar jamiyat taraqqiyoti uchun juda kuchli samara beradi. Bunday g‘oyalami rivojlantirishda novatorlikning o‘mi katta. Chunki aynan novatorlik asosida ilmiy-ijodiy faoliyat olib borishning yangi tipik ko‘rinishini shakllantirish mumkin. Bu holat yangi g‘oya, nazariya yoki paradigmada biror xil yangilik ustuvor bo‘lganda sodir bo'ladi. O'z ilmiy yangiliklari asosida novator shu paytgacha mavjud bo‘lgan nazariyalarni tubdan o‘zgartirib yuboradi va asosiy vazifasi esa bunday yangi g‘oyalami amaliy hayotga tatbiq etishdan iborat bo‘ladi. Bunda, u eng avvalo, o‘z ixtirolari yoki yangi g‘oyalarini amalga oshirish uchun barcha to‘siqlami yengib o‘tishga harakat qiladi. Ikkinchidan, o‘zi fanga olib kirgan yangiliklardan boshqa olimlar ham foydalanishlari uchun imkon yaratadi. Uchinchidan, samarasiz ilmiy g‘oyalardan voz kechishga undaydi. To‘rtinchidan, mnovatsion g‘oyalar va shu kungacha mavjud bo‘lgan konstruktiv g‘oyalar bilan mutanosib rivojlanishi mumkinligiga undaydi.
Dastlab adabiyotlarda innovatsiya iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o‘rganilgan. Vaqt o‘tishi bilan innovatsion o‘zgarishlar jamiyat hayoti faoliyatining hamma sohalarida sifat ko‘rsatkichlarini baholashda qo‘llaniladi. Shu bois bu innovatsiyalar faqatgina iqtisodiyotda qo‘llanilishi haqidagi fikr noto‘g‘ri ekanligi asoslandi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida innovatsiyalarning joriy qilinishi zamonaviy yutuqlardan foydalanishga keng imkoniyat yaratadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga innovatsion yondashuv yangi kashfiyotlar mazmuni, tarkibi va tasnifini tekshirish, natijalarini tahlil qilish imkonini beradi.
Innovatsion asosga ega bo'lgan ilmiy-tadqiqot faoliyatda olim o‘zi tadqiq etayotgan obyektning mikrostrukturasini o'rganib olish bilan bir qatorda, unga yangilik kiritish bilan mashg89 ul bo'ladi. Bu holatda yangilik yaratilishi uning ijro etilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Mazkur jarayon fanda ilmiy-ijodiy faoliyatdagi «Yangilik bosqichi» deb ataladi. Evristik asosga ega bo'lgan ilmiy-tadqiqot faoliyatida biron-bir yangi g'oyaning kashf etilishi vaqti alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda g'oyalar mustahkamlanib boradi. Natijada esa, bu yangi g'oyalaming tarqalishi tezlashib, ulaming yangi sohalarga diffiiziyalanib (qo'shilib) ketish hodisasi yuz beradi. «Bunday faoliyatning eng e’tiborli jihati shundan iboratki, unda yangi samarali g‘oya yoki paradigmalaming paydo bo'lishi yoki uning yanada yangi samarasiga o'rin almashishi bilan yakunlanadi»1.