Ilmiy tadqiqot metadologiyasi


Novatsiya yangi ilmiy g‘oyada «eskilik» elementi, ilgari mavjud bo ‘Igan biror narsa borligini ifodalaydi



Download 2,96 Mb.
bet83/147
Sana31.12.2021
Hajmi2,96 Mb.
#223322
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   147
Bog'liq
2 5308033983865424541

Novatsiya yangi ilmiy g‘oyada «eskilik» elementi, ilgari mavjud bo ‘Igan biror narsa borligini ifodalaydi. Shu tariqa yangilik vorisiylikka tayanadi. Bu yangilik ixtiroga teng, ya’ni yana o‘matilgan yangi haqiqat demakdir. Novatsiyada, shuningdek, awalgi mavjud bo‘lgan g‘oya yoki paradigmani yanada takomillashtirib, zamonaga moslashtiriladi. Shunday qilib, novatsiya jamiyat va tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar rang-barangligida anglash oldindan ko‘ra bilish uchun zarur asos va zamin hisoblanadi.

Ilmiy ijodning asosiy maqsadi ham olamdagi narsa va hodisalaming rivojlanish qonunlarini aniqlash, ulardan qaysilarini bilish insonlarga tabiat va ijtimoiy jarayonlami boshqarishda zaruriy bilimlami egallash, ulami shaxsiy ehtiyojlarga mos ravishda o‘zgartirishga qaratilgan. Binobarin, ilmiy-ijodiy faoliyat odamlaming tabiat va ijtimoiy munosabatlar ustidan hukmronlik qilish, noma’lum narsalami kashf etish, ishlab chiqaruvchi kuchlami ko‘paytirish, moddiy va ma’naviy boyliklami yaratishda, eski nazariya va amaliy tajribaga tayanishda namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, fan rivojidagi ilmiy-ijodiy faoliyat, innovatsion va novatsion yondashuvlar katta rol o‘ynaydi. Zero, bugungi kunda fan rivojiga, ilmiy mantiqiy operatsiyalarga g‘oyalar, nazariyalar, qat’iy mulohazalar natijasi sifatida qarash lozim.

Tomas Kun fikricha, «Fan rivoji davriy transformatsiya va ilg‘or tasavvurlar almashinishi orqali ro‘y beradi, ya’ni muvozanatli ravishda ro‘y beruvchi ilmiy inqiloblar orqali, eski paradigmalami yangilarga almashish kabilar o‘zida nafaqat nazariyalar, balki fanda harakatlanishi usullarini mujassamlashtiradi». V.N.Kudryavsev uning fikrini davom ettirib, ilmiy kashfiyot jarayoni dalil, nazariy mulohaza va taxmin darajasini o‘z ichiga qamrab oladi, key in esa eksperiment yoki uning muhokamasiga e’tibor qaratiladi1, deb ta’kidlaydi.

Bizningcha, T.Kun va V.N.Kudryavsev ilmiy-tadqiqot faoliyat natijasi sifatida namoyon bo'ladigan tasodifly yangiliklarga etarli darajada obyektiv baho bermaganlar, ya’ni ular ilmiy inqiloblami chiziqli tafakkur asosida tahlil qilgan, xolos. Vaholanki, bugungi ilmiy inqilob asosida katta sakrash - chiziqli tafakkurdan nochiziqli tafakkurga, klassik fandan noklassik va postnoklassik fanga o‘tish sodir bo‘ldi. Bunday o‘zgarishlar natijasida nazariy mulohaza va ilmiy taxminlarga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi. Chunki shu kungacha nazariy mulohaza va taxmin yagona ilmiy talablarga bo‘ysunardi va o‘ziga xos ilmiy mezonlarga amal qilardi. Posmoklassik fan mahsuli bo‘lgan sinergetikada esa nazariy mulohaza va ilmiy taxminlar bir necha variantlarda namoyon bo‘lishi e’tirof etiladi.

To‘g‘ri innovatsiya yoki novatsiya «biror qiziq voqeaga duch kelsang, uni tadqiq qil, qolganiga qo‘l silta» degan aqidaga suyanib qolmay, an’anaviy qarashlaming turli variantlariga e’tibor qaratadi. Zero, insoniyatning ilmiy-ijodiy faoliyati o‘z mohiyati va metodi bo‘yicha ratsional, shuningdek, o‘zining eng g‘aroyib yutuqlarini faqat miyaning xavfli kutilmagan faoliyati orqali ifodalaydi, ya’ni olim innovatsiya yoki novatsiyalar asosida bilimni evristik seleksiya qiladi va saralaydi. Bu muayyan maqsadga yo'nalgan bo‘ladi. Keyin bu jarayon qayta takrorlanadi va olimga yangi gorizontlami (ufqlami) ko'rishga imkon beradi. Buning natijasida, olim miyasida ilg‘or innovatsion g'oyalar shakllana boshlaydi va kutilmaganda kristallashuvga o‘xshash evristik jarayon ro‘y beradi. Demak, innovatsion ta’sir vositasida olim miyasi muayyan vaqtda o‘zining yangi konsepsiyasining asosiy belgilarini aniqlaydi, matematikada bo‘lgani kabi bu kutilmagan fikr ham maqsadli faoliyat jarayonida emas, balki faoliyatga bog‘liq bo‘lmagan vaqtda ham ro‘y beradi, ya’ni olim miyasi kashfiyot bilan band bo‘lmagan paytda sodir bo‘ladi. Bu davrda ijodiy jarayonga his- tuyg'ular aralashadi. Biroq kutilmagan omadli g'oyaning kashf qilinishi ifodalanishi ijodiy jarayonning oxiri emas, balki boshi hisoblanadi. Chunki olim o‘z g‘oyalarining to‘g‘riligini asoslashi, oqibatlarini aniqlashi, ulami eksperiment natijalari bilan solishtirishi, barcha ehtimoliy imkonlarga javob topishi va nihoyat o‘z kashfiyoti chegaralarini aniqlashi lozim bo‘ladi.

Albatta, ilmiy kashfiyotlarda intuitsiyaning rolini inkor qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham fransuz olimi M.Zaar o‘zining «Ijod yoMlari» nomli kitobida, intuitsiya his-tuyg‘ular ham qodir bo‘lmagan narsaga qodirligini asoslash maqsadida «U narsalar borlig‘ini va ulaming yashirin qiymatini (qadrini) qamraydi, zabt etadi»91 deb ta’kid- laydi. Intuitsiya dunyoqarash, ilmiy gipotezaga yo‘l ochadi. Ilmiy ijodda tasavvur, fantaziya ma’lum rol o‘ynaydi, borliqdagi mavhumlik qismini darrov ko‘rish mumkin bo‘lgan tarzda tasvirlaydi. Ammo tasavvur va intuitsiya aqliy chegarada qo'llaniluvchi, olimlarning ilmiy kashfiyotlar qilishida yordamchi vositalargina bo‘lib qoladi.


Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish