Ilmiy tadqiqotning takomillashuviga ta ’sir ко ‘rsatuvchi nochiziqli tafakkur, ijodning attraktor holati, ijodiy faoliyatdagi bifurkatsion о ‘zgarish hamda fluktuatsion ta ’sirlar masalasi ham e ’tibordan chetda qolgan. Shu nuqtai nazardan, ilmiy tadqiqotning mazkur jihatlariga e’tibor berish uning haligacha ochilmagan qirralarini izlab topishga yordam beradi. Buning uchun awalo ilmiy tadqiqotga daxldor har bir tadqiqotlardagi qo‘llanilgan usul, vosita, texnika va texnologiyalami o‘rinli birlashtirish, fanlararo uzviy uyg‘un tadqiqotlami to‘g‘ri yo‘Iga qo‘yish lozim.
Ilmiy tadqiqotning manbai bo'lgan yangi nazariy bilimlar va texnologiyalar o‘zaro muvofiqlashgan holda ilmiy-metodologik tizimni yuzaga keltiradi. Shu ma’noda, har qanday ijodiy muhitda yangi bilimga ega bo‘lish darajasi cheklangan bo‘lsa, uning faolligi past darajaga tushib qolishini ta’kidlab o‘tishni lozim deb topdik. Bunday ilmiy sayozlashish ilmiy faoliyatdagi dogmalashuvni yoki bo‘rttirilgan ilmiy fundamentalizmni shakllantirish mumkin, ya’ni eski ilmiy andazalarga, me’yorlarga moslashib undan chiqib ketolmaslik haqiqatni bilishdagi konkret dalil va voqelikni aniqlashga to‘sqinlik qiladi. Ilmiy ijodda ushbu yo‘l bilan nafaqat aniq bir ilmiy maqsad to‘g‘ri tanlab olinadi, balki unga etishish uchun bir-biriga adekvat bilimlar ham inkor qilinadi. Oqibatda esa, yangi bilimlarga emas, balki eskilik sarqitlariga suyanib qolish holatlari ko‘p uchraydigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham bunday muammoli holatlarning oldini olishda noan’anaviy yonda- shuvlardan samarali foydalanish dolzarb hisoblanadi.
V.A.Lektorskiy ilmiy-tadqiqot faoliyati masalasining klassik va noklassik epistemologiya doirasida tahlil qilib, inson bilimining о‘sib borishi ko‘proq uning ijodiy faoliyatda qo‘lga kiritgan yangiliklarga bog‘liq ekanligini asoslab beradi92. Biroq bu faoliyatda faqat yangi g‘oyalar emas, balki ulaming vorisiylik tamoyiliga mos keladiganlari ham e’tiborga olinishi kerak. Bu esa ijodiy izlanishlardagi pragmatik kamchiliklami bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
N.Kiryushin ham ijodiy faoliyat masalasining kognitiv-evolyutsion tahliliga e’tibor qaratib, u ko‘proq amaliy xarakter kasb etadigan ijodiy omillaming bosqichma-bosqich o‘zgarishiga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi93.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatini to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yishda insonning yuqori saviyasi tadqiqot jarayonida tez qaror chiqara olishi, bir vaziyatdan ikkinchisiga tez ko‘nika olishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ilm-fan, siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy hayotda ilmiy-ijodiy faoliyat ahamiyatining oshib borishi insonning ilmiy salohiyat darajasini yorqinroq aks ettiradi. Bu esa insonning ijodiy fikrlash darajasi, ruhiy zo‘riqishlardan ozod bo‘lishiga olib keladi. Ma’lumki, XX asrda ilmiy-ijodiy faoliyatning yangi yo‘nalishlari vujudga keldi. Ulaming umumiyligi bir tomondan, antropologik xususiyatida; ikkinchi tomondan - ba’zi hollarda ilmiy boMmagan qarashlar namoyon bo‘ladi.
Ilmiy tadqiqotda qarama-qarshi bo‘lmagan me’yoriy tizimlar yoki ulaming qismlari doirasida farqlanadigan intellektual faoliyatning shakllari muhim rol o'ynaydi va tizimning ijodiy rivojida turli ahamiyat kasb etadi, bundan tashqi me’yoriy faoliyatning ijodiy xarakteri umuman muammoli bo‘lib qoladi. Ilmiy tadqiqotga xos me’yoriy faoliyatning ijodiy xarakteri ko‘rilayotgan holatda shubha uyg'otmaydi, chunki bunda moddiylikning me’yoriy innovatsiyalari hosil boMadi, ya’ni me’yor tadqiqot jarayonida, ilmiy-tadqiqot jarayonida yangi konseptual elementlar yoki yangi ijodiy tizimlami ishlab chiqishiga turtki boiadi. Shakllangan yangi ilmiy g'oya yoki nazariya doirasida umumiy holda faqat me’yoriy faoliyat har doim ijodiy xarakter kasb etadi. Darhaqiqat, reallikda istalgan me’yoriy faoliyat bir vaqtda ham konstruktiv, ham destruktiv bo‘lishi ham mumkin. Destruktivlik ilmiy- ijodiy faoliyat universallik va yaxlitlikni ta’minlaydi, shuningdek, ijobiy faoliyatning muqobillariga nisbatan negativ tanqidiy yondashuvni shakllantiradi. Ilmiy-ijodiy faoliyatning me’yori nostandart ijodiy xatti- harakat bilan shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |