Ilmiy tadqiqot metadologiyasi


Umumilmiy yondashuvlarning muhim roli shundan iboratki



Download 2,96 Mb.
bet61/147
Sana31.12.2021
Hajmi2,96 Mb.
#223322
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147
Bog'liq
2 5308033983865424541

Umumilmiy yondashuvlarning muhim roli shundan iboratki, о ‘zining «oraliq xususiyati»ga ко ‘ra, ular falsafiy va alohida ilmiy bilim (shuningdek, tegishli metod)laming о ‘zaro о ‘tishida vositachilik qiladi. Mazkur metodlar barcha fanlarda qoilanilganligi uchun ham ular umumilmiy metodlar deb ataladi. Ammo ulami fanlarda qo'llashda har bir fan yoki fan sohasining xususiyatlari, tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy hodisalami bilish xususiyatlari e’tiborga olinadi.

Tadqiqotning umumiy mantiqiy metodlari - mantiqiy musho­hada yuritish orqali egallangan bilimlar majmui bo ‘lib ular quyidagilar:

analiz-obyektni amalda yoki fikran tarkibiy qismlarga ajratish;

sintez - qismlardan butunni, xuddi shunday tarzda, qayta birlashtirish. Sintez natijasida mutlaqo yangi obyekt hosil bo'ladi.

Analiz (tahlil qilish faoliyati) jarayonida fikr murakkablikdan oddiylikka, tasodifdan zaruratga qarab, xilma-xillikdan ayniyatga va birlikka qarab harakat qiladi. Analiz qilishning maqsadi qismlami, murakkab butunning unsurlari sifatida bilish va ular o'rtasidagi aloqa va qonuniyatlami aniqlashdan iboratdir. Biroq analiz mohiyatni ajratib qarashga olib keladiki, mavhum holda qolayotgan birlik, xilma- xillikdagi birlik sifatida hali ochilmagan bo‘ladi. Sintez, aksincha, analiz vositasi bilan ajratilgan qismlar, xossalar, munosabatlarni yagona bir butunga birlashtirish jarayonidan iborat. Sintez birlikdan tafovutga va xilma-xillikka qarab yo‘naltirilgan bo‘lib, umumiylik va ayrimlikni, birlik va xilma-xillikni muayyan jonli butunga birlashtiradi. Analiz va sintez chambarchas bog‘liq holda amal qiladi.

Mavhumlashtirish-o ‘rganilayotgan hodisaning bir qancha xossalari va nisbatlaridan fikran uzoqlashish, ayni paytda tadqiqotchini qiziqtirgan xossalarni (eng avvalo, muhim, umumiy xossalami) ajratish jarayoni. Mazkur jarayon natijasida har xil «mavhum predmetlar» olinadi. Bunda «mavhum predmetlar» deganda alohida tushunchalar va kategoriyalar («rivojlanish», «qarama-qarshilik», «fikrlash» va b.) hamda ulaming tizimlari tushuniladi. Matematika, mantiq, dialektika va falsafa eng rivojlangan tizimlardir.

Ko‘rib chiqilayotgan xossalaming qay biri muhim, qaysinisi ikkinchi darajali ekanligini aniqlash mavhumlashtirishning bosh masalasidir. Mazkur masala har bir muayyan holatda, eng avvalo, о‘rganilayotgan predmetning tabiatiga, shuningdek, tadqiqotning muayyan vazifalariga qarab hal qilinadi.

Umumlashtirish-predmetning umumiy xossa va belgilarini aniqlash jarayoni bo‘lib, mavhumlashtirish bilan chambarchas bog'liq. Bunda har qanday umumiy (abstrakt-umumiy) yoki muhim (muayyan umumiy, qonun) belgilar ajratilishi mumkin.

Ideallashtirish-voqelikning tajribada prinsipial amalga oshirib bo ‘Imaydigan, lekin real olamda ulaming timsoli bo ‘Igan obyektlarning tushunchalarini fikran shakllantirishni ifodalaydigan («nuqta», «ideal gaz», «mutlaqo qora jism» va sh.k.) tushuncha.

Ideallashtirilgan obyektlar, pirovard natijada, obyektiv ashyolar, real jarayon va hodisalarning in’ikosi sifatida maydonga keladi. Ideallashtirish yordamida shakllangan tushunchalardan keyinchalik real obyektning in’ikosi sifatida izlanishlar olib borishda, mulohazalar yuritishda, real jarayonlaming mavhum sxemalarini tuzishda foydalanish mumkin.Ideallashtirish ilmiy yoki g‘ayriilmiy, real yoxud mavhum bo'ladi. Ilmiy, real ideallashtirishni mavhum ideallashtirishdan farqlaydigan belgi shundan iboratki, unda hosil etilgan ideallashtirish obyektlari, shaxslar muayyan sharoitlarda ideallashtirilgan, ya’ni real obyektlar atamalarini ishlatib, talqin etish mumkin.

Induksiya-ayrimlik (tajriba, dalil)dan umumiyga (ulami umum- lashtirib xulosa chiqarishga) flkran harakat qilish; deduksiya-bilish jarayonining umumiydan ayrimlikka yuksalishi. Induksiya va deduksiya o‘zaro bog‘lanadi hamda bir-birini to‘ldiradi. Tajriba hamisha cheksiz va nomukammal boiganligi uchun induktiv xulosalar doim muammoli (ehtimoliy) xususiyatga egadir. Induktiv umumlashtirishlarga, odatda, tajribada bilingan haqiqatlar (empirik qonunlar), deb qaraladi.

Induktiv umumlashtirish turlaridan ommaviy induksiya, to‘liqsiz induksiya, to‘liq induksiya, ilmiy induksiya va matematik induksiya ajratiladi. Mantiqda sababiy aloqalami aniqlashning induktiv metodlari- nduksiya qonunlari (Bekon-Mill induktiv tadqiqot qoidalari) farqlanadi. Yagona o‘xshashlik, yagona tafovut, o‘xshashlik va tafovut, bog‘liq o'zgarishlar metodlari va qoldiqlar metodi shular jumlasidandir.


Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish