Bolalarning asosiy ijtimoiy muammolari ularning psixofiziologik maqomi va ular yashayotgan jamiyatning ob’ektiv holatidan kelib chiqadi. Haqiqiy, uyg’un oila hayotini ko’rmagan bolalar juda kam holatda to’liq oilaviy munosabatlarni qura olishadi.Bunday sharoitlarda ijtimoiy muhim qadriyatlar-oila, nikoh, bolalar, ota-onalarning qadriya pasayadi.So’nggi yillarda oilaviy aloqalar tuzimi ishda ham inqirozli o’zgarishlar ro’yberdi, chunki aksariyat ota-onalar bolalarini nafaqat ijtimoiy, balki fziologik jihatdan ham ta’minlay olmadilar. Kambag’allik va uning oqibatlari bola, o’smir olamini vayron etadi, chunki uning ota-onasi, tabiiy himoyachilari bolaning barcha ehtiyojlarini qondirishga qurbi yetmaydi.Qarovsiz qolgan bolalar-oilaviy aloqalarning barbod bo’lishi natijasidir. Ijtimoiy yetimlar soni borgan sari oshib bormoqda. shuning uchun davlat birinchi navbatda bolani oilada saqlab qolish va u davlat muassasasiga tarbiyalash uchun topshirishni oldini olishga barcha kuchini ishga solmoqda. agar bolani oilada saqlab qolish iloji bo’lmasa, u uchun yangi oila qidiriladi. Biroq bolani yangi oila yoki tarbiya muassasasiga topshirayotganda bolaning etnik guruhi, mahalliy an’analari bilan bog’liq muhitda qolishi uchun barcha narsa qilinadi.Har bir davlatda bola tarbiyasi va rivojlanishiga tegishli ijtimoiy qarorlar tizimi tuzilmoqda va mustahkamlanmoqda. ularniquyidagi variantlarni kirgizsak bo’ladi:bolani o’z oilasida saqlab qolish, o’z oilasiga qaytarish, davlat ichida bolalikka olish, boshqa davlatda bolalikka olish, maxsus tarbiya muassasalariga topshirish eng ulug'vor vazifalarimizdan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar. - 2017 г. - Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asari.
- Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. maʼruza. 2016 yil 7 dekabr /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: „O‘zbekiston“
- 1. Karimov I.A. O‘zbekistonni siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning asosiy
- tamoyillari. T.: O‘zbekiston 1995
- 2. Karimov I.A. Buyuk kelajak sari. T.: O‘zbekiston 1998
- 3. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. T.: O‘zbekiston 1999
- 4. Karimov I.A Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: O‘bekiston 1998.
- X.Ibragimov, SH. Abdullayeva Pedagogika nazariyasi Toshkent-2008
- 10. Begmatov A., Quraev M. Ijtimoiy pedagogikaning dolzarb masalalari. T.: OPI to‘plami. 1998
- 11. Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T.: 2003
Do'stlaringiz bilan baham: |