6. YUrish-turish va o’zaro munosabatning umumiy normalarini ishlab chiqish. YU.V.Vasilkova tarbiyasi og’ir o’spirinning tarbiyasiga bosqichma-bosqich yondoshuvni ilgari suradi7: I. O’spirin bilan yaxshi munosabatlarni o’rnatish; II. O’spirinning shaxsiy ishi bilan tanishib chiqish; III. Pedagogik tarbiyasi og’irligining sabablarini aniqlash; IV.Psixologik va ijtimoiy pedagogik xaritalarini tuzish; V. O’spirin shaxsiyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi faoliyat turini tanlash; Ijtimoiy pedagogik qarovsizlik nazariyasi tarafdorlari (D.V.Kolesov, V.Guldman, Ijtimoiy pedagogik qarovsizlik nazariyasi tarafdorlari (D.V.Kolesov, V.Guldman, M.Raytenberg, A.F.Boyko, B.S.Bratus va P.I.Sidirov) bolalar va o’smirlarning giyovand xulq-atvorini mikro ijtimoiy muhitning noxush sharoitlari va o’smirning psixologik xususiyatlari keltirib chiqaradi deb hisoblashadi. Muammoning yechimini bu nazariya tarafdorlari o’quvchilarning ijtimoiy pedagogik qarovsizliklarini oldini olishda deb ko’rsatishadi. Xulosa. O'zbek ta'lim tizimining zamonaviy rivojlanishi kelajakdagi ijtimoiy o'qituvchini tayyorlashga, uning shaxsiy va kasbiy muhim fazilatlariga katta talablar qo'yadi. Buning sababi, mamlakatimizda ro'y berayotgan dinamik ijtimoiy o'zgarishlar ijtimoiy muammolarni mustaqil ravishda ilgari surishga va hal qilishga qodir mutaxassislarga ehtiyojni oshirmoqda.Kelajakdagi ijtimoiy o'qituvchini tayyorlash muammosini hal qilishning amaliy shartlari nazariy asoslar bilan bir vaqtda shakllantirildi. Bular birinchi navbatda ta'limning milliy doktrinasini qabul qilish, oliy pedagogik ta'lim standartlarini ishlab chiqish va qabul qilish, ta'limdagi innovatsion jarayonlarning o'sishi, ta'lim muassasalariga ijtimoiy o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyojlarni keltirishimiz mumkin.Har bir sohada ijtimoiy pedagog faoliyatning o'rni beqiyos darajada desak mubolag'a bo'lmaydi. Bolalarning asosiy ijtimoiy muammolari ularning psixofiziologik maqomi va ular yashayotgan jamiyatning ob’ektiv holatidan kelib chiqadi. Haqiqiy, uyg’un oila hayotini ko’rmagan bolalar juda kam holatda to’liq oilaviy munosabatlarni qura olishadi.Bunday sharoitlarda ijtimoiy muhim qadriyatlar-oila, nikoh, bolalar, ota-onalarning qadriya pasayadi.So’nggi yillarda oilaviy aloqalar tuzimi ishda ham inqirozli o’zgarishlar ro’yberdi, chunki aksariyat ota-onalar bolalarini nafaqat ijtimoiy, balki fziologik jihatdan ham ta’minlay olmadilar. Kambag’allik va uning oqibatlari bola, o’smir olamini vayron etadi, chunki uning ota-onasi, tabiiy himoyachilari bolaning barcha ehtiyojlarini qondirishga qurbi yetmaydi.Qarovsiz qolgan bolalar-oilaviy aloqalarning barbod bo’lishi natijasidir. Ijtimoiy yetimlar soni borgan sari oshib bormoqda. shuning uchun davlat birinchi navbatda bolani oilada saqlab qolish va u davlat muassasasiga tarbiyalash uchun topshirishni oldini olishga barcha kuchini ishga solmoqda. agar bolani oilada saqlab qolish iloji bo’lmasa, u uchun yangi oila qidiriladi. Biroq bolani yangi oila yoki tarbiya muassasasiga topshirayotganda bolaning etnik guruhi, mahalliy an’analari bilan bog’liq muhitda qolishi uchun barcha narsa qilinadi.Har bir davlatda bola tarbiyasi va rivojlanishiga tegishli ijtimoiy qarorlar tizimi tuzilmoqda va mustahkamlanmoqda. ularniquyidagi variantlarni kirgizsak bo’ladi:bolani o’z oilasida saqlab qolish, o’z oilasiga qaytarish, davlat ichida bolalikka olish, boshqa davlatda bolalikka olish, maxsus tarbiya muassasalariga topshirish eng ulug'vor vazifalarimizdan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |