III. XULOSA
Men ushbu mazu “Optik pirometriya, Optik pirometrlar” yuzasidan xulosa qilib shuni aytishim mumkinki: Yorug’lik manbalari deganda istalgan turdagi energiyani yorug’lik energiyasiga aylantiruvchi, ya’ni yorug’lik chiqaruvchi moddalar nazarda tutiladi. Ular tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. Tabiiy yorug’lik manbalariga quyosh, yulduzlar hamda boshqa turli xil razryadlar misol bo’ladi. Olamning asosiy yorug’lik manbalari yulduzlar hisblanib, ularda termoyadro energiyasining yorug’lik energiyasiga aylanishi ro’y beradi. Nuqtaviy manba fizika kursining mexanika bo’limida – moddiy nuqta, elektr bo’limida – nuqtaviy zaryad tushunchalaridan foydalanilgani kabi, ya’ni nuqtaviy manba tushunchasidan keng foydalaniladi. Xususiy o’lchamlari chiqarayotgan yorug’liklarning ta’siri hamda o’rganilayotgan joylargacha bo’lgan masofaga nisbatan e’tiborga olinmaydigan darajada kichik bo’lgan yorug’lik manbayi nuqtaviy manba deyiladi. Nuqtaviy manba ham ideallashtirilgan tushuncha bo’lib, yorug’lik nuri hamma yo’nalishda bir tekis yo’naltiradi, deb qabul qilingan. Shuni takidlash lozimki, yorug’likning qabul qiluvchilariga, xususan, ko’zga ta’siri, bir tomondan, yorug’lik energiyasiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, yorug’likning to’lqin uzunligiga bog’liq bo’ladi. Ko’z yashil nurlarni eng yaxshi sezadi. Shuning uchun nafaqat qabul qiluvchi qayd etadigan yorug’lik energiyasi miqdorini, balki uning ko’zga ta’sirini xarakterlovchi kattalikni ham bilish eng muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda yorug’lik oqimi tushunchsidan foydalaniladi. Binobarin, yorug’lik xarakteristikalari ko’zda sezgi uyg’tuvchi eletromagnit nurlarga taalluqli kattaliklardir. Yorug’lik haqida qancha gapirmaylik bari bir gapimiz tugamaydi. Yorug’likning oqimi, tezligi, dispersiyasi va hokazolarni aytishimiz mumkin. Ammo Optik pirometrlar ancha murakkab bo’lib bu pirometrlarni qora jismlarning temperaturasini o’lchashda ishlatamiz ya’ni yuqori temperatura nazarda t tiladi(20000K). Qisqa qilib shuni aytish mumkinki optik pirometrlar bu absalyut qora jismlarning temperaturasini o’lchaydigan asbob sanaladi. Temperaturaviy nurlanish qonunlariga asoslanib, cho’g’lanma jismlar temperaturasini aniqlash mumkin. Agar nurlanuvchi jism qora (yoki unga yetarlicha yaqun) bo’lsa, u holda uning temperaturasini aniqlash uchun mutloq qora jism nurlanishining qonunlaridan foydalanish ham mumkin. Aslida qattiq qizdirilgan jismlarning temperaturasini termoelement, bolometr hamda hokazolar yordamida o’lchash uncha ishonchli emas. Shunday qilib, bu va bundan yuqori temperaturalar sohasida temperaturani o’lchashning qora jism nurlanishining qonunlariga emas, balki energiyaning spektr bo’yicha nisbiy taqsimlanishini o’rganish yo’li bilan ham tekshirilgan, bu esa nurlanuvchi jism temperaturasini ekspremental ma’lumot va nazariy formulalarni taqqoslash yo’li bilan topish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |