Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: tozoboyeva m



Download 0,87 Mb.
bet1/9
Sana10.05.2023
Hajmi0,87 Mb.
#936746
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tozoboyeva M 2-G fizika optika kurs ishiI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-G FIZIKA GURUH TALABASI TOZOBOYEVA MARJANOYNING OPTIKA FANIDAN OPTIK PRIOMETRIYA MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI





ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N.
BAJARDI: TOZOBOYEVA M.
NUKUS_2023

MUNDARIJA


KIRISH 2
I. BOB. OPTIK PIROMETRIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 8
1.1. Temperaturani o’lchash usullari 8
II. BOB. OPTIK PIROMETRLAR 13
2.1. Radiatsion pirometrlar va radiatsion temperatura 13
2.2. Ravshanlik temperaturasi va yo’qolib boruvchi tolali pirometr 14
2.3. Rangli pirometrlar 17
2.4. Radiatsion pirometrlar 18
2.5. Νurlanish pirometrlari. 19
III. XULOSA 22
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 24








KIRISH


Ma'lumki insoniyat tarixining ko’p asrlik tajribasi ezgu g‘oyalardan va sog‘lom mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko'rsatdi. Shu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o'z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo'ydi. Bu esa o’z kelajagimizni yaqqol tasavvur etish hamda, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorlarini mustahkamlash ehtiyojini tug'diradi. Demak, navbatdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi olijanob tuyg'ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g'oyalar, amallar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir. O'zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to'laqonli sheriklik o'rnini egallay borishi, inson faoliatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko‘lamlari qanday bo‘lishiga va bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o‘ynashiga bog‘liq. Keyingi yillarda mamlakatimiz ilm-fani ham axborotlashtirishning nazariy asoslariga katta hissa qo'shib kelmoqda, shu bilan birgalikda, hodisalar, jarayonlarni yagona axborot asosida tadqiq etishning ilmiy yo'nalishlarini tahlil va sintez qilish natijasi bo'lgan fan-informatikaning vujudga kelishiga boshlang’ich poydevor qo'yildi. Axborot, energiya, vazn, bo'shliq va vaqtni bir butun holda batafsil o'rganish hozirgi vaqtda inson hayotining barcha jabhalarida muhim ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda [1].
O‘zbekiston Respublikasida chuqur keng ko‘lamli isloxotlar amalga oshirilar ekan, uzluksiz iqtisodiy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirishga birinchi darajali axamiyat berilmoqda. Umuman, yoshlarning ta’lim-tarbiya, bilim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch hamda imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, unung samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Shu bois O‘zbekiston jamiyatning faol qatlami sifatida e’tirof etiluvchi yoshlar qatlamlariga «muammo» deb emas, balki yurt ravnaqini ta’minlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida qaramoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti.
Xalqimiz yuksalish sari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini tinglar ekanman yurtimizni yuksaltirish uchun biz fiziklar oldidagi vazifalar qanchalik muhim ekanini his qildim. Dunyo iqtisodiyoti rivojlanishi olimlar tomonidan yaratilgan kashfiyotlar hamda texnologiyalar asosida amalga oshirilganligini koʻrishimiz mumkin boʻladi. Sanoat texnologiyalarining rivoji asosini esa shak shubhasiz fizikasiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomalarida fizika va chet tillarini oʻrganishni ustuvor yoʻnalish etib belgilashni taklif etish orqali juda muhim va dolzarb muammolarni hal qilish imkoni shu orqali hal qilish mumkinligini bizlarga bildirib oʻtdilar. Optika grekcha "opticos"- ko`raman, degan so`zdan olingan bo`lib, fizikaning bu bo`limida yorug`likning tabiati, yorug`lik hodisalaridagi qonuniyatlar va yorug`lik bilan moddalarning o`zaro ta’siriga doir jarayonlar o`rganiladi. Yorug`lik manbalari deb atom va malekulalari ko`rinadigan nurlanish hosil qiladigan barcha jismlarga aytiladi. Yorug`likni quyidagi manbalari mavjud: Тabiiy yorug`lik manbalari: quyosh, yulduzlar, nurlanuvchi tirik organizmlar (masalan baliqlar, hashoratlar, ayrim mikroblar) va hakozolar. Sun’iy yorug`lik manbalari: qizdirilganda nur chiqaruvchi jismlar, gaz razryadi, lyuminessensiyalanuvchi qattiq va suyuq jismlar. Jismga tushayotgan yorug`lik nuri unda turli xil o`zgarishlarni vujudga keltiradi. Masalan: jismni isishi, bo`yalgan jismlar ranglarini o`zgarishi, kimyoviy reaksiyalarni vujudga kelishi va hakazo. Bularni hammasi yorug`likni energiya tashishini ko`rsatadi. Fazoda energiyani yo harakatlanayotgan jismlar, yo muxitda tarqalayotgan to`lqinlar ko`chirishi mumkin bo`lgani tufayli yorug`lik nurlanishi yo mayda zarralar oqimi, yo biror muxitdagi to`lqin jarayonidan iborat bo`lishi mumkin.

“Yangilanayotgan Oʻzbekiston – maktab ostonasidan hamda taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoya asosida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish ishlarini olib bormoqda. Hozirda shahar hamda tuman maktablari bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu orqali biz oʻz oldimizga mamlakatimizda uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻyganmiz. Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi. Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab O‘zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo‘lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o‘rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shdi.


Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash ilmiy tadqiqot hamda innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan bir qatorda, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga bo’lgan zaruratini ko‘rsatmoqda. Jumladan: birinchidan yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga yetarli e’tibor berilmayapti, ta’lim dasturlari o‘quvchilarda mustaqil, kreativ fikrlashni shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermaydi; ikkinchidan, ta’lim jarayonini tashkil etishda umumiy o‘rta hamda oliy ta’lim dasturlarining uzviyligi ta’minlanmagan; uchinchidan, pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ularni xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olishi hamda stajirovkadan o‘tishi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, xorijlik yetakchi mutaxassis, olim hamda o‘qituvchilarni dars jarayoniga jalb etish darajasi pastligicha qolmoqda; to‘rtinchidan, fizika fani bo‘yicha zamonaviy darsliklarni yaratish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, o‘quv adabiyotlarining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining bugungi darajasini yetarli qamrab olmagan, masalalar to‘plami, praktikum va laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, multimedia dasturlarini yaratishga e’tibor qaratilmagan; beshinchidan, fizika ta’limi hamda tadqiqotlari infratuzilmasining moddiy-texnik bazasi eskirganligi, fizika fani bo‘yicha o‘quv ilmiy laboratoriyalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmaganligi kadrlar tayyorlash sifatiga va tadqiqotlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
oltinchidan, fizika ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash salmog‘ining kamligi bu sohadagi ilmiy salohiyatning pastligiga sabab bo‘lmoqda;yettinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar ko‘lami yetarli darajada natijadorlikka yo‘naltirilmagan, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining ishlab chiqarish korxonalari muammolariga qaratilmaganligi natijasida sohada innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘rsatkichlari talabga javob bermaydi. Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
2021—2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilansin: umumta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish; fizika fani bo‘yicha kadrlarni va qishloq joylardagi maktablarning o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish; pedagog kadrlar va o‘quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli o‘rinlar egallashini ta’minlash; oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini o‘qitishning integrativ prinsiplarini joriy etish, yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish;fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolar yechimiga asos qaratilgan ilmiy ishlar ko‘lamini kengaytirish; ilmiy tadqiqotlarning va innovatsiya ishlarining natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish