2.1. Radiatsion pirometrlar va radiatsion temperatura
Temperaturaviy nurlanish qonunlariga asoslangan holda, cho’g’lanma jismlar temperaturasini aniqlash mumkin. Agar nurlanuvchi jism qora (yoki unga yetarlicha yaqun) bo’lsa, u holda uning temperaturasini aniqlash uchun mutloq qora jism nurlanishining qonunlaridan foydalanish mumkin. Aslida qattiq qizdirilgan (20000 C dan yuqori) jismlarning temperaturasini termoelement, bolometr va hokazolar yordamida o’lchash uncha ishonchli emas. Shunday qilib, bu va bundan yuqori temperaturalar sohasida temperaturani o’lchashning qora jism nurlanishining qonunlariga emas, balki energiyaning spektr bo’yicha nisbiy taqsimlanishini o’rganish yo’li bilan ham tekshirilgan, bu esa nurlanuvchi jism temperaturasini ekspremental ma’lumot va nazariy formulalarni taqqoslash yo’li bilan topish imkonini beradi.
Radiatsion pirometrlar hamda radiatsion temperatura. Bolsman hamda Vin qonunlarining doimiylari (mos ravishda a va b) ishonchli aniqlangan deb hisoblab hamda ular foydalanib, ular bevosita o’lchangan temperaturalardan yuqoriroq temperaturalarni ham o’lchash mumkin. Bolsman qonunidan foydalanganda ta’sir ko’rsatayotgan nurlanishning fazoviy burchagi kattaligini, nurlanishning asbobda qaytish hamda yutish sarfini va hokazolarni hisobga olgan olgan holda qabul etuvchi asbobga yuborilayotgan umumiy nurlanishni juda ehtiyot bo’lib o’lchash kerak. Rang temperaturasi va nurlanuvchi jism spektrida energiya taqsimoti. Agar qora jism spektrida energiya taqsimoti topgan bo’lsa u holda EλΤ energiya egri chizig’ida maksimum vaziyatini va temperaturani Vining siljish qonuni asosida ΛmaxT =b munosabatdan aniqlash mumkin. Masalan, quyosh nurining yer atmosferasida yutilish tufayli kiritilgan tuzilmalar hisobga olingan quyosh uchun Λmax = 470 nm ekanligi topilgan; agar quyoshni qora jism deb hisoblansa, bu qiymat 6150 K temperaturaga mos keladi. Topilgan kattaliklar o’rtacha kattalikdir, chunki quyosh diskining markaziga tegishli Λmax quyoshning chetlariga nisbatan birmuncha kichik bo’ladi. Agar nurlanuvchi jism qora bo’lmasa, u holda Vin qonunini qo’llash ma’nosizdir. Biroq ba’zan bunday jismlar spektrida energiyaning taqsimotini amarda Tc temperaturali qandaydir qora jism energiyasi taqsimoti bilan aynan o’xshash deb hisoblash mukin. Bu holda nurlanuvchi jismning rangi bilan bir xil bo’ladi. Shunda aniqlangan Tc temperatura jismning rang temperaturasi deyiladi.
Qora bo’lmagan jismning rang temperaturasiga qarab haqiqiy temperaturasini topish uchun uning turli to’lqin uzunliklari uchun monoxromatik nurlantirish qobiliyatini, ya’ni o’rganilayotgan jism va qora jismning tayinli λ to’lqin uzunlik va T temperaturadagi nurlantirish qobiliyatlari nisbatini bilish kerak. Odatda bu nisbat ikki to’lqin uzunlik: λ =660 nm va λ =470 nm uchun aniqlanadi va spektrning bu ikki sohasida topilgan nisbatlarni taqqoslashdan iborat sodda usulda foydalaniladi.