Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: abdullayeva f



Download 0,53 Mb.
bet1/9
Sana14.05.2023
Hajmi0,53 Mb.
#938504
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdullayeva F 2-G Fizika kurs ishi optika


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-G FIZIKA GURUH TALABASI ABDULLAYEVA FARIDANING OPTIKA FANIDAN TABIATDAGI OPTIK HODISALAR MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI





ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N.
BAJARDI: ABDULLAYEVA F.
NUKUS_2023

MUNDARIJA


I. KIRISH 2
II. ASOSIY QISM. TABIATDAGI OPTIK HODISALAR 5
2.1. Yer atmosferasi optik tizim sifatida 5
2.2. Kamalakning paydo bo’lishi 8
2.3. Kamalak turlari 12
2.4. Tabiatdagi optik hodisalarni tasnifi 14
III. XULOSA 25
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 26


I. KIRISH


Yetuk kadrlar tayyorlash avvalo fan texnika sohalarini rivojlantirish maqsadi yo’lida, ta’lim sohasiga innovatsiyalar kiritdi va sohaga yuksak e’tibor kuchaytirildi.
Muhtaram prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan 2017 - 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu Harakatlar strategiyaning to’rtinchi yo’nalish “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”ga qaratilgan bo’lib, maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish g’oyalari ilgari surilgan.
Hozirgi kun talablarini hisobga olgan holda yoshlar faqat darsliklardagi bilimlarga tayanib qolmasdan, fan yuzasidan mustaqil shug’ullanishlariga undash, ko’proq kitob o’qish hamda fandagi o’zgarishlar, ilmiy tadqiqotlar, yangiliklardan bohabar bo’lishga intilishlari kelajakda yetuk mutahassis bo’lishga qo’yilgan ilk qadam hisoblanadi. Shunday ekan atrofimizga befarq bo’lmasdan har bir voqea hodisani ilmiy tahlil qila oladigan va fikr bildira oladigan darajada bilimli, zukko yoshlargina jahonda raqobatbardosh kadrlar bilan tenglasha oladi. Har bir soha shu yo’sinda rivojalnadi. Masalan, har qadamda uchraydigan jarayonlar, hodisalarga xoh u tabiiy bo’lsin, xoh sun’iy bo’lsin biz bo’lajak fizik sifatida ilmiy jihatda, fizik jihatdan hodisani tahlil qila olishimiz va amliyotda ko’rsatib bera olishimiz kerek. Fizika fani shundagina rivojinilanadi. Fanni yoki fan yuzasidan hodisani o’rganish hodisa evolyutsiyasidan boshlanadi.
Yer yuzi yaralibdi-ki, unda ma’lum bir tabiiy muhit o’z hukmini o’tkazib kelmoqda. Xususan, yerda ilk bor suv muhiti, undan so'ng qurg'oqchilik muhiti avj olgan. Bu holat bir necha asrlar davomida sodir bo'lgan. Shu bugungacha bo'lgan vaqt davomida ona tabiatimiz o'zining turfa sirlarini insoniyat tominidan ocha boshladi. Tabiat insoniyatga berilgan mukofot deya ta’riflashlari bejizga emas. Umuman olganda insoniyat ham tabiatning bir qismi hisoblanadi. Tabiat insonlarni hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Tabiat ne’matlari hisobiga insoniyatda tiriklik zanjiri harakatlanadi. Ibtidoiy davrlardanoq insoniyat tabiat hodisalariga befarq bo’lmaganligi, o’sha davrlar hayoti haqida yozilgan ilmiy manbalardan, hatto diniy manbalardan ko’rishimiz mumkin. Insoniyat evolutsiyasi rivojlangani sayin odamlar tabiiy ravishda yuz berayotgan hodisalarga qiziqib, ularni ilmiy jihatdan o’rganishga harakat qildilar va hozirgi kunga qadar o’rganilayotgan, insoniyatga to’liq ochib berilmagan, yoritilmagan tabiat hodisalari mavjud. Bular ustida hamon dunyoni ko’zga ko’ringan olimlari ish olib bormoqdalar [1].
Ba’zida biz – odamlar tevarak- atrofga nazar solib qarashni unutib, bizni o’rab turuvchi olamning o’ziga maftun etadigan noyob tabiat hodisalarini ham ko’rmay qolamiz. Mazkur ishda dunyoning turli burchaklarida yuz beradigan noyob tabiat hodisalari bilan tanishishingiz mumkin.
Bizlarni o’rab turgan borliq yer, osmon, yulduzlar va ongimizga ta‘sir etib sezgi uyg’otadigan barcha narsalar materiya bo’lib hisoblanadi. Tabiatdagi jismlar va bu jismlar tarkibidagi moddalar moddiy borliq bo’lib, sezgilarimizga har xil ta‘sirlar ko’rsatib o’zini borligini namoyon etadi.Materiya har doim o’zgarib turib o’z xususiyatlarini ham namoyon etib turadi, moddiy dunyoda yuz berayotgan materiyaning xilma–xil o’zgarishlari tabiat hodisalari deb ataladi. Fizika – tabiat to’g’risidagi fanlaridan biri hisoblanib, u tabiat hodisalarini ya‘ni materiyaning xossalarini, shu o’zgarishlarni ifodalay oladigan qonun - qoidalarni o’rganadi. Fizika fanining boshqa fanlardan farqi shundaki, u tabiat qonunlarini jismlar harakatini o’rganish usuli bilan tavsiflab beradi. Fizika tabiat hodisalarini o’rganishda, moddiy olamni idrok etishda asosan matematika, kimyo, biologiya, astranomiya fanlarining qonunlaridan foydalanadi.Tabiat qonunlarining ko’p qismi, moddiy olamni idrok qilish mumkin bo’lmagan tabiat hodisalarining qator qismi hali ochilmagan. Moddiy olamni bilishga boshqa fanlar bilan bog’langan ravishda intilish fizika fanining asosiy xususiyatidir. Fizika fanini o’rganish insoniyat madaniyatining muhim bir qismi bo’lib hisoblanadi. Fizika qonunlarini bilish kelajakni oldindan bilishgina emas, balki o’tmishda bo’lib o’tgan tabiat hodisalarning sabablarini ochib berishga ham imkon beradi. Fizika fani ma‘lumotlariga asoslanib tabiatda sodir bo’ladigan har bir jarayonning sabablari tahlil etiladi. Hozirgi zamon texnikasining yaratilishi, ko’pgina zamonaviy texnalogik mashinalarning ishlash xarakteristikalari fizika faning qonunlariga asoslanib oldindan loyihalashgan. Moddiy olamni idrok etish, dunyo manzarasini tasavvur eta bilish, tabiat hodisalaridan foydalana bilish uchun fizika qonunlarini chuqur bilmoq kerak. Moddiy olam bo’linmas bir butun bo’lib, undagi hamma narsa bir–biriga bog’liq Fizika kursini o’rganishda uni alohida qismlarga ajratib har bir qismga tegishli hodisa hamda qonunlarni sinflarga ajratib o’zlashtirish ham qulay bo’ladi. Bunday hodisalardan biri bu mexanik harakatdir. Fizikaning mexanika bo’limida mexanik harakatlarning umumiy tavsiflari hamda ularning sodir bo’lish sabablari o’rganiladi va harakatdagi jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlash masalasi o’rganiladi [2].
Kurs ishining dolzarbligi. Yurtimiz o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng, rivojlangan mamlakatlar kabi barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatni asosiy qismini yoshlar tashkil etishini etishini hisobga olgan holda, kelajkni aynan shu yoshlar borpo etishini nazarda tutgan holda yoshlarni zamonaviy va jahon talablariga mos yetuk kadr qilib yetishtirish bosh masala sifatida belgilandi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish