5-SEMINAR. Ilmiy manbalardan foydalanish va fiklarni tahlil qilish.
Reja:
1. Ilmiy ommabop maqolalarni o‘rganish ishlarining ahamiyati va turlari
2. Tabiatshunoslikka doir maqolalar ustida ishlash yo‘llari.
3. Tarixiy xarakterga ega bo‘lgan maqolalar va ular ustida ishlash yo‘llari.
4. Instruktiv xarakterdagi maqolalar va ular ustida ishlash usullari
5. Obyektlar bilan tanishtiruvchi maqolalar va ular ustida ishlash metodikasi.
6. Ilmiy manbalardan foydalanish va fiklarni tahlil qilish orqali ixtiyoriy mavzuda maqola yozing.
Ilmiy ommabop maqolalarni o‘qitishdan maqsad: o‘quvchilarni tabiatda
bo‘ladigan o‘zgarishlar, voqea - xodisalar, kishilar mexnati xaqidagi ilmiy asoslangan bilimlar bilan tanishtirish; ilgari va xozirda mamlakatimizda ro‘y bergan tarixiy, njtimoiy, siyosiy voqealar haqida to‘g‘ri tushuncha
berish; turli obyektlar bilan tanishtirish; instruksiyalarni o‘qib, bajara olishga o‘rgatish. Shunga ko‘ra bu maqolalar tabiatshunoslikka doir, tarixiy, obyektlar bilan tanishtiruvchi va instruktiv xarakterdagi turlarga bo‘linib o‘rgatiladi. Turiga qarab darsda xar xil ish usullari ishlatiladi. Ekskursiya va kuzatishlardan s o‘ng maqola ustida ishlash ayniksa qulay.Bola tabiatda ko‘rgan kuzatganlarini maqoladagilar bilan solishtiradi, umumlashtiradi, taqqoslaydi.
Ilmiy-ommabop maqolalar til jixatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega: ularda maxsus va ilmiy atamalar ko‘proq qo‘llanadi, so‘zlar aniq ishlatiladi, gaplar puxta tuzilgan bo‘ladi, ta’riflar beriladi. Ushbu maqolalarda o‘quvchilar uchun butunlay yangi, notanish bilimlar beriladi. Shuning uchun maqolani o‘qishdan avval uning mazmunnni o‘quvchilar ongli idrok etishlariga yordam beradigan tayyorgarlik mashqlari o‘tkaznladi. Ilmiy ommabop maqolalar induktiv va deduktiv usullar orqali o‘rgatiladi. Odatda bunday maqolalar snnfda mazmunan tugallangan qismlarga bo‘lib o‘qitiladi va qayta xikoya qildirish yo‘li bilan tushuntirib boriladi. Maqola o‘qib bo‘lingach, odatda umumlashtiruvchi suhbat o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida yangi so‘z, tushuncha, atamalar aniqlanadi, mustaxkamlanadi.
Adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasida Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi.T., 1997
O‘zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘g‘risi"dagi Qonuni
Aytmetova S.SH.Oligofrenopedagogika T, 1994.
Ashrapova T., Odilova M. Ona tili metodikasi-T.,1984
Abdullayeva K. Birinchi sinfda o‘qish darslari. Savod o‘rgatish.-T.,O‘kituvchi ,1996
AksyonovaA.K.Metodika obucheniya russkomu yaziku vo vspomogatelnoy shkole.-M.,Prosveshyeniye, 2004
Do'stlaringiz bilan baham: |