1-rasm. Manbadan kelayotgan yorug’lik prizma orqali to’lqin uzunliklarga ajratilmoqda. Quyosh yorug‘ligi kamalakning barcha ranglaridan iborat. U yer atmosferasi orqali o‘tar ekan, havo molekulalari va changning eng kichik zarralarida barcha yo‘nalishlarda sochiladi. Bu hodisa “Reley sochilishi” deb ataladi. Spektrning zangori qismi boshqa ranglarga qaraganda kuchliroq, qizil rangga qaraganda taxminan besh marta kuchliroq sochiladi. Shuning uchun ham kunduzi osmonga har qanday yo‘nalishda qaraganingizda moviy rang sochilishi kuchliroq bo‘ladi. Shu sababdan kunduzi osmon moviy rangda bo‘ladi. U holda quyosh botishi nega qizil rangda? Bunga ham yuqoridagi holat sababchidir.
Reley qonuni — muhitdagi sochilayotgan yorugʻlik intensivligining yorugʻlik toʻlqin uzunligi x4~V darajasiga teskari mutanosibligini ifodalaydigan qonun. Bu qonun zarra oʻlchamlari, sochilayotgan nurlanish x dan ancha kichik boʻlgan dielektrik muhit uchun oʻrinlidir. 1871 yilda J.U. Reley bu qonunni aniqlagan.
Quyosh ufq darajasiga kelganda uning nurlari atmosferaning yanada qalinroq qatlamidan o‘tadi. Unda yashil, ko‘k va binafsha ranglar kuchliroq sochiladi. Rang ko‘zimiz va bulutlargacha yetib kelganda esa u asosan sariq, to‘q sariq va qizil ranglardan iborat bo‘ladi. Shuning uchun quyosh botayotgan paytda osmon xuddi yonayotgandek ko‘rinadi.
2-rasm.
2.2. Kamalakning paydo bo’lishi
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel kamalak paydo bo'lishining sababini tushuntirishga harakat qildi. Aristotel "kamalak - bu moddiy ob'ekt emas, balki optik hodisa" ekanligini aniqladi. U kamalakning quyosh nurlari bulutlardan noodatiy aks etishi natijasida kelib chiqadi, deb ta'kidladi.
Kamalak fenomeni 126-yilda Rojer Bekon tomonidan yomg'ir tomchilarida quyosh nurlarining sinishi bilan izohlangan. Kamalakning sababini birinchi bo'lib anglagan Frayberglik nemis rohibi Teodorik bo'lib, u 1304-yilda uni sharsimon flakonda suv bilan tiklagan. Biroq, Teodorikning kashfiyoti unutildi. Kamalakni tabiatning tabiiy hodisasi deb tushuntirishga urinish 1611-yilda amalga oshirildi. Arxiyepiskop Antonio Dominis kamalakni tushuntirishi Bibliyaga zid edi, shuning uchun u va o'limga hukm qilindi. Antonio Dominis qamoqxonada qatl qilinishini kutmasdan vafot etdi, uning tanasi va qo'lyozmalari yoqib yuborildi.
Kamalakning ilmiy izohini fransuz faylasufi, matematik, mexanik Rene Dekart 1637-yilda ham bergan. Dekart kamalakni yomg'ir tomchilaridagi quyosh nurlarining sinishi va qaytarilish qonunlariga asoslanib tushuntirdi. O'sha paytda, oq nurning parchalanish paytida spektrda parchalanishi hali kashf etilmagan edi. Shuning uchun Dekartning kamalagi oq edi.Yetti rangdagi kamalakning asoschisi Isaak Nyuton edi, u kamalak paydo bo'lishining sababini ochib berdi. 1672-yil buyuk ingliz fizigi Isaak Nyuton ajoyib bir tjriba qildi. Bu tajribaning soddalashtirilgan s xemasi quyida 3-rasmda tasvirlangan.