Annotatsiya
125
Neyrolingvistik dasturlash nomining “neyro” qismi subyektiv tajribani tavsiflash-
da miya neyrologik jarayonlarining axborotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash
va uzatish uchun javobgar jarayonlarini ifodalaydi. “lingvistik” qismi tilning muhim
belgisi sifatida tafakkur qilish va xulqning ro‘yobga chiqish xususiyatlari mexanizm-
lari va kommunikatsiyani tashkil qilish jarayonlarini tavsiflashni o‘z ichiga oladi. “Das-
turlash” qismi esa fikrlash va xulqni namoyon qilishning tizimliligiga ishora qilib, ular-
ni ma’lum tartibda namoyon bo‘lishini bildiradi. Chunki “dastur” grek tilida ma’lum bir
aniq maqsad natijalariga erishishda aniq ketma-ketlikda harakat qadamlari degan
ma’noni bildiradi.
Shunday ekan, neyrolingvistik dasturlash ma’lum bir faoliyatning subyektiv ijobiy
muvaffaqiyatli, omadli tajribasiga taalluqli tizimli jarayondir.
Bu o‘z navbatida inson mukammalligining neyrolingvistik modelini tuzish va uni
boshqalarga ko‘chirish orqali, uni subyektiv tajribasini takomillashtirishdan iborat
psixotexnikalar, texnologiyalardir.
Aytish joizki, yuqorida ta’kidlanganidek, bu psixotexnika va psixotexnologiyalarni
qo‘llash insonning har qanday psixik, psixologik holatlarini o‘zgartirish, uni muvofiq ra-
vishda sozlash, yangi xulqiy xislatlarni shakllantirish imkoniyatlarini ochadi. Neyroling-
vistik dasturlash amaliyoti ishonchni o‘zgartirish, har qanday qo‘rquv, fobiyalar, frust-
ratsiya holatlari va noxush voqea-hodisalar bezovtaliklaridan tez va samarali qutulish,
olti qadamli refreyming (qayta qoliplash), vaqt chizig‘i, assotsiatsiya, disassotsiatsiya,
tez almashuv, ong osti bilan muloqot va uni qayta dasturlash kabi psixotexnikalari,
psixik holatlar va xususiyatlarni sozlashda ijobiy natijalarni ko‘rsatadi. Shu bilan birga
neyrolingvistik dasturlashda axborotni ko‘p sensorli qabul qilish va shunga muvofiq
psixik jarayonlarning muvofiq ravishda namoyon bo‘lishiga katta e’tibor qaratiladi. Ax-
borotning ko‘p sensorli qabul qilinishida uni samarali uzatilishini ta’minlash zamonaviy
ta’limda yuqori o‘zlashtirishni kafolatlaydi. Neyrolingvistik dasturlashda o‘qituvchining
va o‘quvchilarning axborotni qabul qilishda unda qaysi kanalning (audial, vizual, kines-
tetik, diskret) dominantligini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Uni aniqlash uchun
quyidagi keltirilgan ayrim xususiyatlarni e’tiborga olish joizdir.
AUDiAl:
– мuomala kezida suhbatdoshga e’tibor beradi va uning ovoz chiqadigan manba-
siga qaraydi;
– тovushli axborotlarni oson yengil va tez qabul qiladi va yodda, xotirada saqlaydi;
– har qanday axborotni tovushiga asosiy diqqatini qaratadi va uni o‘zlashtirish,
namoyon qilishda tovush dominantlik qiladi;
– тovushli axborot manbasini tez va aniq ilg‘aydi;
– har qanday tovushli shovqin uning diqqatini tortadi va chalg‘itadi;
– ular shovqin-suronli, sergap;
– muomalada insonning tovushini aniq-tiniq tahlil qila oladi va uning tembri, yuqo-
ri, pastligi, intonatsiyasi va h.k. yaxshi his qila oladi. Suhbatdoshning tovushi orqali
uning psixik holatini tez va aniq ilg‘aydi, his etadi;
– muomala mobaynida tovushga taalluqli fe’llarni ko‘p va tez-tez ishlatadi. Shu-
ning uchun unga shu fe’llar orqali muomalani o‘rnatish axborot o‘zlashtirilishini oson-
lashtiradi va samarali kechishini ta’minlaydi.
viZUAl:
– muomala kezida suhbatdoshning ko‘ziga tik qaraydi;
126
Do'stlaringiz bilan baham: |