“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini takomil-
lashtirish masalalari o‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “yoshlarga oid davlat
siyosati samaradorligini oshirish va o‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quv-
vatlash to‘g‘risida”gi Farmoni, “Huquqbuzarliklar pro filaktikasi va jinoyatchilikka qar-
shi kurashish tizimini yanada ta komillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va
shuningdek, Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 24-maydagi “Huquqbuzarlik profilaktika-
sining samara dorligini baholash mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ida o‘z
ifodasini topgan.
Mazkur direktiv hujjatlar yuzasidan mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar
amalga oshirilmoqda. Xususan:
– huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan
chora-tadbirlar tashkil etilmoqda;
– huquqbuzarlik profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi idora va muassasa-
lar faoliyatiga huquqbuzarliklar nisbatan ko‘p sodir etilayotgan joylar (hududlar) va
sohalar ko‘rsatilgan holda interaktiv xaritalarni joriy etishga keng imkoniyatlar yara-
tilmoqda;
– huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha davlat tashkilotlarining ommaviy ax-
borot vositalari bilan hamkorligining yangilangan Konsepsiyasi ishlab chiqilib, dol-
zarb masalalarga oid sud majlislari televideniye orqali namoyish etilmoqda, amalga
oshirilayotgan profilaktik tadbirlarning mohiyati va ahamiyati, qonuniylik ahvoli, so-
dir etilayotgan huquqbuzarliklar hamda ularni ko‘rib chiqish jarayoni haqidagi tezkor
ma’lumotlar televidenie orqali keng jamoatchilikka yetkazilmoqda;
– odam savdosiga qarshi kurashish masalasi bo‘yicha uzoq aholi punktlarida
yashayotgan fuqarolar bilan ishlashga alohida e’tibor bergan holda joylarga chiqilib,
aholini, birinchi navbatda yoshlarni xabardor qilishga oid kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birgalikda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomo-
nidan voyaga yetmagan bolalarga ularning ta’lim olish huquqlarini lozim darajada
ta’minlashlari hamda ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish
borasidagi mas’uliyatni oshirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Deviant xulqli
bolalar o‘quvchilarning kam qismini tashkil etsa ham, ular
o‘quv-tarbiyaviy ishlarda barqarorlikka jiddiy to‘siq bo‘lishadi. Ular maktabda va un-
dan tashqarida (oilada, ko‘chada, dam olish joylarida va boshqa) tar tibsizlikni vujud-
ga keltiruvchilar hisoblanadi. Shuning uchun ham deviant xulqli