Annotatsiya
65
Bugungi kunda o‘qituvchi bilan ta’lim oluvchi hamkorligini tashkil etish masalasi,
ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim tizimi ta’lim jarayonida muhim aha-
miyatga ega. Bu ta’lim beruvchi uchun ham, ta’lim oluvchi uchun ham o‘z faoliyatini
mustaqil tarzda tashkil etishga oid nazariy yondashuvlardan biri bo‘lib, mazkur naza-
riya o‘qituv chi-o‘quvchi hamkorligini to‘g‘ri tashkil etish hodisasi bilan bog‘liq bo‘lgan
yangi dunyoqarashdir. Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan,
Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot universiteti
professori – Sh.Sharon (1998) tomonidan tadqiq etilgan.
Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o‘qitish, asosan o‘quv-
chilarda DtS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllanti-
rish, isroil va yevropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o‘qitish, yuqorida
qayd etilganidek, ko‘proq o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialini qayta ishlash va loyi-
halash faoliyatini rivojlantirish, o‘quv bahsi va munozaralar o‘tkazishni nazarda tutadi.
Hamkorlik pedagogikasining rivojlanishida o‘zbekistonlik ilg‘or pedagog-novator-
lar: N.Azizxodjaeva, ishmuhamedov, J.yo‘ldoshevlar pedagogik jarayon ishtirok chilari
(o‘qituvchi va o‘quvchilar) o‘rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o‘zaro muno-
sabatlarni tashkil etish muhimligini ta’kidlab o‘tadilar.
Pedagogik hamkorlikning yuzaga kelishi uchun o‘qituvchi va o‘quvchi pedagogik
jarayonining o‘zaro aloqador subyektlari mavqeyida bo‘lishlari kerak. Zero o‘quv-biluv
jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi masalasi markazida ham ta’lim jarayonida uning
subyektlari orasidagi hamkorlikning mohiyati muhim ahamiyatga egadir. Bu esa o‘quv
-tarbiya jarayonidagi hamkorlik subyektlarning birgalikda yangi axborotlarni o‘zlashti-
rishlari va o‘z faoliyatlarida ijodiy qo‘llashlariga ko‘maklashadi.
Pedagogik mahoratni egallashda nazariy va amaliy kasbga oid bilimlarni egal-
lash, pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda bo‘lish ijobiy natijalar beradi. Binobarin,
bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan
bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch ho-
sil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda
ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.
o‘qituvchining eng muhim sifatlaridan biri – uning o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkor-
likda ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi, ular bilan qizg‘in muloqot qila
olishi va ularga jonkuyar, mehribon rahbar bo‘lishidir. Pedagogik-psixologik yo‘nalish-
larda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida o‘qituvchilarning sermahsul pedagogik
faoliyatni amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan kommunikativ qobiliyati to‘g‘risida
ko‘plab fikr va mulohazalar yuritilgan.
Hamkorlik pedagogikasida o‘qituvchi o‘quv jarayonida maslahatchi sifatida faoli-
yat qiladi.
ya’ni:
– o‘quvchilarga ko‘nikmalarini o‘qish jarayonida rivojlantirishga yordam beradi;
– turli xil yo‘nalishdagi reja (strategiya)larni qanday qo‘llash kerakligi bo‘yicha
maslahat beradi;
– faol qayta aloqani ta’minlaydi;
– noan’anaviy usullar bilan o‘quvchilarning harakatlarini qo‘llaydi va mustahkam-
laydi;
– o‘quv faoliyatidagi qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi;
– o‘quv faoliyatini individuallashtirishga yordam beradi;
66
Do'stlaringiz bilan baham: |