Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
yatlarini  rivojlantirishga,  idroklilik  va  ziyraklikni, odam tanasida kechadigan jarayon-
larni o‘quvchi o‘zi matematik yo‘llar bilan tasavvurlarni va xayolni o‘stirishga matematik 
ta’lim berish katta yordam qiladi.
Amaliy maqsadlar:  Misol uchun, “odamning ikkala qo‘lida nechta naysimon suyak 
bor?”, degan savolning yechimida nazariyaga tayangan holda amalda matematik yo‘llar 
bilan topamiz yoki odamlarning bir kecha-kunduzlik ovqatlanish ratsionini tuzishda ham 
bevosita amaliy maqsadlarni nazariya bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Amaliyot bilan 
bog‘lay olishdan asosiy maqsad o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma malakani shakllantirish bi-
lan bir qatorda matematik savodxonlikni oshirishdan iborat. tirik tabiatning qonuniyatla-
ri, biologik xilma-xillik, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonuniyatlarning 
mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi. olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish uchun 
kompetensiyaning ahamiyati nihoyatda katta. 
Biologiya  fanini  o‘qitishda  8-sinf  o‘quvchilarida  matematik  savodxonlik,  fan  va 
texnika  yangiliklardan  xabardor  bo‘lish  hamda  foydalanish  kompetensiyasini  shakl-
lantirish ning nazariy va metodik asoslarini hal etish, zaruriy hollarda talab etiladigan 
faoliyatini  mukammal  bajarish  qobiliyatlarini  rivojlantiradi.  Kompetensiyaviy  yonda-
shuvda  o‘qitish  maqsadlari  o‘quvchilar  tomonidan  o‘z-o‘zini  anglash,  ta’lim  tarbiya 
jarayonida,  o‘quv  maqsadlarga  erishish  yo‘llarini  tushuntirish,  o‘quvchilarning  o‘quv 
– bilim – bilish faoliyatini faollashtirish, o‘quvchilarning shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivoj-
lantirish  orqali  jamiyat  va  mustaqil  hayotda  moslashuvi,  ijtimoiylashuvi  kabi  ustuvor 
yo‘nalishlarni mo‘ljallash nazarda tutiladi. Biologiya fanidan kompetensiyaviy o‘qitish 
jarayonida  o‘quvchilarga  biologiya  mavzusidagi  ayrim  (tayanch  harakatlanish,  qon 
aylanish, koddaminatlik, nafas olish sistemasi, moddalar almashunuvi, energiya sar-
fi) mavzularni yoritib berishda, o‘quvchilarda “masala” haqidagi tushunchalar berish 
hamda kitobdagi nazariyalarga tayangan holda o‘rgatish lozim. Kompetensiyani tarkib 
toptirish usullari va shaxs hayotidagi ahamiyatiga ko‘ra darajalarga ajratiladi. o‘quvchi 
shaxsining umumiy rivojlani shiga yordam beradigan  kompetensiyalar tayanch kompe-
tensiya, faqat biologiya o‘quv fani orqali tarkib toptiriladigan kompetensiyalar xususiy 
kompetensiyalar deyiladi. o‘quvchilarda tarkib toptiriladigan kompetensiyalar quyidagi 
darajalarga ajraladi:
1. tayanch kompetensiyalar  umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv rejasidan o‘rin 
olgan barcha o‘quv fanlari mazmuni va o‘qitish jarayoni orqali tarkib toptiriladigan kom-
petensiyalar. 
2.  Xususiy    kompetensiyalar  –  biologik  ta’lim  va  tarbiya  jarayonida  DtS  bilan 
me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalar asosida tarkib toptiriladigan kompetensiya-
lar hisoblanadi. Biologiya fanidan o‘quvchining kompetensiya – biologiya fani bo‘yicha 
egallagan bilim, ko‘nikma va malakalaridan kundalik hayotida duch keladigan amaliy va 
nazariy masalalarni yechishda foydalanish va amaliyotda qo‘llay olish qobilyatidir. 
Biologiya o‘qituvchisi o‘quvchilarda yuqorida qayt etilgan tayanch kompetensiyalar-
ni tarkib toptirish maqsadida o‘quv fani mazmunini tahlil etishi, o‘qitishning barcha shakl-
lari: dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar hamda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda 
olib boriladigan ishlarni tizimli va bir-biriga uzviy ravishda amalga oshirishni loyihalashi 
lozim. 
tayanch kompetensiyalar va me’yoriy hujjatlarni yuritishda ularni quyidagicha yozi-
lishi tavsiya qilinadi: 
–  umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
– milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning 
samarali shakllari va usullarini joriy etish;


63
– o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texno-
logiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari va bitiruv chilarining 
malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
– kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning 
samarali integratsiyasini ta’minlash;
– ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik 
darajasini  tizimli  baholash  tartibini,  shuningdek,  ta’lim-tarbiya  faoliyati  sifatini  nazorat 
qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foy-
dalanish kompetensiyasi: 
– o‘quvchi kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar va buyumlarni necha marta katta-
lashtirishini  hisoblay  olishi,  mikroskoplar  bilan  ishlay  olish  qobiliyatlarini  rivojlantirgan 
bo‘lishi;
– fanga doir masala va mashqlarni mustaqil ravishda yecha olishi, standart top-
shiriqlarni bajara olish. Mazkur tayanch kompetensiyalar biologiya fanidan dars jarayoni-
da uzluksiz ravishda shakllantirib boriladi. Shuningdek, biologiya fanining mazmunidan 
kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiri-
ladi.
Xulosa qilib shuni aytish  mumkinki, faqat darsliklardagi ma’lumot bilan chegaralan-
masdan qo‘shimcha materiallardan, matematik savodxonlik, kompetensiya elementlari-
dan hamda metodlardan foydalanilsa, dars yanada mazmunli bo‘lib, o‘quv chilar o‘rga-
nadigan bilimlari, dunyoqarashlari kengayib boradi. Bu esa bugungi kun o‘qituvchilarini 
izlanishga, ko‘proq kitob o‘qishga, fan yangiliklaridan boxabar bo‘lish uchun turli manba-
lardan foydalanishlari lozimligini ko‘rsatadi.  

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish