“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
sahna vazifasini o‘taydi. Chunki har bir ezgulik, yaxshilik, diyonat va mehribonlikning
boshlanish nuqtasi maktabdir. o‘quvchilarning ijodiy tasavvurlarini rivojlantirish uchun
birinchi galda xalq og‘zaki ijodi, xalq ertaklari, hikoyalar, afsonalar, bolalar ensiklopedi-
yasi hamda xalq rassomlarining asarlari, tasviriy ifodani aks ettiruvchi bolalar kitoblari
asosiy o‘rin tutadi.
Tasavvur – bu majoziy fikrlashning asosi bo‘lib, insonni ma’lum vaziyatda hara
-
kat qilish va muammolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy choralarsiz hal qilishga imkon beradi.
Amaliy harakatlarning imkonsizligi, qiyinligi yoki oddiygina bo‘lmaganligi tufayli, u hayo-
tida katta yordam beradi.
tajribalardan ma’lumki, biror qiziqarli hayotiy hodisa yoki multfilm qahramonlari
muhokama qilinganda o‘quvchilar birdan turli xildagi, atroflicha fikrlar bildira boshlaydi.
Shunday vaziyatlarda ular o‘z aqliy imkoniyatlaridan ko‘p narsalarni bilishi ma’lum bo‘lib
qoladi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: nega ular darsga oid mavzular yuzasidan gapirgan-
larida bunday ishtiyoq bilan so‘zlamaydilar? Chunki multfilmlarni tomosha qilganlarida
tasavvur yaqqol namoyon bo‘ladi. Ularni qiziqtiruvchi tasviriy ifodalar, boy rang-tasvir na-
munalari, tasavvur qilish imkoniyati to‘laligicha yoritiladi. Shularni hisobga olib, darslik-
larda, dars jarayonida bolalarni qiziqtiradigan, ularni ijodiy tasavvurini rivojlantiradigan,
boy rang-tasvir namunalaridan foydalanilgan, tabiatiga, yosh xususiyatiga mos mavzu-
lar ko‘proq berilishi, matnlar yuzasidan taqdim etilgan savol-topshiriqlarning turfa xilligi
darslardagi shunday vaziyatlarning asosi bo‘ladi. o‘quvchilarning ruhiy muvozanatdan
chiqishi esa ularni ma’naviy kamolot sari yetaklash garovidir.
tasavvurni tarbiyalash, uni shakllantirish, rivojlantirish, ta’lim-tarbiya jarayonidagi
o‘quvchi tasavvurini o‘stirish hamisha ustozlarning zimmasidagi muqaddas bir vazifa
ekanligi millatning ilg‘or kishilari diqqat markazida bo‘lgan. Ma’lumki, bolalar maktab-
gacha bo‘lgan davrida favqulodda ijodiy tasavvurlari boy bo‘ladi. 5-6 yoshda atrof-muhit
haqidagi tasavvurlarni o‘zlashtirib oladilar, o‘zlarining amaliy faoliyatlari va borliqni ang-
lashlari uchun zarur bo‘lgan har xil ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Ularning bu davrdagi ta-
raqqiyoti muntazam o‘qitish ishlarisiz, yashash tarzi jarayonida amalga oshadi. Bolalar
maktab hayotiga kirib kelganlarida, ularning faoliyati dasturlar asosida tizimli bilim olish-
ga o‘tganda bir qadar o‘zgaradi. Bizningcha, bu o‘qish-o‘rgatish jarayonida tabiiylikning
buzilgani, unga sun’iylikning aralashuvi tufayli sodir bo‘ladi.
2
Bola maktabga borgach,
uning mustaqilligi, o‘z intellektual darajasidagi fikrlashi va ixtiyoriy faoliyati ma’lum dara-
jada cheklanadi. Undan maktab talablariga muvofiq ish yuritish talab etiladi.
Shu o‘rinda xorijiy adabiyotlarga nazar solsak umumiy tajribalardan foydalanish im-
koni paydo bo‘ladi. M.i. Rozetning fikriga ko‘ra, “tasavvur va fikrlashdagi o‘xshashlik
yoki farqni hisobga olsak, muammoni hal etish katta yoki kichik noaniqlik bilan ifodala-
nishi mumkin. Muammoli vaziyatni tavsiflovchi turli vaziyatlarga qarab, ayni muammo
hayoliy tasavvur va fikrlash yordamida hal qilinishi mumkin. tasavvur shu paytning o‘zi-
da vaziyatning noaniqligi juda yuqori bo‘lgan vaqtda ishlaydi. Ushbu funksiya yordamida
bola rasmlarda haqiqatni namoyish qilishi va muayyan muammolarni hal qilishda ularni
ishlatishi mumkin.”
3
o‘zining tadqiqotlarida ye.N. Melnikova: “tasavvur insonning juda qimmatli aqliy
mulki hisoblanadi. Ko‘pchilik xayoliy fantaziya haqida gapirib beradi. Bu eng katta qiy-
matning sifati ekanligini ta’kidlash mumkin. tasavvur faqat insonga xosdir. Mehnat va
faoliyat jarayonida tasavvur paydo bo‘ldi va rivojlandi. Hech narsa qilmasdan oldin, in-
2
Qulaxmetova M. o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish. – t.: Sano-standart,
2011.
3
Rozet I.M. hayoliy psixologiya. – Minsk, 1977. 312 b.
57
son nimani amalga oshirish kerakligini, qanday qilib buni amalga oshirilishini, narsaning
nimaga o‘xshashligini anglashga urinadi. Bu esa inson miyasida joylash gan asab tolala-
riga o‘zaro ta’sir qilib, insonning mehnat faoliyatiga kirishishiga yordam beradi. tasavvur
haqiqatan ajralishdir. Biror kishi, ba’zida hali ko‘rilmagan narsalarni tasavvur qiladi. U
hali mavjud emas, aslida bor emas, balki tashqi dunyoda obyektiv haqiqatda tasavvur-
ning manbaidir.”
4
l. vgotskiyning fikricha: insonning qanchalik ko‘p bilimga ega ekanligi
uning tasavvuriga katta ta’sir qiladi? tasavvur haqiqiy dunyoni bilish jarayonidir.
5
Bolaning yosh xususiyatini hisobga olsak, harflarni tanishga, bir-biriga bog‘lab
o‘qish ga qiynalishi tabiiy xoldir. U o‘qiy olmagach, rasmli kitoblarga qiziqa boshlaydi.
o‘qiy olmagani uchun ko‘plab savollari javobsiz qoladi. Shundan xulosa qilib, biz tad-
qiqotchilar ijodiy tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan, rang-tasvirga boy bo‘lgan, o‘z-
bek, rus, ingliz tilidagi metodik qo‘llanmani tayyorlashni o‘z burchimiz deb hisoblashimiz
lozim.
o‘ylashimizcha, bugungi kunda boy tasavvurga ega bo‘lgan insonda ijodkorlik, ya-
ratuvchanlik, ijobiylik, keng fikrlilik, fantaziyaviylik va shunga o‘xshash xislatlarni ku-
zatish mumkin. Qolaversa, boy rang-tasvir namunalari orqali o‘quvchining ongiga ki-
rib borish va shu orqali zarur bilimlarni berish yuqori samara berishi xorij tajribasidan
ma’lum. Bolaning 6 yoki 7 yoshdan ta’lim olishga jalb qilinishini hisobga olsak, rasm
kompozitsiyasiga asoslangan kitob orqali bolani zeriktirmay, ta’lim olishdan bezdirmay,
ta’lim-tarbiyaga jalb qila olish zarur ahamiyat kasb etadi.
Boshqa aqliy vazifalar singari tasavvurlar ham bolaning yoshi bilan o‘zgaradi. Mak-
tabgacha va boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilarda tasavvur funksiyasining faolla-
shuvi kuzatiladi. Dastlab, qayta tiklash (erta yoshda ertakli tasvirlarni tasavvur qilish
imkonini beradi), keyin esa ijodiy (buning natijasida asosan yangi tasvir yaratilgan) fan-
taziya shakllanishi uchun o‘zlarining faol ishlarini hayolga bog‘lashadi.
Demak, rang-tasvir namunalari orqali bolalarning ijodiy tasavvurini rivojlantirish
boshqa usullariga nisbatan yuqori samara beradi. Chunki tasvir orqali yetkazilishi mo‘l-
jallangan bilimni yaqqol tasvirlash mumkin. Bola o‘qiy olmasa-da rasm kompozitsiyalari
orqali asosiy g‘oyani anglab yetadi.
Dolzarb muammo sifatida 6-7 yoshdagi maktab o‘quvchilarining aynan ijodiy tasav-
vurini rivojlantirishga qaratilgan qo‘llanmalarning mavjud emasligini keltirib o‘tmoqchi-
miz.
Bu maqsad yo‘lida tadqiqot ishlarimizda kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining
ijodiy tasavvurini rivojlantirishdan iborat “tasavvurni rivojlantiruvchi Alifbe” deb nomla-
nuvchi metodik qo‘llanma yaratilmoqda. Mazkur metodik qo‘llanmani tayyorlash uchun
kerakli guruhni shakllantirish, rivojlantirish va ularning amaliy yordamini yo‘lga qo‘yish
zarur. Ushbu metodik qo‘llanma orqali bolalarning tasavvurini o‘stirish bilan birga o‘zbek
lotin alifbosini o‘rgatish maqsad qilib belgilangan.
Mazkur metodik qo‘llanma ota-onalar va o‘qituvchilar uchun eslatma, bolalar ruhiya-
tini aks ettiruvchi rasmlar, mevalar va poliz ekinlari jamlanma rasmlari, yil fasllari, uy va
o‘rmon hayvonlari, o‘zbek lotin alifbosini aks ettiruvchi rasm kompozitsiyalaridan iborat
bo‘lib, jami 80 betni tashkil etadi. 6-7 yoshdagi maktab o‘quvchilarining ijodiy tasavvu-
rini rivojlantirish maqsadida metodik qo‘llanmaning har bir betida o‘ziga xos topshiriqlar
bo‘lib, rasm kompozitsiyalarining toldirilmay qolgan qismini metodik qo‘llanma ilovasi-
da berilgan yopishtirishga mo‘ljallangan detallar orqali to‘ldiradilar. Ba’zi topshiriqlarda
4
мельникова Е. Психологическое сопровождение развития творческого воображения в
условиях современного обучения. афтореф. Дисс.канд. псих. наук. – алматы, 2011.
5
выготский Л.С. Фикрлаш ва гапириш. – м.: Педагогика, 1982.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |