49
to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi, uchburchakning yuzi (viii) – Jamshid Koshiyning
“o‘lchash haqida kitob” asarida oddiy tekis figuralarning yuzalarini o‘lchash qoidalari
atroflicha ko‘rsatib berilgan.
Uchburchakka va muntazam ko‘pburchakka tashqi va ichki chizilgan aylanalar
(viii) – Abul vafo Buzjoniyning “Geometrik yasashlarda hunarmandlarga kerak bo‘lgan
narsalar haqidagi kitob”da berilgan tomoni bo‘yicha teng tomonli uchburchak, kvadrat
va ko‘pburchakni yasash, turli shakllarga tashqi va ichki aylanalar chizish haqida boy
ma’lumotlar taqdim etilgan.
to‘g‘ri burchakli parallelepiped, prizma va piramida hajmlari. Silindr, konusning
hajmlari (iX) – Muso al-Xorazmiyning “Al-jabr val-muqobala” asarida uch o‘lchamli fi-
gurasi bo‘lgan piramidaning hajmini o‘lchash ko‘rsatib berilgan. Jamshid Koshiyning
“o‘lchash haqidagi kitobi”da murakkab fazoviy jismlar shakllarigacha shakllar hajmla-
rini o‘lchash qoidalari mukammal tushuntirib berilgan.
to‘g‘ri burchakli parallelepiped, prizma va piramidaning hajmlari (iX) – Muso
al-Xorazmiyning “Al-jabr val-muqobala” asarida kub, parallelepiped, konus, piramida
kabi uch o‘lchamli figuralarning hajmlarini o‘lchash qoidalari berilgan. Jamshid Koshiy-
ning “o‘lchash haqidagi kitobi”da murakkab fazoviy shakllargacha bo‘lgan shakllarni
o‘lchash qoidalari mukammal tushuntirib berilgan.
Silindr, konus va sharning hajmlari (iX) – Muhammad ibn-Muso al-Xorazmiyning
“Al-jabr val-muqobalani hisoblash haqida kichik” asarida Konus kabi uch o‘lchamli fi-
guraning hajmini hisoblash masalalari nazariy va amaliy asoslab berilgan. Ulug‘bek-
ning Samarqand akademiyasi (fransuz yozuvchisi va faylasufi valter iborasi) olimlari
geometriya sohasida qilgan ishlari noevklid geometriyasining vujudga kelishiga oz-
mi-ko‘pmi ta’sir ko‘rsatgan. Chunki Samarqand olimlari tomonidan yevklidning “Negiz-
lari”ga yozilgan sharh 1578-yili turkiya tomonidan ispaniyaga sotilgan edi. Bu sharh
orasida yevklidning v postulatini isbot qilishga urinishlar ham mavjud bo‘lgan.
Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak matematika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligi-
da ma’naviy mazmun bilan boyitilgan to‘garak, mavzuli kecha, konferensiya, viktorina,
musobaqa, devoriy gazeta kabi sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘rni beqiyosdir.
Shu boisdan Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Al-Koshiy, Ali
Qushchi kabi qomusiy olimlarning hayoti, ijodiy faoliyati va ularning jahon matematika
fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari bilan talabalarni qurollantirishga imkon beradigan
ma’naviy yo‘naltirilgan to‘garak, mavzuli kechalar, tanlov, viktorinalarni, devoriy gaze-
talarni tayyorlash da ularni bevosita faol ishtirok qilishini ta’minlash juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: