Narziqul SHADIYЕV,
Samarqand Davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori,
Mirzaali FAYZIYЕV,
Samarqand Davlat universiteti Pedagogika fakulteti dekan o‘rinbosari,
pedagogika fanlari nomzodi
BO‘LAJAK MATЕMATIKA O‘QITUVCHILARINING
FAOLIYATIDA MA’NAVIY TARBIYANING O‘RNI
M
amlakatimiz xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi – bu ozod va
obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Albatta, ushbu g‘oyani
amalga oshirishda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy yo’nalishlarni rivoj-
lantirish ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirish esa bugungi kunda
tayyorlanayotgan kadrlarga bog‘liq bo‘lib qolayotganligi hech kimga sir emas.
yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash masalasi ta’lim muassasalari oldiga ustuvor
vazifa sifatida qo‘yilgan. Mazkur vazifaning samarali hal qilinishi ko‘p jihatdan ushbu
ishga uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning qay darajada tay-
yorgarligiga bog‘liq.
Ayni paytda, umumiy o‘rta ta’lim maktab matematika o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan
suhbatlar, anketa-so‘rovlar natijalari hamda ularning pedagogik faoliyatlarini o‘quvchi-
45
larni ma’naviy tarbiyalash nuqtayi nazaridan tahlili ularning ko‘pchiliklari mazkur ish-
ga tayyor emasliklaridan dalolat bermoqda. Jumladan, ayrim matematika o‘qituvchi-
si darsdan, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalashning
maqsadi, mazmuni, shakl, metod va vositalari to‘g‘risida chegaralangan tasavvurga
ega ekanligini namoyon qiliadi. Ular, ayniqsa, dars, to‘garak, mavzuli kechada o‘quv-
chilarning ma’naviy tarbiyalanganlik darajasiga mos metodik ta’sir ko‘rsatish usullarini
tanlashda juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.
Buning asosiy sabablari qatoriga o‘qituvchi-pedagoglar tayyorlaydigan oliy ta’lim
muassasalari (otM)da o‘quv-tarbiya jarayoni bo‘lajak o‘qituvchilarni maktabda ma’na-
viy faoliyatga tayyorlashga yetarli darajada yo‘naltirilmaganligi; talabalarnig ilmiy, pe-
dagogik-psixologik, metodik tayyorgarligida mavjud imkoniyatlardan samarali foydala-
nilmayotganligi; pedagogik amaliyot, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-metodik izlanish, auditoriya-
dan tashqari ishlarning o‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha imkoniyatlarini to‘la
namoyon qilinmaganligini kiritish mumkin.
yuqorida bayon qilingan otMda bo‘lajak matematika o‘qituvchisining o‘quvchi-
larni ma’naviy tarbiyalashda metodik tayyorlash masalasini o‘rganishni taqozo etadi.
Amaldagi matematika o‘qitish metodikasi fani dasturi “Umumiy metodika” va “Xu-
susiy metodika” kabi qismlardan tashkil topgan bo‘lib, u bo‘lajak o‘qituvchilarga, aso-
san, matematika fanini o‘qitish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berishga qaratilgan.
Ammo mazkur dasturda talabalarni ma’naviy faoliyatga tayyorlash masalasiga bevo-
sita e’tibor berilmagan.
olib borgan qiyosiy tahlillarda ushbu fanning “Umumiy metodika” bo‘limida mate-
matika fanining maqsadi, mazmuni, shakl, metod va vositalarining metodik tizimi pe-
dagogika-psixologiya qonunlari hamda ta’lim nazariyasi asosida ochib berilishi bilan
bo‘limning mavzu va savollarini o‘rganish jarayonida bo‘lajak matematika o‘qituvchilarini
qomusiy olimlarning umumpedagogik, didaktik g‘oyalari, qarashlari hamda ta’limotlari
bilan tanishtirish bo‘yicha keng imkoniyatlar mavjudligini namoyon qilishga imkon beradi.
Quyidagi “Umumiy metodika” bo‘limining “Matematika o‘qitish prinsiplari”, “Mate-
matika o‘qitish metodlari” mavzulari misolida bo‘lajak o‘qituvchining matematika tarixi-
ga oid xotirasini tarkib toptirish, o‘zligini anglashga yo‘naltirilgan buyuk qomusiy allo-
malarimizning matematika ta’limi bo‘yicha umumpedagogik va didaktik g‘oya, qarash-
lari bilan bog‘liq saralab olingan materiallardan namunalari ko‘rish mumkin. Xususan:
Al-Kindiy fikricha, matematik (arifmetika, geometriya, astronomiya) bilimlarni egal-
lash odamda ijobiy xislatlarni tarkib toptirish va aqliy quvvatlarni rivojlantirish uchun
mutlaq zarur. Chunki ularsiz butun umri davomida Aristotel kitobini o‘qisa ham unda
qaralgan fanlarning birortasini o‘zlashtira olmaydi. Bunday odam yaxshi xotiraga ega
bo‘lsa ham qanchalik urinmasin, u begona so‘zlarni aytib beradi. Biroq mohiyatini hech
qachon tushunmaydi. Uning bu fikrlari hozirgi zamon pedagogik tushunchalariga ko‘ra
ta’limning ilmiylik va onglilik prinsiplariga mos kelishini, o‘z asarlarida ta’limni boshqa-
rishda tizimlilik va ketma-ketlik prinsiplariga amal qilish lozimligiga katta e’tibor bergan-
ligini talabalarga ko‘rsatish zarur.
Abu Nasr Forobiy, ilmiy ishlar tuzilmasi va mantig‘ida ilmiylik, ko‘rgazmalilik, tu-
shunarlilik prinsiplari talablariga amal qilganligini, ya’ni obyektiv reallikning miqdor va
sifat munosabatlarini hamda fazoviy shakllarini aks ettirishini ta’kidlab, u ta’limning
aniq seziladigan jismlardan boshlab, so‘ngra matematik tushunchalarni qarashga
o‘tish zarur degan xulosasi ta’limning ko‘rgazmalilik, tizimlilik prinsiplariga mos kelishi-
ni talabalarga tushuntirish orqali ularda iftixor his-tuyg‘usini uyg‘otish mumkin.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |