Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
va  individual  xususiyatlari,  bilish  imkoniyati,  qobiliyati,  qiziqishlarini  hisobga  olish; 
o‘quvchilarda mutolaa malakalarini shakllantirishda o‘qishga rahbarlik qilishning xilma-
xil turlari, shakl va vositalarining ko‘rgazmali, qiziqarli va tushunarli bo‘lishi bilan birga, 
ularning tashabbusi, mustaqilligi va tanlov erkinligiga tayanish muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Mutolaa  madaniyatini  shakllantirish  asosida  “kitobxonlik  madaniyati”  tarkib 
toptiriladi. Chunki  aynan o‘qish madaniyatini  egallagan shaxsga nisbatan “kitobxon” 
atamasini  qo‘llash  mumkin.  Ana  shu  sababli  kitobxonlik  madaniyati  fan  darajasiga 
ko‘tarilishi  nafaqat  kitob  mutolaasini  targ‘ib  etish,  balki  muntazam  kitob  o‘qishga 
odatlanish,  o‘qish  uchun  kitobni  to‘g‘ri  tanlay  olish,  voqelik  bilan  dialogga  kirishish 
asosida o‘z-o‘zini anglashga erishish o‘ta muhimdir. Bu esa o‘quvchilarning axborotlar 
bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish asosida yanada takomillashadi.
o‘quvchilarda mutolaa malakalarini shakllantirish tizimi quyidagi komponentlarni 
o‘zida aks ettiradi:
Mutolaa  texnologiyasi  –  o‘quvchining  tez  yoki  sekin  o‘qishi.  Bolaning  matnni 
o‘qish tezligi o‘qilgan ma’lumotlarning olingan axborotni tahlil qilish tezligi, intellektual 
salohiyati kabi omillarga bevosita bog‘liqdir.
Mutolaa  darajasi  –  o‘quvchining  ma’lumotni  anglash  darajasi.  Mutolaa  darajasi 
quyidagi  ko‘rinishlarda  namoyon  bo‘ladi:  kitobxon  o‘quvchi  matnning    mazmunini 
anglab,  hikoya  qilinayotgan  voqeaning  syujetini  hamda  uning  asosiy  jihatlarini 
eslab  qoladi;  talaba  matnning  mazmunini  hamda  syujetni  anglab,  voqealar    rivojini 
ma’lum  darajada  bashorat    qila    olish    qobiliyatini  namoyon  qiladi;  o‘quvchi  poetik 
matnga va unda hikoya qilinayotgan voqeaga o‘zining mustaqil munosabatini bildirib, 
qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay oladi hamda asar epizodlarini tahlil qila 
oladi; poetik  matning  mazmunini  to‘la  anglab,  voqeani mustaqil tahlil qila oladi. 
Mutolaaning  intensivligi  –  manbalardan  foydalanish  davriy  sur’ati.  Mutolaa 
intensivligining  yuqori  bo‘lishini  ta’minlovchi  omillarga  quyidagilarni  kiritish  mumkin: 
mutolaaga va ma’lumot olishga qiziqish darajasining yuqoriligi; mutolaa manbalarining 
qiziqarli, mazmunan boy bo‘lishi; mutolaa manbalariga oson ega bo‘lishni ta’minlash; 
davr va zamon talablariga mos ravishda turli adabiyotlar va boshqa mutolaa manbalari 
reklamasini keng yo‘lga qo‘yish.
o‘quvchilarda  mutolaa  madaniyatini  rivojlantirish  ta’lim  muassasasidagi  o‘qitish  
jarayoni    bilan    uzviy    bog‘liq  bo‘lib,  auditoriya  va  auditoriyadan  tashqari  shakllar 
uyg‘unligida amalga oshadi. Shu sababli kitobxonlikni targ‘ib etish jarayonida quyidagi 
jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozim:
– fanlarning xususiyati hamda maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda har bir 
darsning tashkiliy qismida badiiy-ma’rifiy asarlarning, shuningdek, adabiyot darslarida 
o‘rganilayotgan asarlarning mavzuga doir qismini o‘quvchilar bilan birga muhokama 
qilish, birinchidan, o‘quvchilarda o‘quv motivini kuchaytiradi, ikkinchidan, o‘quvchilar 
kitob o‘qish texnikasi va mutolaa malakalarini jadallik bilan o‘zlashtirib borishadi;
–  nazorat  ishlarini  o‘tkazishda  fanning  tegishli  bo‘limini  o‘rganish  jarayonida 
o‘quvchilar  tomonidan  o‘qilgan  badiiy-ma’rifiy,  ilmiy-ommabop  asar  bilan  bog‘liq 
topshiriqning taqdim etilishi ularning kitob o‘qish mas’uliyatini oshiradi va ijodiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantiradi;
–  mustaqil  ta’limni  badiiy-ma’rifiy,  ilmiy-ommabop  asarlarni  o‘qish  bilan  bog‘liq 
holda  ishbilarmonlik  o‘yin  texnologiyalari  asosida  tashkil  etish  o‘quvchilar  o‘rtasida 
raqobat muhitini va izlanishli-faoliyatga doir amaliyotni tashkil etish imkoniyatini beradi;
–  mashg‘ulotlar  jarayonida  o‘quvchilarning  matn  ustida  ishlashini  tashkil  etish, 
tushunchalarni  aniqlashga  doir  interfaol  metodlarni  qo‘llash  maqsadga  muvofiq. 


111
Xususan, ona tili darslarida yangi mavzuni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarni dastlab 
matn  bilan  ishlashga  jalb  etish,  mavzuga  tegishli  tushunchalar  aks  etgan  poetik 
matnlar ustida ishlash, kichik poetik lavhalar yaratish ham o‘quvchilarni badiiyat bilan 
yanada  yaqinroq  oshno  etadi,  ularning  milliy  va  umummadaniy  kompetensiyalarini 
rivojlantiradi.
o‘quvchilarni  dars  jarayonida  voqelikni  emotsional  idrok  etish,  ijodiy  xayolotga 
yo‘naltirish  juda  muhim  va  badiiy  asarlar  ana  shu  imkoniyatni  taqdim  etishga  ega. 
Adabiyot darslarini badiiy tahlil darslari shaklida tashkil qilish ham bu boradagi eng 
samarador usullardan hisoblanadi. o‘quvchilarning adabiy-nutqiy kompetensiyalarini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan badiiy tahlillar asnosida ularning milliy va umummadaniy 
kompetensiyalarini  rivojlantirish,  kitobxonlik  madaniyatini  yuksaltirishga  erishish 
imkoniyati  katta.  Dars  jarayonida  o‘rganiladigan  asarning  janriy  xususiyatlari,  shakl 
va mazmun uyg‘unligi, asarning poetik tili, ijodkor mahoratini o‘quv dasturi talablariga 
muvofiq yetarli darajada tahlil qilish har jihatdan samarali ahamiyat kasb etadi. 
Ayniqsa,  o‘rganilayotgan  asarning  mavzu  va  g‘oyaviy  jihatlari  talqini  asosida 
o‘quvchilarda  badiiy  san’at  namunalarida  aks  etgan  ijtimoiy,  ma’naviy-ma’rifiy 
g‘oyalarni,  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlar  tasviridagi  o‘ziga  xosliklarni  anglash, 
ulardan ta’sirlanish, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va 
xunuklikdan nafratlana bilish; badiiy asarlarda aks etgan tarixiy, ma’naviy va madaniy 
hodisalar  mohiyatini  to‘g‘ri  tushunish  va  talqin  qila  olish,  ulardagi  estetik  jihatlarni 
ilg‘ash  hamda  tushuntirib  bera  olish  kabi  milliy  va  umummadaniy  kompetensiyalar 
samarali rivojlanib boradi. 
Shu o‘rinda qayd etish lozimki, auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida 
ham  o‘quvchilarning  milliy  va  umummadaniy  kompetensiyalarini  takomillashtirish, 
mutolaa  madaniyatini  rivojlantirishga  erishish  imkoniyati  nihoyatda  keng.  Bu  amaliy 
faoliyatni  tashkil  etishning  standart  hamda  nostandart  usullarini  uyg‘unlashtirishni 
talab etadigan turli mashg‘ulot shakllaridan iborat. 
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarning milliy va umummadaniy kompetensiyalari 
hamda  kitobxonlik  madaniyati  o‘zaro  uyg‘un  tushunchalar  bo‘lib,  ularning  birini 
rivojlantirish asnosida ikkinchisini ham takomillashtirishga erishish imkoniyati mavjud. 
Adabiy  ta’lim  esa  bu  borada  ustuvor  mavqedagi  pedagogik  jarayon  hisoblanadi. 
turli shakl va mazmundagi badiiy tahlillar asosida tashkil qilingan adabiyot darslari 
o‘quvchilarning  milliy  va  umummadaniy  kompetensiyalarini  rivojlantiradi,  badiiy 
nafosatini,  mutolaa  madaniyatini  yuksaltiradi,  ma’naviy  dunyosini  muntazam  boyitib 
boradi.  

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish