Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
– ijtimoiy faol fuqarolik;
– milliy va umummadaniy;
– matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda 
foydalanish.
ta’lim  jarayonida  o‘quvchilarda  shakllantirilishi  lozim  bo‘lgan  bu  tayanch 
kompetensiyalar har bir fan doirasida predmetga oid kompetensiyalarni shakllantirish 
bilan parallel ravishda olib borilishi va takomillashtirilishi kerak. Shunga ko‘ra, 2017-yilda 
qayta tahrirlanib tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan Davlat ta’lim standarti va 
o‘quv dasturlarida o‘quvchilarda shakllantiriladigan va rivojlantiriladigan metapredmetli 
(ya’ni  tayanch)  hamda  predmetli  (muayyan  fan  doirasidagi)  kompetensiyalarning 
umumiy  tasnifi  hamda  har  bir  fan  mohiyatidan  o‘sib  chiqadigan  maxsus  tasniflari 
alohida-alohida ko‘rsatib berilgan. 
ta’lim  tizimida  o‘quvchilarning  tayanch  kompetensiyalarini  shakllantirish  va 
rivojlantirish  jarayonida Adabiyot  fani  alohida  ahamiyatga  ega.  Badiiy  adabiyotning 
didaktik  xususiyatlari,  adabiy  tahlillar  o‘quvchining  har  jihatdan  kamol  topishiga 
mustahkam zamin yaratadi. Xususan, o‘quvchilarning ruhiy-ma’naviy olamini boyitish, 
yuksak  insoniy  fazilatlarini  kamol  toptirish,  badiiy  idrokini,  kitobxonlik  madaniyatini 
rivojlantirish, estetik didini tarbiyalashning asosiy manbai   badiiy adabiyot va badiiy 
mutolaadir.  Shu  boisdan Adabiyot  fani  doirasida  o‘quvchilarda  shakllantirilishi  lozim 
deb belgilangan milliy va umummadaniy kompetensiyalar mazmuni ayni mezonlarni 
to‘la qamrab olishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
– badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini,  
umuminsoniy  va  milliy    qadriyatlar  tasviridagi  o‘ziga  xosliklarni  anglash,  ulardan 
ta’sirlanish,  ulardagi  go‘zallik  va  ezgulikdan  o‘rnak  olishga  intilish,  yovuzlik  va 
xunuklikdan  nafratlana bilish;
–  badiiy asarlarda aks etgan tarixiy, ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini 
to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash hamda tushuntirib 
bera olish.
1
Bugungi kunda o‘quvchilarning mutolaa madaniyatini rivojlantirish, aholi o‘rtasida 
kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yuzasidan samarali ishlar amalga oshirilayotganligi ham 
bejiz emas. Xususan, o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyevning 
2017-yil  12-yanvar  kuni  “Kitob  mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish  tizimini 
takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot 
qilish  bo‘yicha  komissiya  tuzish  to‘g‘risida”  qabul  qilgan  Farmoyishi  yurtimizning 
barcha sohalarida, ta’limning barcha bo‘g‘inlarida badiiy adabiyotga, adabiyot o‘qishga 
bo‘lgan munosabatni yuksaltirdi. 
Mazkur  Farmoyishda  axborot-kutubxona  muassasalarining,  ayniqsa,  ta’lim 
sohasidagi  axborot-resurs  fondlarini  shakllantirishda  o‘quv  adabiyotlari  bilan  bir 
qatorda  badiiy,  ma’rifiy,  ilmiy-ommabop  adabiyotlar  ro‘yxatini  qayta  ko‘rib  chiqish, 
chop  etilayotgan  kitoblarni  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  targ‘ib  qilish,  ta’lim 
muassasalari,  kutubxonalar,  mahallalarda  kitob  mualliflari  bilan  uchrashuvlarni 
tizimli  ravishda  tashkil  etish  hamda  ta’lim  muassasalari,  ayniqsa,  maktabgacha  va 
boshlang‘ich  ta’limda  o‘qish  madaniyatini  va  mutolaa  ko‘nikmalarini  shakllantirish 
masalasiga  alohida  e’tibor  qaratildi.
2
    Bu  esa,  o‘z  navbatida  o‘quvchilarda  kitob 
o‘qish  madaniyati  va  mutolaa  ko‘nikmalarini  shakllantirishning  pedagogik-psixologik 
1
 Adabiyot fanidan o‘quv dasturi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun. – t.: RtM, 2017.
2
 Umarov A.A. Ijtimoiy-madaniy taraqqiyotni ta’minlash va komil inson shaxsini shakllantirishda 
mutolaaning roli: Sotsiologiya fanlari doktori. ... diss. – t., 2005. 


109
mexanizmlarini takomillashtirishni talab etadi.
Zamonaviy  sharoitda  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  faol  taraqqiy 
etishi va internet tarmog‘idan ma’lumotlar olish imkoniyatining kengayishi o‘quvchilar 
dunyoqarashini  shakllantirishda  katta  ahamiyat  kasb  etishi  bilan  birga  ta’lim-tarbiya 
jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ayrim muammolarni ham yuzaga keltirmoqda:
1)  axborotlarning  elektron  varianti  mavjudligi  va  xilma-xilligi  o‘quvchilarni  ularni 
yodda saqlab qolishlariga to‘siqlik qilish barobarida uzoq muddatli xotirani rivojlantirishni 
qiyinlashtirmoqda;
2) o‘quvchilarda o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirish, axborotlarni tahlil etish, 
umumlashtirish, taqqoslash va xulosa chiqarish kabi tafakkur jarayonlarining taraqqiy 
etishiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda; 
3) o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqni, obrazli va tanqidiy fikrlashni rivoj lan-
tirishda psixologik to‘siqlarni yuzaga keltirmoqda.
Ushbu muammolar bugungi adabiy ta’lim zimmasidagi vazifalar nihoyatda muhim 
ekanligini ko‘rsatadi. yuqoridagi muammolarning pedagogik yechimi o‘quvchilarning 
tayanch kompetensiyalarini, xususan, milliy va umumummadaniy kompetensiyalarini 
rivojlantirish  imkoniyatlarini  kengaytiradi.    Mazkur  texnologiya  bevosita  umumta’lim 
maktabi o‘quvchilari uchun ham birdek samarador ahamiyatga ega.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish