Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari yig‘ilishda so‘z olib, ushbu maktablarda yangi-yangi zamonamiz olimlarini yetishtirib chiqarish, Hadis ilmi maktabida ikki oydan ziyod vaqt mobaynida 123 ta hadis yod olish tinglovchi uchun juda ham kam ekani, barcha tinglovchilar mazhabboshimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayhning “Fiqhul Akbar” asaridagi masalalar va Imom Buxoriy hazratlarining “al-Adab al-Mufrad” kitobidagi barcha hadislarni yod olishlari, arab tilida mutolaasi to‘liq chiqishi haqida alohida to‘xtaldilar. Shuningdek, muftiy hazratlari mashg‘ulotlar o‘tayotgan ustozlar maoshlarini yetarli darajada qilib berish choralari ko‘rilayotganini bildirdilar. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |