XIX asr boshlarida Peterburgda A.X. Vostokov asos solgan rus va slavyan tillarini qiyosiy o‘rganish an’anasi asrning oxirigacha davom etdi. Yirik rus lingvisti, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi A.A Shaxmatov (1864-1920) 1908 yildan Peterburg unversitetida professor bo‘lib ishlab, asosan rus tili va uning shevalari, til tarixi hamda rus tilining Hind-Yevropa tillari bilan aloqalari, muommolari bilan shug‘ullangan. 1893 yilda u “Rus tili fonetikasi soxasidagi tadqiqotlar” nomli ilmiy asarini yozdi va 1894 yili uni Moskva unversitetida himoya qiladi va unga magistrlik unvoni bilan doktorlik darajasi beriladi. Iste’dodli yosh olimni 1894 yildayoq akademik qilib saylashadi. A.A.Shaxmatov 150 dan ortiq asar yozgan. - XIX asr boshlarida Peterburgda A.X. Vostokov asos solgan rus va slavyan tillarini qiyosiy o‘rganish an’anasi asrning oxirigacha davom etdi. Yirik rus lingvisti, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi A.A Shaxmatov (1864-1920) 1908 yildan Peterburg unversitetida professor bo‘lib ishlab, asosan rus tili va uning shevalari, til tarixi hamda rus tilining Hind-Yevropa tillari bilan aloqalari, muommolari bilan shug‘ullangan. 1893 yilda u “Rus tili fonetikasi soxasidagi tadqiqotlar” nomli ilmiy asarini yozdi va 1894 yili uni Moskva unversitetida himoya qiladi va unga magistrlik unvoni bilan doktorlik darajasi beriladi. Iste’dodli yosh olimni 1894 yildayoq akademik qilib saylashadi. A.A.Shaxmatov 150 dan ortiq asar yozgan.
- PETERBURG LINGVISTIKA MAKTABI
STRUKTURAL LINGVISTIKA MAKTABI. Strukturalizm termini va tushunchasi dastlab golland faylasufi X.I.Boasning 1939 yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo‘lib, u tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari - fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Bu aslida F. de Sossyur tomonidan bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan lingvistik yo‘nalish bo‘lib, XX asrning 30- yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi va Chexoslovakiya hamda Daniya olimlari tomonidan rivojlantirildi. Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishbilan cheklanib qolmay, har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari suradi. - Bu aslida F. de Sossyur tomonidan bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan lingvistik yo‘nalish bo‘lib, XX asrning 30- yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi va Chexoslovakiya hamda Daniya olimlari tomonidan rivojlantirildi. Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishbilan cheklanib qolmay, har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |