Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Bugungi kunda butun dunyoda shiddat bilan kechayotgan globallashuv jarayonida tilshunoslikning muhim tarkibiy qismi bo`lgan fonetikaning alohida o`rni borligi barchaga sir emas.
Mavzuning dolzarbligi shundaki, ushbu kurs ishida o’zbek fonetikasi, unli va undosh harflarning tasniflanishi, bir unlini boshqa bir unlidan farqlash, qolaversa, O`zbekiston bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o`rnatayotgan, rivojlanishning yuqori nuqtasiga yetgan xitoy fonetikasi, unli va undosh harflarining o’ziga xos xususiyatlariga murojaat qilinadi.
Xitoy tilini o’rganishda bu til haqida nazariy bilimlarga ega bo’lish ,tilning umumiy fonetikasi, xususiyatlari, imlosi haqida bazaviy bilimlarga ega bo’lish juda ahamiyatli sanaladi.
Bu mavzuning dolzarbligi shundaki, xitoy tili grafik yozuvga asoslanganligi uchun chet ellik o’quvchilar uchun mushkulliklar tug’diradi, bunda xitoy tilining tovushlar sistemasi, til xususiyatlarini, imlosini tadqiq etish xitoy tilini o’rganuvchilar uchun muhim qo’llanma bo’la oladi.
Hozirgi paytda yurtimiz ko’plab jahon mamlakatlari bilan do’stona aloqalar o’rnatib, ilm-fan, texnika va madaniyat borasida ulkan yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu yutuqlar samarasi o’laroq, biz yoshlarga Prezidentimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda barcha bilimlarni egallashimiz, ko’plab mamlakatlar tilini, urf-odatlarini, madaniyatini hamda tarixini o’rganmog’imiz, ilm-fan cho’qqisiga ulkan hissa qo’shmog’imiz va buyuk ajdodlarimizning davomchilari degan g’urur va fahr hissini anglamog’imiz zarur. Qadim-qadimdan yurtimiz va Xitoy o’rtasida o’zaro aloqalar mavjud bo’lgan, hozirgi kunga kelib esa bu aloqalar yanada mustahkamlanmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 2011-yil aprel oyida Xitoyga tashrifi bu ikki buyuk mamlakat xalqlari tarixida yangi davr pafos olib kirdi. Tashrif chog’ida 24 ta bitim imzolandi.
Xitoy bilan imzolangan barcha bitimlarning ahamiyatli ekanligini takidlagan holda, ayniqsa madaniyat va ta’lim sohasida hamkorlikni yanada kuchaytirish haqidagi fikrlar biz uchun o’ta qimmatlidir.
Zero, bugungi kunga kelib fan va taraqqiyotda koinotni zabt etayotgan Xitoydek ulkan davlatning fandagi yutuqlarini o’rganish fanimiz uchun ham har tomonlama dolzarb masala deyish mumkin. Kun sayin mustahkamlanib borayotgan do’stona aloqalar mamlakatimizda xitoy tilini rivojlanishiga turtki bo’lmoqda.
Xitoy tili BMTda keng qo’llanadigan oltita tildan biri bo’lib, hozirda bu tilni o’rganishga bo’lgan ehtiyoj yanada ortmoqda. Bizning yurtimizda ham xitoy tilini o’rganishga bo’lgan talab borgan sari ortib bormoqda.
Mavzuyimiz bilan bog’liq Xitoy jamiyatida nutqning egallagan o’rni qanday bo’lgan, tarixda xitoy tiliga qanday munosabatda bo’lib kelingan degan savol paydo bo’lishi tayin. Shu o’rinda esa xitoyliklarning “tarix millatning onasi” degan maqolini eslab o’tishimiz kifoya qilsa kerak.
Zero, til ijtimoiy hodisa sifatida har bir millatning “buloq ko’zgusidir”. Xitoyning o’z tarixida nutqning millat taqdiri va taraqqiyoti uchun uning ahamiyatini nechog’li erta anglab yetgani masalasini tadqiq etish davr nuqtai nazardan dalzarb masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: |