III. Xulosa.…………………….………………………………............46
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. ………………………………...48
KIRISH
Har bir yurt ravnaqida tilshunoslik xususan, fonetika sohasi juda muhim rol o`ynaydi, shu jumladan bizning mamlakatimizda ham.
Mustaqillik yillari davomida katta kuch va mablag` sarflanib, fonetika umuman olganda tilshunoslik sohasi rivoji uchun ulkan moddiy-texnik baza barpo etildi va undan samarali foydalanish barkamol avlod ta’lim sohasi muvaffaqiyatlari uchun asos bo`lmoqda.
Ayniqsa, davlat ta`lim standartlari, o`quv dasturlari, o`quv adabiyotlarini takomillashtirish, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimida tilshunoslik soha yo`nalishlari va mutaxassisliklarini bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan qayta ko`rib chiqishga e`tibor berilmoqda.
Ma’lumki, Xitoy hududi hamda aholisi jihatidan ulkan mamlakatdir.
U yerda yashovchi millatlarning soni esa qadimdan juda ko’p bo’lgan.
Xitoyda millat va elatlarning ko’pligi, ko’p shevalikka olib kelgan. Zero ko’p shevalik esa, o’zaro aloqa qilishda anchayin qiyinchiliklarga sabab bo’lgan.
Shuning uchun azaldan Xitoyda adabiy nutq, ya’ni umumtushunarli nutqga ehtiyoj paydo bo’lgan va adabiy nutq shakllangan.
Xitoyda adabiy nutq shakllangandan to hozirgacha turli bosqichlarni bosib o’tgan va quyida uning rivojanish bosqichlarini keltirib o’tamiz.
1. 雅言 yayan ( mil. av. VIII, VI – mil. av. III, II asrlar )
2. 通语 tongyu ( mil. av. III, II – mil. XI asrlar )
3. 官话 guanhua ( mil. IX – X asrning )
4. 国语 guoyu ( 1914 – 1957 – yillarda )
5. 普通话 putonghua 1957-yilda qo’llanila boshlandi.
Yuqorida keltirib o’tilgan adabiy nutqning rivojlanish bosqichining eng so’nggisi ya’ni hozirgi kunda qo’llaniladigan adabiy tilning og’zaki nutqi bu putonghuadir.
Putonghuaning fonetik strukturasi o’ziga xos bo’lib, undagi tovushlarni berish uchun lotin grafikasiga asoslangan alifbo asos qilib olingan. Bu 5 pinyin zimu deb nomlangan. Bu pinyin zimu 1958 – yilda qabul qilingan.
Xitoy tili fonetikasining tarkibiga 拼音字母 pinyin zimu, 声母 shengmu ( undosh tovush ), 韵母 yunmu ( unli tovush ), 声调 shengdiao ( ohang ) 音节 yinjie ( bo’g’in ) va qo’shib yozish qoidalari kiradi. 普通话
Putonghua talaffuzini berishda ularning xizmatlari katta.
Pinyin zimu unli va undosh tovushlardan iborat bo’lib, bu unli va undosh tovushlar shengmu va yunmuni shakllanishida asos bo’lib xizmat qiladi.
Shengmu bir yoki ikki undosh tovushdan tashkil topadi, unli esa bir, ikki yoki uchta unlidan ham tashkil topadi. Bu shengmu va yunmuning unli va undosh tovushlardan asosiy farqlaridan biridir.
Xitoy tilidagi barcha ierogliflar bir bo’g’indan iborat, ba’zida ikkita ieroglif ham bir bo’g’in bo’lib kelishi mumkin.
Masalan: 画儿 huar1 , 哪儿 nar.
Bo’g’in shengmu va yunmularning qo’shilishidan hosil bo’ladi.
Shengmu va yunmularning qo’shilishi jarayonida ba’zi istisno holatlari mavjud. Bular tovushlarning tushishi yoki ortishi va shunga o’xshash bir qancha holatlarni ko’rishimiz mumkin.
Masalan: i, in, ing mustaqil bo’g’in bo’lib kelganda ularning oldiga y tovushi qo’shiladi va natijada yi, yin, ying holatida yoziladi.
Ohang xitoy tilida o’ziga xos o’rin egallaydi.
U xitoy tili fonetikasining asosiy qismlaridan biridir.
Xitoy tilida 4 ta ohang turi mavjud bo’lib, bular tekis ohang, ko’tariluvchi ohang, pastlab yana ko’tariluvchi ohang va tushuvchi ohang.
Do'stlaringiz bilan baham: |