2.3.Xitoy tilida unli (元音) va undosh (辅音 ) tovushlar tasnifi
Undosh tovushlar:
Boshlang’ich undoshlar odatda bo’g’inning boshida joylashadi. Xitoy tili atigi 23 ta undosh tovush iborat.
Bular:
b p m f d t n l g k h j q x zh ch sh r z c s y w.
Undosh tovushlar xitoy tilida yana “ 子音” deb ham ataladi.
Masalan, xitoy tilidagi “ 连 “ [ lian ] so’zidagi [ l ] va [ n ] tovushlari undosh tovushlardir.
Undosh tovushlar talaffuzining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardir:
1. Talaffuz paytida, havo oqimi har bir nutq a’zosida to’siqqa uchraydi.
Biz og’iz bo’shlig’idagi tishlar, til, kichik til, shuningdek lablar, xalqum devori, tovush paychalari kabilarning o’zaro joylashgan o’rni havo oqimiga to’siq bo’lib xizmat qiladi.
Ba’zi bir nutq organlari bir-biriga ishqalanadi, havo oqimining yo’lini berkitadi, havo oqimini to’siqqa uchrashiga majbur qiladi; ba’zilari birbiriga yaqinlashadi, ammo ishqalanmaydi.
Havo oqimi siqilib o’tadi va havo oqimi to’siqqa uchrab, sirg’alib chiqadi.
Boshqa birlari esa, boshqa xil usullar bilan havo oqimiga to’siq hosil qiladi va ular to’siqdan portlab chiqishi yoki sirg’alib o’tish xususiyatlariga qarab farqlanadi.
2. Talaffuz paytida barcha nutq a’zolarining muskullarini tarang tortilish darajasi muvozanatda bo’lmaydi.
To’siq hosil qiluvchi nutq a’zolari, ayniqsa tarang bo’lib qolganlari nisbatan bo’shashgan bo’ladi.
Masalan: [ p ] tovushini talaffuz qilganda ikkala lab to’siq hosil qiladi, juda tarang tortilgan bo’ladi.
Til kabi boshqa nutq a’zolari tarang holatda bo’lmaydi. [ t ] tovushining talaffuzida esa til uchi ko’tarilib, yuqori milklarga tegadi, til uchi tarang holatda bo’ladi.
Lablar, til usti, til orqasi kabi nutq a’zolari esa tarang holatda bo’lmaydi.
3. Undosh tovushni talaffuz qilganda ba’zan tovush paychalari titraydi, ba’zan esa titramaydi.
Tovush paychalarini titratmasdan talaffuz qilinadigan undoshlar jarangsiz undoshlar deyiladi.
Masalan: [ p ] undoshi; tovush paychalarini titratib talaffuz qilinadigan undoshlar esa jarangli undoshlar deyiladi.
Masalan: [ m ] undoshi.
4. Unlilar bilan taqqoslaganda, undoshlar talaffuzida havo oqimi nisbatan kuchliroq chiqadi.
Turli xil undoshlar o’rtasida ham kuchli-kuchsizlik farqlanishi mavjud, havo oqimi kuchli bo’lgan tovushlar aspiratorlar deyiladi, havo oqimi kuchsiz bo’lgan tovushlar esa noaspiratorlar deb ataladi.
Ammo odatda undosh tovushlarning havo oqimi unlilarnikiga qaraganda kuchliroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |